O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Ibn  Sino
  atrofidagi  mamlakatlar  (Yaponiya,  Xitoy,  Koreya)  ni  Vizantiya  va 
Farbiy  Evropa  bilan  chambarchas  bog'lar  edi.  Bu  esa  karvon  yo'li  orqali  minglab 
odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman  
 
tovarlarning  qarama  qarshi  harakatini,  almashuvini  vujudga  keltirdi.  O'rta 
Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga 
aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar 
o'rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlarni  shakllantirdi.  Axir,  Osiyodagi  va  Evropadagi 


 
78 
tovarlarga  bo'lgan  talab  va  taklifni  (bozorning  asosiy  unsurlarini)  yaxshi  bilmay 
turib,  uzoq  va  xatarli  yo'lga  chiqish  mumkinmidi,  katta  karvonlarni  tog'u 
toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, 
amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib 
borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini 
yaxshi  bilish  talab  etilgan.  Oqibatda  turli  bilim  sohalari,  matematika  (al-jabr), 
geometriya  (xandasa),  astronomiya  (falakiyot  )  va  boshqa  ko'pgina  fanlar 
rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn 
Ro'shd,  Yusuf  Xos  Hojib,  Nizomulmulk  va  boshqa  ko'plab  mutafikkirlar  yashab, 
ijod qilishdi. Ularning  asarlarida  muhim  iqtisodiy  g'oyalar  ham  o'z  aksini topgan. 
Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon 
etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.  
Ana  shundan  kelib  chiqib  dastlab  873-950  yillarda  yashab  ijod  etgan  Abu 
Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.  
Bo'lajak  buyuk  olim  Aris  daryosi  Sirdaryoga  qo'yiladigan  joyda  Shosh-
hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-Farbda joylashgan Forob (O'tror) degan 
joyda  tug'ilgan.  U  Forobda  o'qigan,  Shoshda  bo'lgan,  Buxoro  va  Samarqandda 
ta'lim  olgan.  Arab  xalifaligining  markazi-Bog'dodda  o'qishi  davom  ettirgan, 
umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot 
etgan.  
Forobiy  O'rta  asr  davri  tabiiy-ilmiy  va  ijtimoiy  bilimlarning  Qariyib  barcha 
sohalarini  o'z  ichiga  oluvchi  160  dan  ortiq  risola  yaratgan  Qomusiy  olim  sifatida 
tan  olinadi.  Uning  Sharq  olamidagi  shuhrati  shu  darajaga  etdiki,  uni  Aristotel 
(Arastu)dan  keyingi  yirik  mutafakkir-  «Muallimas  -Soniy»  -  «Ikkinchi  muallim» 
deb atay boshladilar.  
Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shahri» asari diqqatga sazovar bo'lib, unda 
mamlakatni  boshqarish,  hokimlar  faoliyati,  iqtisodiyotni  olib  borish  bilan  bog'liq 
bo'lgan  muhim  g'oyalar  keltiriladi.  Shuni  ham  ta'kidlab 
o'tish  kerakki,  Forobiy  o'z  ustozi  Arastu  g'oyalarini  har 
tomonlama  talqin  etadi  va  uni  to'ldirishga  harakat  qiladi, 
jamiyat 
shakllanishi 
uchun 
moddiy 
ehtiyojlarning 
ahamiyati  haqidagi  ta'limotni  yaratdi,  iqtisodiyot  fanida 
muhim blgan  
«Ehtiyoj»  ni  ta'riflab  berdi.  U  moddiy  boyliklar 
yaratishda  mehnatning  va  mehnat  qurollari  o'rnini  aniqlab 
berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir 
asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli 
ishlab  chiqarish  rivojlanadi,  chunki  vaqtdan  yutiladi, 
ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish