82
ayniqsa to'g'rilik, sofdillik kabi hulqiy qoidalarga alohida e'tibor beradi. Bu
xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to'g'risidagi g'oyaga mos keladi. Iqtisodiyot
rivojlanishining ob'ektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata
oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini «Uy-joy
tutish tadbiri» asarida ko'rsatib beradi. Bu risolada u ayollarning o'n etti hislatini
sanab ko'rsatadi. Bularga dastlab ayol oqil va e'tiqodli, yoqimtoy, o'z eriga mehru-
muhabbat qo'ygan, farzand ko'ra oladigan, ezma bo'lmagan, itoatkor, dili pok,
bexarxasha, pokiza, vazmin va o'zini tutib olgan jiddiy va ulug'vor, har bir xatti-
harakatida o'zining yaxshi hislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining
birini ikki qiladigan-tejamkor, og'ir damlarda unga malham bo'la oladigan
mushfiqu mehribon bo'lishi kerak.
Ibn Sino oddiy musulmon sifatida xudo borliliga to'la ishonadi, lekin dunyoda
odamlarning ishi faqat toat-ibodat qilish, ro'za tutish, Qur'on o'qishdangina iborat
emas, balki ularning fan, ma'rifat bayrog'ini ko'tarib, foydali (savobli) ishlar
qilishlari ulug'lanadi. U bilimlarni egallasa, o'shandagina haqiqiy musulmon bo'la
oladi, deb ta'kidlaydi.
Mustaqillik sharofati tufayli biz bobimizni yana qaytadin kashf qilmoqdamiz,
uning ilmiy merosi har tomonlama chuqur o'rganilmoqda va keng xalq ommasiga
etkazilyapti.
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste'mol qiymati tan olingan,
tovarning qiymati bilan so'ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din
peshvosi Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor», ya'ni «dil yor
(Alloh) bilan, qo'l ish bilan (band bo'lsin)» degan tezisi o'sha davr uchun muhim
edi, chunki ilgari xudoga faqat e'tiqod qilishning o'zi kig’oya deb bilingan.
Nizomulmulk
(1018-1092)
«Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar,
amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste'mol qilishini,
soliqlarning og'irligi, davlat mablag'larini saqlash va
sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar
davlati arbobi sifatida iqto'ni tanqid qilgan. Iqto' - o'rta
asrlarda O'rta Sharq, shu jumladan O'rta Osiyoda hukmdor
tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga in'om
qilingan chek er (Temuriylar davlatida suyurg'ol).
XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha
bo'lgan davr bu mo'g'ullar istilosi davri bo'lib, ko'p sohalarda
orqaga qaytish (regress) bo'ldi. Ammo bosqinchilar mahalliy
xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo'jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan
aralashib ketishga majbur bo'ldilar. Shu davrda boj, bojxona, bojxona solig'i
yuzaga keldi. Hozirgi ruscha «tamojnya» so'zi aslida mo'g'ulcha, keyinchalik
turkchadagi «tamg'a» so'zidan olinganligi ma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: