80
aniq. Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to'g'rilik bilan bog'liq. «Taom eyishda,
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o'zini tiya oladigan
bo'lishi, (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur»
degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar
keng tarqalmoqda.
Rahbarning oldiga qo'yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil
va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan
bo'lishi zarur». Bunda ko'pgina rahbarlarga tekkan kasallaganbordorlik,
ko'zbqo'yamachilik illat-larining oldi olinadi. Har bir rahbar «o'z qadrini biluvchi
va nomus-oriyatli odam bo'lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug'ma
oliyhimmat bo'lishi, ulug', oliy ishlarga intilishi zarur». Ayniqsa «bu dunyo
mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan )
bo'lishi zarur». Bu fazilatga ega bo'lish ancha mushkul, chunki respublikamizda
rahbar bo'lib olgach, osmono'par dang'illama binolar qurish, minglab odamlarni
to'plab bir necha kun to'y berish, qo'sha-qo'sha mashina, xotin olish faktlari
namoyon bo'lmoqda, muhimi bu topilgan dunyo odatda xarom yo'llar bilan
blganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni hokimiyat ostonasiga yaqinlashtirmaslik
kerak.
Haqiqiy rahbar, albatta, «tabiatan adolatparvar bo'lib, odil odamlarni
sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko'ruvchi, o'z
odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi,
nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o'zi suygan
go'zalliklarni ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil
ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo'lishi zarur».
Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina
unga bildirilgan ishonchni oqlay oladi. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy
tomonidan rahbar oldiga qo'yiladigan navbatdagi fazilatda « o'zi zarur deb
hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli,
savodli, jur'atli, jasur bo'lishi, qo'rqoqlik va hadiksirashlarga
yo'l qo'ymasligi zarur» deb ko'rsatiladi.
Yuqorida sanab o'tilgan 12 fazilatning barchasi bir
odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda
tug'ma fazilatlar sohibi bo'lgan odamlar juda kam uchraydi
va ular nodir insonlardir». Bunday hollarda aytilgan
hislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, «u aql va
zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila
oladi».
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko'ra ishdan ketsa (kasallik, o'lim...), uning
o'rniga kelgan inson yana 6ta fazilatga ega bo'lishi kerak. Bular donishmandlik,
avvalgi o'rnatilgan odil
Do'stlaringiz bilan baham: