O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 Beruniy 
Beruniyning iqtisodiy  g'oyalari. Buyuk qomusiy  olim  Abu  Rayhon 
Beruniy  (973-1048)  150  dan  ortiq  asar  yaratgan  bo'lib,  ularda  mehnat  boylikning 
asosi  ekanligi  to'g'risidagi  g'oya  asosiydir.  Uning  ko'pgina  fikr  va  qarashlari 
bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan.  
 


 
83 
Olim  yashagan  davrdagi  munosabatlar,  ishlab  chiqarishning  yuksalganligi, 
savdo-sotiqning  rivojlanishi,  sug'orish  inshooatlari-ning  ishga  tushirilishi  ana  shu 
davr uchun xos edi.  
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va uni qondirish 
asoslari,  mehnat  va  hunarga  munosabatlari  uyg'unlashib  ketadi.  Uning  fikriga 
ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va 
ishlashga  majburdirlar.  Ehtiyojlar  turli-tuman  va  ko'p  bo'lganligi  uchun  insonlar 
birlashgan  holda  turar  joy  va  shaharlar  yaratishga  intiladilar,  deb  hisoblaydi. 
Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb o'ylagan.  
 
Eng 
muhim  g'oya  shuki,  barcha  qimmatli  narsalar  inson  mehnati  bilan  yaratiladi  va 
insonning  qadr-qimmati  uning  avlod-ajdodlarining  kim  bo'lganligi  emas,  balki 
uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-
odatlari  o'ziga  xos  bladi  va  inson  ahli  ularga  rioya  qilmog'i  darkordir,  aks  holda 
nizom  va  bir  xillik  yo'qolsa,  tartib  ham  yo'q  bo'ladi,  deb  uqtiradi  buyuk 
donishmand.  
Olimning  fikrlariga  tayanib  shunday  muhim  qisqacha  xulosalar  chiqarish 
mumkinki,  inson  erdagi  bunyodkor  va  yaratuvchi  kuchdir.  Inson  avvalo  halol 
mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.  
Beruniy  qayd  etishicha,  bilimlarni  egallamoq  va  hunar  o'rganmoq  uchun 
mehnat  qilish  zarur,  bu  esa  doim  davom  etadigan  va  takomillashib  boradigan 
jarayondir.  U  mehnatni  turlarga  ajratib,  ularning  har  qaysisi  alohida  talab  va 
ehtiyojlar  asosida  vujudga  kelishini  ko'rsatib  berdi.  Binokor,  ko'mir  qazuvchi, 
hunarmand,  fan  sohiblari  mehnatini  og'ir  mehnat  deb  biladi.  Ilm,  ma'rifat 
zag'matkashlari  mehnatiga  ta'rif  berish,  ilm  olish,  o'qish  eng  kerakli  mehnat 
ekanligini  isbotlaydi.  Shunga  ko'ra  olimlarning  mehnatini  qadrlash  turli  ilmlar 
ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan 
harakatlarda, mehnatda deb biladi.  
Qul  mehnati,  majburiy  mehnatdan  erkin  kishilarning  faoliyati  usutunligi 
isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-
irodasiga  qarshi,  ularni  majburlab  ishlatishga  qarshi  bo'lgan,  chunki  bunday 
mehnat  samarasi  pastdir.  Meros  bo'lib  avloddan  avlodga  o'tib  keladigan  hunarlar 
yuqori baholangan.  
Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida 
gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar 
va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq 
va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash 
(falokat  oldini  olish  uchun),  er  osti  suvlarini  chiqarib  tashlash,  olingan  rudani 
yuqoriga  olib  chiqish  uchun  maxsus  moslamalardan  foydalanish  tavsiya  etiladi. 
Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.  
Er  osti  boyliklarini  qazib  olish  ishlari  katta  jismoniy  mehnat,  ixtirochilik, 
aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish 
maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi 
olim.  Xuddi  shu  o'rinda  Beruniy  ilm  ahllari,  olimlar,  tarbiyachilarning  mehnati 
jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning 
avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari 
suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi. 


 
84 
 Olimning  yozishicha:  «Basrada  billurdan  idish-tovor  va  boshqa  narsalar 
yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning 
mayda  va  katta  bo'lakchalari  to'plangan.  U  ana  shulardan  chiroyli  va  keraklisini 
olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi. 
Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib 
buyumlarni yasay boshlaydi.  
Olim  shu  erda  mehnat  taqsimoti  va  uning  ahamiyatini  ko'rsatadi.  Olim  va 
mutaxassislar  mehnatini  mamlakat  boshqaruvchilari  tomonidan  rag'banlantirib 
turish  foydali  ekanligi  alohida  ta'kidlanadi.  Bu  aslini  olganda  manfaatdorlik 
tamoyilining  xuddi  o'zidir.  Uningcha,  ayniqsa,  erga  ishlov  berib,  rizq-ro'z 
yaratuvchilarga  mehribon  bo'lish  kerakligi  ko'rsatiladi.  Ana  shu  g'amxo'rlik 
oqibatida  erga  yaxshi  ishlov  beriladi  va  er  hosildor  bo'ladi,  moddiy  ne'matlar 
yaratiladi,  ishlovchi  va  jamiyat  manfaatlari  bab-baravar  himoya  qilinadi  (bu  fikr 
XVIII  asrda  Adam  Smit  tomonidan  to'laroq  isbotlab  berilgan).  Moddiy  ne'matlar 
esa  tiriklik  asosi.  Ana  shunday  qilinganda  hokimiyat  ham  mustahkam  bo'ladi, 
deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).  
Agar  kishilar  to'q  bo'lsa,  davlat  ham  kuchlidir.  Hukmdorlarning  vazifasi 
yuqori  tabaqalar  bilan  quyi  tabaqalar  o'rtasida  haqiqatni,  kuchli  bilan  kuchsiz 
o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, 
ozodligi,  erkinligi  kishilar  o'rtasida  hulq-atvor,  hurmat-e'tibor  uchun  muhim  va 
zarurdir.  Bozor  iqtisodiyotining  eng  zarur  tamoyillaridan  biri-  bu  tanlash  va 
tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish