O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Muhammad  Jahongir 
Mirzo
 valiahd va viloyat hokimi bo'lib, o'n ikki ming otlik askarga ulufa olib, bir 
viloyat olgandi. Uchinchi ug'li 
Mironshoh Mirzo
 to'qqiz ming otliq askarga teng 
ulufa  olgan  va  bir  viloyatni  tasarruf  qilgan.  To'rtinchi  o'g'li  Shohruh  Mirzo  etti 
ming  otlik  askarga  ulufa  olgan  va  bir  viloyat  egasi  bo'lgan.  Nabiralari  ham  uch 
mingdan etti minggacha otliqqa ulufa va bir viloyat oladilar.  


 
90 
Amir  Temur  davrida  piyodalar,  kalakchilar,  yasovullar,  chopovullarning  bir 
yillik  maoshlarini  hisoblab, belgilangan  mablag'ni  devonxonaga  keltirib,  shu  erda 
ularga  tarqatilgan.  Sipohiylar  va  bahodirlarning  yarim  yillik  maoshlari  ham 
hisoblanib, tanho xazinasidan olib berilgan.  
O'nboshi,  yuzboshilarga  maosh  shahar  aholisidan  olinadigan  soliqlardan 
yig'ilgan  xazinadan  va  podsholiq  mulki  daromadidan  naqd  pul  hisobida  olingan. 
Mingboshilarga viloyat ichidagi erlardan tiyul (xiroj va soliq yig'ib olish haqi bilan 
in'om  etiladigan  er-mulk)lardan  berilgan.  Amirlar  va  amir-ul-umarolarga 
viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan. Temur viloyatlardan tushgan daromadlarni 
taqsimlash haqida shunday degan edi: 
«Viloyatlar va mamlakatlardan olingan jami 
daromadni  taqsimlab,  maosh  berish  erliklariga  biriga  kam,  biriga  ortiq  qilib 
yozsinlar.  So'ng  erliklar  devonxonaga  keltirilsin.  Amirlar,  mingboshilar  shu 
erliklardan birini chiqarib olsin». 
 
Amirlar,  mingboshilar  raiyatdan  molu  jihot  (naqd  pul  va  mahsulot  bilan 
to'lanadigan  soliq)  yiqqanlarida,  xirojdan  ortiqcha  sovariy  (podsho  va  xonlar  o'z 
viloyatlaridan  o'tayotganlarida  xalqdan  talab  qilinadigan  tortiqlar),  qo'nalg'a 
(choparlar va elchilarga qo'noq berish solig'i) va shilon (podshohlar va amirlarning 
ovqati  uchun  yig'iladigan  soliq)  talab  qilinmagan.  Tiyul  qilib  berilgan  har  bir 
mamlakatga  ikkitadan  vazir  tayinlagan.  Ularning  birinchisi  viloyatdan  yig'ilgan 
mollarni  yozib  raiyat  ahvolini  tekshirib  turib,  tiyul  egasi  (
jog'irdor)
  ning 
fuqarolarga  zulm  etkazmasligi  uchun  ularning  holidan  xabardor  bo'lib  turgan, 
yig'ilgan butun mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj 
etilgan  qismini  chiqim  daftariga  yozib,  yig'ilgan  mollardan  sipohiylarning 
maoshiga taqsim qilingan.  
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: 
«Qaysi amirga tiyul 
berilar  ekan,  uni  uch  yilgacha  o'z  holiga  qo'ysinlar.  Uch  yil  o'tgandan  so'ng  uni 
tekshirib  ko'rsinlar.  Agar  mamlakat  obod,  raiyat  rozi  ekan,  shu  holicha 
qoldirsinlar.  Agar  ahvol  bunga  xilof  ravishda  bo'lsa,  ul  viloyat  holisa  (davlat 
ixtiyoridagi  barcha  soliqlardan  ozod  etilgan  er-suv)ga  o'tkazilib,  uch  yilgacha 
o'sha jog'irdorga ulufa berilmasin».  
Sohibqiron  mamlakatlarni  fath  etish  bilan  birga,  to'plangan  mol-dunyoni, 
olinadigan  boj  soliqlarini  xayrli  maqsadlar  uchun  sarf  qilgan: 
«To'plangan 
xazinadagi  naqd  pul  va  qimmatbaho  buyumlarni  sipohlarga  taqsimlab  berdim. 
Qo'shinga etarli darajada ozuka berdim», degan edi. Piri Amir Shamsiddin Kulol 
haqida:  «Ular  menga  Xorazmga  borishimni  maslahat  berdilar.  Agar  g'alaba 
qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim»,
 - 
deydi.  
Ma'lumki,  xiroj  er  solig'i  uchun  va  umuman  daromad  solig'i  uchun 
qo'llanilgan.  Xiroj  ayrim  hollarda  daromadning  uchdan  birini  tashkil  etgan. 
Shuningdek,  xirojni  «mol»  deb  ham  atashgan.  «
Raiyatga  haq-nohaq  jarimalar 
soluvchi vazir saltanatni buzadi»,
- degan edi sohibqiron.  
Muruvvatli  jahongir: 
«Kimki mening xizmatimni qilgan bo'lsa, xizmat haqini 
ado  etdim.  Farzandlar,  qarindoshlar,  oshna-og'aynilar,  qo'ni-qo'shnilar  va  men 
bilan  bir  vaqtlar  do'stlik  qilgan  barcha  odamlarni  davlatu  ne'mat  martabasiga 
erishganimda  unutmadim,  molu  mulk  va  naqd  pul  bilan  haqlarini  ado  etdim»,-
deydi.  Shuningdek,  u  amirlar  va  sipohiylarni  martaba  va  unvonlar,  zaru  zarvarlar 


 
91 
bilan  xushnud  etgan,  bazmlarda  o'z  yonidan  joy  bergan,  xullas,  ularning  jang 
vaqtidagi qahramonliklarini hech vaqt unutmagan.  
Sohibqiron  hayr-ehson  ishlari  bilan  odamlarning  ko'nglini  olgan.  Sipoh  va 
raiyatga bir ko'z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga maxsus faxriy o'tova (bosh 
kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynatli belgi), kamar va 
tarkash (sadoq - o'qdon) taqdim etib, martabalarini yanada yuqori ko'tartirdi. Har el 
va  har  mamlakatning  ulug'larini,  boshliq-oqsoqollarini  qadrladi.  Ularga  sovg'a-
salomlar  berib,  xizmatlaridan  foydalandi.  Sipohiylarni  hamisha  jangda  tayyor 
turishlari  uchun  oylik  haqlarini  so'rattirmay,  vaqtida  bergan.  Sarmoyasi  qo'lidan 
chiqib  ketgan  savdogarga  o'z  sarmoyasini  qaytadan  tiklab  olishi  uchun  xazinadan 
etarli miqdorda oltin berilgan. 
U  vaqtlarda  bozor  ahlidan  soliq  olish  qal'a  boshlig'i  zimmasiga  yuklangan. 
Soliq olish Qur'oni karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va «Hidoya» kitoblarida 
bu  to'g'rida  to'la  ma'lumotlar  berilgan.  Hech  bir  shahar  va  qishloqqa  odamlardan 
sari  shumor  (jon  boshidan  olinadigan  soliq)  va  xonashumor  (har  bir  xonadondan 
olinadigan  soliq)  olinmagan.  Raiyatdan  mol-xiroj  yig'ishda  ularni  og'ir  ahvolga 
solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlanilgan. Negaki, 
Amir Temur 
«Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag'allashishiga 
olib  keladi.  Xazinaning  kamayib  qolishi  esa  sipohning  tarqalib  ketishiga  sabab 
bo'ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o'z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib 
boradi.  Fath  etilgan  erlik  fuqaro  azaldan  berib  kelingan  xiroj  miqdoridan  rozi 
bo'lsa,  ularning  roziligi  bilan  ish  ko'rsinlar.  Xirojni  ekindan  olingan  hosilga  va 
erning  unumdorligiga  qarab  yig'sinlar.  Fatx  etilgan  har  bir  mamlakatning  mol-
mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O'sha mamlakatdan tushgan o'lja 
mollarni hisob-kitob qilsinlar», -
 degan edi.  
Yevropadan  ancha  ilgari  bu  davlatda  byudjet  tushunchasi  bo'lgan.  Davlat 
xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish yo'lga qo'yilgan edi. 
Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar.  
A.Temurning  davlat  va  iqtisodiyot  sohasidagi  asosiy  fikrlari 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish