O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Husayn 
Boyqaroning
 taxtga kelishiga bag'ishlangan «
Hiloliya
» asaridir.  
 Husayn  Boyqaroning  taxtga  kelishini  Navoiy  zulmat  korong'uligini 
yoritadigan  «
hilol
»,  ya'ni  uch  kunlik  oy  bilan  tenglashtiradi.  Mamlakatning 
iqtisodiy,  siyosiy  qudrati  mustahkamlanishiga,  aholining  ijtimoiy,  moddiy  ahvoli 
yaxshilanishiga,  feodal  urushlarga  barham  berilishiga,  mamlakatda  tinchlik 
o'rnatilishiga ishongan.  
Navoiy  Husayn  Boyqaroni  shohlar  shohi  deb  maqtaydi.  Lekin  Navoiy, 
maqtash  bilan  birga  muhim  ijtimoiy-iqtisodiy  fikrlarni  ham  ilgari  suradi. 
Hukmdorni  maqtash  Navoiy  tomonidan  qo'llanilgan  taktik  bir  usul  edi.  Uning 
asosiy strategik maqsadi esa mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini yaxshilashga, 
yagona  markazga  markazlashgan,  qudratli  davlat  barpo  qilishga  qaratilgan  edi. 
Navoiy  Husayn  Boyqaroning  taxtga  kelishidan  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy, 
sosial-siyosiy  va  madaniy-oqartuv  sohalarida  yuksak  o'zgarishlar  amalga 
oshirilishiga  katta  umid  bog'laydi.  Navoiy  shaxsning  tarixdagi  roliga  katta  e'tibor 
berib,  mamlakat  iqtisodiy  ahvoli  shu  mamlakat  hukmdorining  aql-idroki  va 
qobiliyatiga bog'liq deb hisoblaydi.  
Agar  mamlakat  hukmdori  fanlarni,  ayniqsa,  iqtisodiyot,  tarix,  falsafa  va 
siyosiy  fanlarni  mukammal  bilsa,  u  boshqarayotgan  mamlakat  obod  va  badavlat 
bo'ladi,  agar  teskarisi  bo'lsa,  mamlakat  qashshoq  va  xarob  bo'ladi,  deydi.  Navoiy 
boshsiz  tana  bo'lmaganidek,  podshosiz  davlat  ham  bo'lmaydi  deb  tarixda  realist 
sifatida  nom  qoldirdi.  Husayn  Boyqaro  hukmronlik  qilgan  davrda  mamlakatda 
nisbiy  rivojlanish  ko'zga  tashlandi.  Savdo-sotiq  kengaydi,  hunarmandchilik  va 
dehqonchilik yaxshi yo'lga qo'yildi. Irrigasion inshootlar qurilishi ham kengaydi.  
Navoiy  Markaziy  Osiyo  sharoiti  uchun  irrigasion  inshootlarni  kengaytirish  - 
iqtisodiy  rivojlanishga  olib  boruvchi  muhim  omillardan  biridir,  deydi. 
A.Navoiyning bevosita rahnamoligi ostida 70 dan ortiq kanallar va ariqlar qazildi. 
Milliy  daromadning  asosiy  qismini  qishloq  xo'jaligida  etishtiriladigan  hosildan 
olinadigan  daromad  tashkil  etardi.  Feodal  jamiyatda  irrigasiya  inshootlarini 
qurishni kengaytirish o'sha davr iqtisodiyotini rivojlantirishga keng ta'sir ko'rsatar 
edi.  Navoiy  feodalizm  davrida  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasi  bo'lgan  erni 
kengaytirishga,  uning  mahsuldorligini  oshirishga  katta  e'tibor  berdi  (V.Zaxidov. 
Mir idey i obraz A.Navoi). Navoiy boylikni ikki yo'l bilan topish mumkin, deydi.  
Birinchi  yo'li  -  bu  o'z  mehnati  bilan  iqtisod  qilib  boylikni  to'plash,  orttirish, 
yig'ish  va  o'ziga  to'q  yashash.  Bunday  boylik  to'plashga  Navoiy  hayrihohlik 
bildirdi.  U  olingan  va  to'plangan  boylikni  uch  qismga  bo'lib,  birinchi  qismini 
ketgan  harajatga,  ikkinchi  qismini  o'zining  va  oilasining  ehtiyojlariga,  uchinchi 
qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi.  
Masalan,  1482  yilda  yozilgan  «Vaqfiya»  asarida  A.Navoiy  shaxsan  o'zining 
erlaridan olingan daromad misolida daromadning o'z harajatlari va oila ahliga etarli 
qismini  olib  qolib,  qolgan  qismini  aholining  foydali  mehnatiga  sarflashga 
chaqirgan.  Boylik  topishning  ikkinchi  yo'liga  esa,  ya'ni  o'g'rilik,  ta'magirlik  va 
zo'rlik  hisobiga  boylik  orttirishga  Navoiy  keskin  qarshi  chiqadi.  U  bunday 
ishlardan  nafratlanadi  va  shu  yo'l  bilan  boylik  orttirayotgan  kishilarni  jamiyat 
hisobiga  yashayotgan  va  boylik  orttirayotgan  parazit  qatlamdir,  deb  ta'riflaydi. 


 
95 
A.Navoiy  ijodining  durdona  asarlaridan  biri  1500  yilda  yozilgan  «Mahbub-ul-
qulub» asaridir.  
Ushbu  asarda  Navoiyning  iqtisodiy  fikrlari  mujassamlashgandir.  Navoiy  bu 
asarida  jamiyatni  sosial  tabaqalarga  bo'lib,  ularning  jamiyatda  tutgan  o'rnini 
ko'rsatib  berishga  harakat  qiladi.  Asarning  birinchi  qismida  ularning  tabaqalariga 
va kasblariga xarakteristika beradi. Ikkinchi va uchinchi qismlarda yaxshi fe'llar va 
yomon  xislatlar  to'g'risida  ma'lumot  beriladi.  Navoiyning  fikricha,  dehqonlar, 
hunarmandlar  va  chet  el  bilan  aloqasi  bor  savdogarlar  jamiyatda  moddiy  ne'mat 
etishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda muhim o'rin tutadi.  
A.Navoiy  dehqon  va  uning  ishlab  chiqarishdagi  roli  to'g'risida  quyidagi 
fikrlarni  bildiradi:  «Don  sochuvchi  dehqon  erni  yorish  bilan  rizq  yo'lini 
ochuvchidir». Dehqon, ya'ni ishchi kuchi mahsulot ishlab chiqarish vositalari bilan 
qo'shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab chiqarish vositalarining moddiy boylik 
yaratishdagi  rolini  quyidagicha  e'tirof  etadi:  «Qo'shi  ham  ikki  zo'r  polvon  bo'lib, 
yukiga  bo'ysunib  oldida  yuradi,  ishlashda  hamdam  va  hamqadam,  dehqon  ularni 
surishda xuddi odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, xalqqa 
ham etar ovqat ham barakat!». 
Demak, dehqon ish kuchi, qo'shi va ho'kizlari esa ishlab chiqarish qurollari, er 
esa mehnat predmeti, hammasi birgalikda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. 
Navoiy  ishlab  chiqarishdagi  hal  qiluvchi  omil,  hal  qiluvchi  element  -  bu  dehqon, 
ya'ni  ishchi  kuchidir,  degan  fikrni  bildiradi.  Yuqorida  zikr  etib  o'tilganidek, 
A.Navoiyning fikriga ko'ra yakka kishi hech narsa ishlab chiqara olmaydi.  
Biron  narsa  ishlab  chiqarish  uchun  boshqa-boshqa  toifadagi  odamlar  doim 
bir-birlari  bilan  bevosita  aloqada  bo'lishlari  kerak.  Masalan,  dehqonga  mehnat 
qurollari  zarur  bo'lsa,  hunarmandga  non  kerak,  dehqonga  ham,  chorvadorga  ham 
hunarmandchilik  va  attorlik  mahsulotlari  suv  bilan  havodek  zarur.  Shunday  qilib, 
baliq  suvsiz  yashay  olmaganidek,  barcha  turdagi  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  ham 
bir-birisiz rivojlana olmaydi, deydi Navoiy. Dehqonlar va boshqa sohada mashg'ul 
kishilar ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqarish 
jarayonida,  taqsimotda,  ayirboshlashda  va  iste'molda  bir-birlari  bilan  o'zaro 
aloqada bo'lishi kerak.  
A.Navoiy feodalizm davrida, feodalizm jamiyatida dehqon mehnatining katta 
ahamiyat  kasb  etishini  va  mavjud  jamiyat  dehqon  mehnati  ustiga  qurilganligini 
e'tirof  etadi.  Dehqon  mehnatining  mahsulini  novvoy,  unfurush,  qo'shchi  va 
o'roqchi,  mashoqchi  va  boshqalar  orziqib  kutadi.  Shu  bilan  birga  dehqon  ham 
ularga,  ularning  mehnatiga  hamohangdir.  Ularsiz  hech  narsa  ishlab  chiqara 
olmaydi.  Demak,  bu  bilan  Navoiy  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  e'tirof  etadi. 
Uning  fikricha,  dehqon  o'z  mehnati  bilan  o'z  ehtiyojiga  zarur  bo'lgan  mahsulotni 
keragidan  ko'proq  ishlab  chiqarib,  jamiyat  va  uning  ishlab  chiqarishda  ishtirok 
etmaydigan  qismini  ham  moddiy  ne'mat  bilan  ta'minlaydi.  Navoiyning  mana  bu 
fikri  qo'shimcha  mahsulot  faqat  qishloq  xo'jaligida  degan  fiziokratlar  fikriga  mos 
keladi.  
Navoiy qishloq xo'jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta 
ahamiyat  kasb  etadi  degan  o'ta  ilg'or  fikrni  ilgari  suradi.  Bu  fikr  o'sha  davr,  ya'ni 
feodalizm  davri  gullab-yashnagan,  uning  negizini  dehqonchilik  ishlab  chiqarishi 


 
96 
tashkil  qilgan  bir  pallada  o'ta  to'g'ri  fikrgina  bo'lib  qolmay,  balki  tarixiy  haqiqat 
hamdir.  
A.Navoiy  jamiyatda  muhim  tabaqa  bo'lgan  savdogarlarning  o'zini  ham  ikki 
guruhga  bo'ladi.  Birinchi  guruh  -  chet  el  bilan  savdo  aloqalari  olib  boruvchi 
savdogarlar  guruhi.  Ikkinchi  guruh  -  mamlakat  ichkarisidagi  olibsotarlar  guruhi. 
Chet ellar bilan savdo-sotiq olib boruvchi savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va 
ularning  faoliyatiga  hayrihohlik  bildiradi.  Bozorlardagi  savdogarlarga,  ya'ni  olib 
sotarlarga  esa  tanqidiy  ko'z  bilan  qaraydi.  Ular  o'z  manfaatiga  xizmat  qilib, 
boshqalar  hisobiga  boyiydi.  Shuning  uchun  ularning  turgan-bitgani  mamlakat 
uchun  zarardir,  deydi.  Savdogarning  asosiy  maqsadi  foyda  olishdir.  Biri  yuz 
bo'lishidan boshida savdo to'la, buzi shoyi bo'lishidan ko'nglida istak ko'p. Bu erda 
savdogar  Navoiyning  «

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish