2-МАVZU. FEODAL JAMIYATI VA UNING EMIRILIShI DAVRIDAGI
IQTISODIY QARASHLAR
Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan
G’arbiy Evropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan
almashdi.
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm davrida
saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQShda quldorlik, qullar mehnatidan
foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik urushidan keyin to'la tugatildi.
Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya'ni o'lka
Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy,
iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko'ra Evropaning asosiy qismida, jumladan Rossiyada
qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasiga etmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda
erga xususiy mulkchilik mavjud bo'lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo'lgan,
rasman ozod dehqonlarni ekspluatasiya qilishga asoslangan. Er egalari - feodallar
yoki davlat dehqonlardan
barshchina
(ishlab berish),
natural
(mahsulot) yoki
pul
obrogi
(soliq) sifatida er rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday qilib,
feodalistik jamiyat yirik er egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning
hamkorligiga asoslangan.
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor bo'lgan,
o'zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo'jalik mustaqilligiga ega edi,
shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o'sdi.
Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv
jamiyat edi. Ammo bu davrda hali ham qoloq texnika mavjud bo'lib, ishlab
chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan. G’arbiy Evropada feodal ishlab
chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi) dan burjua inqiloblari
(XVII-XVIII asrlar), aniqrog'i sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko'pgina
mamlakatlarda (masalan, O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistonda) bu davr undan ham
uzoq vaqtni o'z ichiga oladi (III-XX asrlar).
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo'lib, erga
egalikning qonuniy ekanligini ko'rsatish, tovar-pul munosabatlari muammolariga
munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. O'sha davrdagi iqtisodiy
g'oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo'rlikdan tashqari) qo'llab-quvvatlanadi va
shu bilan birga feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd
etiladi.
Bizgacha etib kelgan yozma manbalarga ko'ra, o'sha davrdagi iqtisodiy
g'oyalarda diniy-ahloqiy yo'nalish kuchli bo'lgan. Bozor iqtisodiyoti bilan bog'liq
fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar ishlab chiqarish, sudxurlik va b.).
Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli yuqori qo'yiladi. O'rta asrlar oxirida, er
egaligi tuzimi emirilishi bilan yangi iqtisodiy g'oyalar vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |