Siseron Mark Tulliy
(m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur notik
bo'lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo'lib, savdo-sotiq ancha
o'sdi, sudxo'rlik boyish manbaiga aylandi. U qishloq xo'jaligini qo'llagan holda
(chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot etkazar edi), yirik savdo va
sudxo'rlikni boyish manbai deb hisobladi. Demak, Siseron boshqalardan farqli
ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo'rlarning manfaatini ham himoya
qildi.
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o'sdi, qullar qo'zg'oloni
ro'y berdi. Tarixda
Spartak
boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar qo'zg'oloni
katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo'lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy
zarba bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |