O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

J.Stefenson
  parovoz  yasadi,  1830  yilda  esa  Manchester-Liverpul  temir  yo'li 
qurildi.  
Metallurgiya  sohasida  1735  yilda 
A.Derbi
  pistako'mir  o'rniga  toshko'mirdan 
foydalanib,  domna  pechidan  nisbatan  sifatli  va  ko'proq  miqdorda  metall  olish 
yo'lini  topdi. 
J.Uilkinson
  hamma  narsa,  ko'prik,  quvur  va  hatto  paroxod  ham 
metalldan bo'lishi kerak, degan g'oyani ilgari surdi. Temirdan paroxod yasalganida 
uning suvda suza olishiga hech kim ishonmadi.  
Sanoat  inqilobi  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  hayotda  keskin  o'zgarishlarga  olib 
keldi.  1701-1802  yillar  oralig'ida  to'qimachilik  rivoji  tufayli  Angliyada  paxta 
tolasidan foydalanish 6000 foizga o'sdi. 1788-1838 yillarda cho'yan eritish 68 ming 
tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi.  


 
134 
Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta,  toshko'mir 
qazish  7  marta,  yuk  tashish  hajmi  10  marta  ko'paydi.  Vaholanki,  A.Smit  davrida 
Shotlandiyaning ayrim  joylarida mix pul o'rnida ishlatilgan. Bu o'zgarishlar, ya'ni 
texnikaning  kirib  kelishi  buyum  -  tovarlar  turini  keskin  oshirdi,  ilgari  ayrim 
odamlargagina  tegishli  bo'lgan  narsalar  (poyafzal,  qog'oz,  stul,  deraza  oynalari) 
kundalik  buyumlarga  aylanib  qoldi.  Asta-sekin  kapitalizm  hayot  darajasining 
o'sishiga  olib  keldi,  moddiy  ne'matlar  turi  sistematik  ravishda  doimo  ko'paydi, 
sifati  yaxshilandi,  eng  muhimi  bu  imkoniyatlardan  jamiyatning  aksariyat  qismi 
foydalandi. Bunday jarayon ilgari hech ham bo'lmagan edi.  
Jamiyat  ishlab  chiqarish  apparatining  absolyut  ko'rsatkichlari  texnika  ta'siri 
ostida  keskin  oshdi.  Bu  jarayon  ishlab  chiqarishda  qo'llaniladigan  asbob-
uskunaning  ko'payishi,  asosan  temir,  keyin  pulatdan  yasalgan  texnologiyalar 
ortishi  bilan boshlandi. Temir  oluvchi  oddiygina pechlar  o'rniga  gigant inshootlar 
paydo  bo'ldi,  oddiy  to'quv  dastgohlari  ham  katta  uylarga  zo'rg'a  joylanadigan 
mexanizmlar bilan almashtirildi.  
Agar  avvalgi  korxonada  bor-yo'g'i  10  kishi  ishlagan  bo'lsa,  XIX  asrning 
birinchi choragida to'qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi bo'lgan. Ayrim 
korxonalardagi ishchilar soni kichikroq shahar aholisiga tenglashdi. Masalan, 1929 
yil «
Ford-Motor  Kompani
»da 174 ming odam ishlar edi, hozir ularning soni 800 
mingtaga  etgan.  Mehnat  taqsimoti  nihoyatda  kuchaydi,  bu  esa  mehnat 
unumdorligining asosiy sababidir.  
Siyosiy  sohada  ham  muhim  o'zgarishlar  ro'y  berdi,  demokratik,  parlamentar 
institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, bu inqilobiy 
o'zgarishlarni  hamma  ham  to'la  tushunib  etmadi.  Masalan,  A.Smit  mashina  va 
fabrikalarni  ko'rgani  holda  manufakturani  qo'lladi,  Angliya  kelajagi  qishloq 
xo'jaligi bilan bog'liq deb o'yladi. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish