O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

S
  va  aylanma 
Y
  kapitalni 
solishtirib,  ular  o'rtasidagi  farq  shundaki,  deydi  Smit,  birinchi  S  bir  egadan 
ikkinchisiga o'tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi 
Y
 esa egasi qo'lidan 
bir shaklda ketib, boshqa shaklda  qaytib keladi va  foyda  keltiradi. Shunday  qilib, 
asosiy  kapital  umuman  aylanmaydi,  aylanma  (oborot)  kapital  esa  doimo 
muomalada bo'ladi. 
Haqiqatda  asosiy  va  aylanma  kapital  ishlab  chiqarish  kapitalining  ikki 
ko'rinishidir.  Ular  bir-birlaridan  qiymatlarining  aylanish  usullari  bilan  farq  qiladi. 
Asosiy  kapitalning  qiymati  konkret  mehnat  bilan  bo'laklar  bo'yicha  ishlab 
chiqaruvchi  tovarga  ko'chiriladi,  aylanma  kapitalning  qiymati  esa  to'laligicha  shu 
tovarga o'tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va o'zgaruvchan kapitalga bo'lish masalasi 
Smitga noma'lum bo'lib qolaverdi. 


 
145 
A.Smit  kapital  jamg'arishga  katta  ahamiyat  berdi,  talon-torojlik  jamiyat 
dushmani,  tejamkorlik  jamiyat  homiysidir,  deb  e'lon  qildi.  Ammo  u  kapital 
jamg'arilishini  ishchilar  tomonidan  oddiy  iste'mol  qilish  sifatida  ifodalaydi, 
qo'shimcha  qiymatning  kapitallashuvini  esa  faqat  o'zgaruvchi  kapitalga  aylanish 
deb  tushundi.  Individual  kapital  doimiy  va  o'zgaruvchan  qismlarga  bo'lingan. 
Ammo  u  ijtimoiy  kapitalni  butunlay  o'zgaruvchan  kapitaldan  iborat  deb  xato 
o'ylagan,  ya'ni  kapitalning  unumli  mehnatni  ta'minlash  uchun  ketadigan  qismiga 
tenglashtirgan.  Smit  shunday  fikr  yuritadi:  kapitalistning  tejamkorligi  unumli 
xizmatchilarni  ta'minlash  uchun  mo'ljallangan  fondni  ko'paytiradi.  Bu  esa  o'z 
navbatida  xizmatchilar  sonini  oshiradi,  ular  o'z  mehnati  bilan  yaratgan  tovarlar 
qiymatini  oshiradi,  undan  so'ng  qo'shimcha  mehnat  harakatga  keladi,  oqibatda 
yillik mahsulotga qo'shimcha qiymat qo'shiladi. 
Smitning  butun  ijtimoiy  kapitalni  takror  ishlab  chiqarish  nazariyasi  uning 
qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari 
to'g'risida  xato  ta'limot  yaratdi.  Olimlar  buni  «Smit  dogmasi»  deb 
ataydilar.Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, foyda va 
renta  yig'indisiga  teng,  ya'ni  daromadlar  summasidir.  Ishlab  chiqarish  jarayonida 
jonli  mehnat  bilan  birga  ishlab  chiqarish  vositalari  ham  qo'llanilishini  tushungan 
holda, Smit shunga qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish 
haqi, foyda va renta kabi daromadlarga bo'lish mumkin, deb o'yladi. Shunday qilib, 
u  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  «qiymati»dan  doimiy  kapital 
S
  ni  chiqarib  tashlagan. 
Qiymatdan uning tarkibiy qismi bo'lgan doimiy kapitalni inkor etish takror ishlab 
chiqarish  jarayonini  tahlil  qilish  imkonini  yo'qqa  chiqaradi.  Har  yili  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  go'yo  har  yili  to'la  iste'mol  qilingan  bo'lib  chiqadi.  O'z-
o'zidan  ravshanki,  bunday  sharoitda  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  emas, 
hatto  oddiy  ishlab  chiqarish  mumkin  bo'lmay  qoladi  (doimiy  kapital 
S
  ko'p  yillar 
ish beradi). 
Smit  takror  ishlab  chiqarish  muammosini  echish  uchun  yo'l  kidirib  o'z 
nazariyasiga  yalpi  va  sof  daromad  o'rtasidagi  farqni  kiritadi.  Muayyan 
mamlakatning  yillik  barcha  mahsuloti  yalpi  daromad  bo'lsa,  sof  daromad  yalpi 
daromadning  shunday  bir  qismiki,  uni  shu  mamlakat  aholisi  o'z  kapitalini 
sarflamay iste'mol zahirasiga qo'yishi mumkin. 
Smitning  xatosi  shuki,  u  yillik  mahsulot  qiymatini  shu  yili  yangidan  hosil 
qilingan  qiymat  bilan  aynan  bir  deb  o'ylagan  (milliy  daromad).  Lekin  yangidan 
hosil  qilingan  qiymat  daromadlarga  ajraladi,  yillik  mahsulot  qiymati  ishlatilgan 
ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya'ni doimiy kapitalni ham o'z ichiga oladi. Bu 
xatolik Smitning qiymat to'g'risidagi ta'limotining kamchiligi va cheklanganligidan 
kelib chiqqan. 
Umuman,  bu  erda  gap  kengaytirilgan  emas,  balki  oddiy  tarkor  ishlab 
chiqarish to'g'risida fikr yuritiladi. 
Smit  mehnatning  ikkiyoqlama  xarakterini  tushunmasdan,  abstrakt  mehnat 
yangi  qiymat  hosil  qilishini,  konkret  mehnat  esa  ishlab  chiqarish  vositalari 
qiymatini  yangi  yaratilgan  mahsulotga  o'tkazishini  ko'rsata  olmadi.  Ijtimoiy 
mahsulot  qiymatidan  doimiy  kapital  qiymatini  yo'qotib  qo'ygan  Smit  kapital 
jamg'arilishini butun qo'shimcha qiymatning qo'shimcha ish haqiga aylanishi bilan 
teng  degan  xato  qisqacha  xulosalar  chiqardi.  U  o'ylardiki,  kapitalistik  ishlab 


 
146 
chiqarish  rivoji  bilan  ishchilar  va  ularning  iste'moliga  talab  ham  bir  xil  sur'atda 
oshadi,  chunki  daromad  va  shaxsiy  iste'mol  ishlab  chiqarish  bilan  parallel  o'sadi 
(bir qancha mamlakatlarda shunday bo'lmoqda). 
A.Smit  erkin  raqobat  davridagi  Buyuk  Britaniyadagi  iqtisodiy  siyosatni 
asoslashga  katta  e'tibor  berdi.  U  ishlab  chiqaruvchilarga  iqtisodiy  erkinlik 
ta'minlashni,  davlatning  iqtisodiy  hayotga  aralashmasligini  talab  qilardi.  Ammo 
mamlakatning  mudofaa  manfaatlari  iqtisodiyotdan  ustun  ham  bo'lishi  mumkin 
degan fikri ham bor, ya'ni bu ba'zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur 
deganidir.  Smit  iqtisodiyotda  davlat  sektorining  samarasizligini  ko'rsatib, 
«hukumat  har  doim  va  istiznosiz  buyuk  isrofgarchidir»  deydi.  Shu  sababli 
davlatning  faqat  uch  funksiyasi  tan  olinadi:  1)  huquq-tartibot;  2)mamlakat 
xavfsizligini  ta'minlash;  3)jamiyatga  zarur  bo'lgan  (ammo  xususiy  sektor 
tomonidan tuzilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni ta'minlash. 
Umuman  to'g'ri  bo'lgan  bu  fikrlar,  ya'ni  davlatning  iqtisodiyotga  aralishish 
chegaralari keyingi paytda qayta ko'rib chiqilmoqda. 
U  sex  tartib-qoidalari,  eskirgan  qonunlar,  korporasiyalar  va  savdo 
monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya'ni hamma uchun bir xil imkoniyatni 
yoqladi.  Hodisalarning  stixiyali  borishini  va  raqobatni  har  qanday  cheklash 
iqtisodiy  rivojlanishni  albatta  sekinlashtiradi.  Ammo  Smit  davlatning  ayrim 
funksiyalarini  ijobiy  baholadi,  masalan,  mamlakat  ichki  tartibini  saqlash,  tashqi 
harbiy xavf-xatardan asrashni xo'jalik rivojining zaruriy shartlari deb hisobladi. 
Davlat  moliyaviy  faoliyatiga  alohida  ahamiyat  berilgan.  Smit  o'z  asarining 
beshinchi, oxirgi kitobini davlat byudjeti va davlat qarzlariga bag'ishlagan. U faqat 
butun  jamiyat  manfaatlariga  mos  keladigan  davlat  xarajatlarinigina  qo'llab-
quvvatladi, «arzon davlat» tezisini ilgari surdi. 
Smit  zamonaviy  davlatning  soliq  siyosatining  nazariy  asoslarini  yaratdi. 
Soliqlar  fuqarolarning  kuchi  va  imkoniyatiga  mos  kelishi,  ishga  yaroqli  har  bir 
kishiga  alohida  belgilanishi  kerak,  soliq  imkoni  boricha  arzon,  uning  shakli  va 
olinish vaqti esa to'lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g'oyalarga to'la amal 
qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). 
Sanoatchilar  manfaatlarini  himoya  qilgan  olim  lendlordlar,  ya'ni  yirik  er 
egalariga  belgilangan  soliq  immunitetiga  (imtiyozga)  qarshi  chiqdi.  Er  rentasi 
davlat  solig'i  qo'yiladigan  eng  qulay  ob'ektdir.  Smit  foydadan  olinadigan  soliq 
samarasiz degan qisqacha xulosalar chiqardi. Korxona egasi foydani saqlash uchun 
o'z  mahsulotiga  yuqori  baho  qo'yish  bilan  soliq  og'irligini  iste'molchi  ustiga 
yuklaydi.  U  ish  haqidan  olinadigan  soliq  ham  mahsulotga  loyik  emas  deb 
hisoblaydi.  Bu  soliqni  ham  korxona  egasi  to'laydi,  chunki  tirikchilik  minimumini 
ta'minlashi kerak. 
Smit  merkantilizmga,  shu  bilan  birga  savdodagi  proteksionizmga  (davlat 
tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashki savdodagi har qanday 
cheklashlarga  qarshi  edi.  Olimning  siyosati  feodalizm  qoldiqlariga  katta  zarba 
bo'ldi. 
Olimlar Smitga baho berib, «ilg'or burjuaziyaning buyuk mafkurachisi» degan 
edilar. Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining mafkurachisi sifatida nom chiqardi. 
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi 
uch  omilni  ko'rsatib  bergan  edi:  1)  mamlakatda  tinchlik,  osoyishtalik  bo'lishi  va 


 
147 
saqlanishi; 2) me'yordagi engil soliqlar tizimi; 3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb 
aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi. 
Bu  qoidalar  bizning  mamlakat  xo'jaligiga  ham  bevosita  oid  fikrlar 
hisoblanadi. 
A.Smit  bo'yicha  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  F.Kene  bo'yicha  ijtimoiy 
takror  ishlab  chiqarish  F.Keneda  oddiy  takror  ishlab  chiqarish  jarayoni  aks  etgan 
bo'lsa,  A.Smitda  oddiy  (xususiy)  hol  va  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish 
jarayonlari mavjud. 
 
 


 
148 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
F. Kene bo`yicha ijtimoiy takroro ishlab chiqarish 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish