O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-МАVZU. O'RTA OSIYODAGI TEMURIYLAR DAVRIGACHA



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

3-МАVZU. O'RTA OSIYODAGI TEMURIYLAR DAVRIGACHA 
BO'LGAN IQTISODIY G’OYALAR 
 
3.1. «Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar 
rivojlanishidagi o'rni. 
 
Xitoyning  Tinch  okeani  bilan  Hindiston,  Markaziy  Osiyo,  Yaqin  Sharq, 
Evropa  davlatlarini  bog'lovchi  qadimgi  savdo  yo'li  -  Buyuk  ipak  yo'lidir.  Bu  yo'l 
orqali  asosan  ipak  eksport  qilinganligi  sababli  «Ipak  yo'li»  nomi  bilan  shuhrat 
qozongan.  Bu  yo'l  m.a.  II  asrdan  to  milodiy  XV  asrgacha,  suv  yo'llari 
rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta 
Er  dengiz  mamlakatlari  o'rtasidagi  savdo-sotiq  va  madaniy  aloqalarning  rivojida 
muhim rol o'ynagan.  
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz  qirg'oqlaridan  Xuanxe daryosidagi  Sian 
shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u 
erda  ikkiga  ajralib  ,biri  shimoli-g'arbga  ikkinchisi  janubi-sharqqa  yo'nalgan. 
Karvon  yo'lining  umumiy  uzunligi  12  ming  chaqirim  atrofida  bo'lgan.  Nemis 
muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan 
nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.  
Shimoliy  yo'l  Turfon  orqali  Tarim  vohasiga  va  bu  erdan  qashg'ar,  Dovon 
(Farg'ona  vodiysi)  ga  borgan.  U  erdan  So'g'dning  markazi  Samarqand  va 
Marg'iyona (Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa 
bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, 
Samarqand,  Buxoro  sari  uzaygan.  Keyingisi  Axsi  (Andijon)  va  Qamchiq 
dovonidan  o'tib,  Iloq  vohasi  hamda  Toshkent  tarafga  engan.  Demak,  qamchiq 
tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va 
Farbni  turli  jabhalarda  bog'lovchi  yo'ldir  (savdo-sotiq,  diplomatiya,  madaniyat  va 
boshqalar).  
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va 
poloslar,  oyna,  metall,  zeb-ziynat  buyumlari,  qimmatbaho  tosh  va  dorivorlar 
keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI 
asrlardan  bu  yo'lning  ahamiyati  ancha  pasaydi,  ammo  Markaziy  Osiyo 
respublikalarining  siyosiy  mustaqillikka  erishuvi  tufayli,  bu  yo'lni  yanada 
jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, 
Kaspiy  dengizi  orqali  Ozarbayjon,  Gruziya,  Qora  dengizga  chiquvchi  undan 
Evropa  (Parij,  Rotterdam)  ga  etkazuvchi  yo'l  loyixa  ishlab  chiqildi  va  amalga 
oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq.  
Endi  esa,  moziyga  qaytib,  O'rta  Osiyoning  Buyuk  ipak  yo'li  o'rni  va  eksport 
potensialiga  e'tiborni  qaratsak.  Markaziy  Osiyoga,  xususan,  hozirgi  O'zbekiston 
hududiga  qiziqish  avvaldan  ma'lum  va  bu  har  tomonlama  (siyosiy,  iqtisodiy 
jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, 
suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma  boyliklari, hayvonot  dunyosi  jihatidan 
ajralib  turgan.  Aholining  mehnatsevarligi,  mirishkorligi,  bunyodkorligi,  kasb-
hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.  
Hudud  zaminida  turli-tuman  boyliklar,  ayniqsa  oltin,  kumush,  boshqa  rangli 
metallar  va  javohirlarning  mavjudligi  va  serobligi  shu  soha  hunarmandchiligi 


 
71 
rivojida  hal  qiluvchidir.  Ayniqsa  oltin  ajnabiylarni  magnit  (oxangrabo)  kabi 
tortganligi aniq.  
Bu o'lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, 
zargarlik  buyumlari,  sifatli  po'lat  olish  va  undan  yasalgan  asbob-uskunalar, 
ayniqsa,  qilich,  qalqon  va  boshqa  harbiy  asbob-anjomlar,  ipakdan  to'qilgan  xon 
atlas  va  boshqa  nafis  matolar,  ajoyib  ko'rinishli  qorako'l  terisi  va  undan  tikilgan 
buyumlar xaridorgir bo'lgan.  
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani 
qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham  yuqori bo'lgan. Miniatyura san'ati 
yuqori darajada edi. 
 Shu  sababli  bilim,  ilm  makoni  bo'lgan  kitob  savdo-sotig'i  etakchi  o'rinni 
egallagan.  Hozirgi  davrda  ko'plab  taniqli  mutafakkirlarimizning  asarlari  xorij 
davlat  va  shaxsiy  kutubxonalaridan  topilmoqda  va  o'z  vatani,  O'zbekistonga 
qaytarilmoqda.  Bu  fakt  shundan  dalolat  beradiki,  z  davrida  kitob  savdosi  Buyuk 
ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm 
va san'at asarlari chiqarilgan.  
Mamlakatimizda  dunyodagi  eng  yaxshi  ot  zotlari  bo'lganligi  ma'lum,  xalq 
eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, 
Xitoy  elchisidan  uni  qanday  tuhfa  qiziqtirishini  so'ralganda,  ot  olishni  afzal 
ko'rgan.  Otlar  xalq  xo'jaligining  barcha  tarmoqlarida,  harbiy  xizmatda,  transport 
vositasi  sifatida,  uloq  chopish,  chovgan  o'ynash,  zeb-ziynat  sifatida  nihoyatda 
qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.  
Qishloq  xo'jaligida  paxta  etishtirish  va  paxtadan  olinadigan  mahsulot  asosiy 
o'rinda  turgan.  Polizchilik  (ayniqsa,  qovunchilik),  bog'dorchilik  (uzum)  yaxshi 
rivojlangan.  Agar  bizga  ipak  etishtirish  Xitoydan  kirib  kelgan  bo'lsa,  xitoyliklar 
bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.  
Vatanimiz  hududida  qorako'l  teri  beradigan  qo'ylar  parvarishi  muhimdir. 
Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham 
bu  sohaga  e'tiborni  kuchaytirish  O'zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlash  uchun 
zarur vosita hisoblanadi.  
Tarixiy  ma'lumotlarga  qaraganda,  bir  karvonda  500-1000  tagacha  odam,  ot, 
tuya,  boshqa  ulovlar  ,  savdogarlar  bilan  birga  diplomatlar,  elchilar,  xajga 
boruvchilar,  harbiy  qo'riqchilar  bo'lgan.  Butun  yo'l  boshidan-oxirigacha  120-150 
kun davomida bosib o'tilgan.  
 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish