O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Farg’oniy
  kiritish  uchun  asos  yuzaga  keladi,  ya'ni  o'z  davrida  hamma  ishni 
bir  odam  (usta)  bajarishi  mumkin  bo'lgan  holatdan,  har  bir  operasiyani  maxsus 
kishilarga bo'lib berish afzalligi ko'rsatiladi («Qushni so'ysa ham, qassob so'ysin»). 
Mehnat  taqsimoti  to'g'risidagi  g'oya  taniqli  iqtisodchi  Adam  Smit  ta'limotining 
(XVIII asr) asosidir.  
Forobiyning  fozil  (ideal)  davlat,  hokimlar  to'g'risidagi  g'oyalari  nihoyatda 
ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar 


 
79 
tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd 
etilgan.  Arastu  g'oyalari  rivojlantirilib,  avvalo  er  va  joylarning  miqdori,  keyin 
ularning  egalari  va  tutgan  o'rinlari,  so'ngra  nihoyatda  zarur  hisoblanuvchi  oziq-
ovqat,  ekin  ekiladigan  erlar,  saroy  va  shaxsiy  uylarning  miqdori  hisobga  olinishi 
kerakligi ko'rsatiladi.  
 
Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. 
Forobiy  tadqiqotlarining  yana  bir  muhim  jihati  shuki,  u  ko'p  (yunon, arab  va  b.  ) 
tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izolagan.  
Tarixda shunday voqea bo'lib o'tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino 
Arastuning  «Metafizika»  asarini  40  marta  o'qib  ham  tushuna  olmagan  ekan.  U 
surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni 
qarangki,  bozordan  xarid  qilgan  kitobi  Forobiyning  Arastu  asariga  yozgan 
sharxlari  ekan.  Ibn  Sino  kitobni  bir  marta  o'qib  chiqishdayoq  Arastuning 
«Metafizika» asari mohiyatiga to'la tushunib etadi.  
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-unar, san'atdagi fazilatlari har doim 
ham tug'ma bo'lavermasligi, ko'pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo'li bilan 
ro'yobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o'zaro uyg'unlashganda 
rivojlanish bo'ladi.  
Forobiy  fikricha  ,  baxtga  erishish  maqsadida  o'zaro  yordam  bergan  xalq 
fazilatli  xalqdir.  Shu  tartibda  barcha  xalqlar  baxtga  erishish  uchun  bir-biriga 
yordam  berishsa,  butun  er  yuzi  fazilatli  bo'ladi.  O'ylashimizcha,  yangi  asr 
bo'sag'asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to'xtamga kelmoqdalar.  
«Kim  rahbar  bo'la  oladi?»degan  savol  bundan  ming  yillar  avval  ham  buyuk 
donishmandlarni  qiziqtirgan  ekan.  Abu  Nasr  ibn  Muhammad  Forobiy  «Fozil 
odamlar  shahri»  nomli  asarida  bo'lajak  rahbarlarning  asosiy  fazilatlari  to'g'risida 
oqilona mushohada yuritgan.  
Bu  fikrlar  hozirgi  davrda  ham  nihoyatda  dolzarbligi  tufayli  ularni  keng 
ommaga etkazishimiz o'rinli bo'ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi 
ham  diqqatga  sazovardir.  Birinchi  navbatda  rahbar  «avvalo  to'rt  muchasi  sog'-
salomat  bo'lib,  o'ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarishda  biror  a'zosidagi  nuqson 
xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi 
lozim».  Naqadar  to'g'ri  fikr.  Darhaqiqat,  nosog'lom  odamdan  samarali  ish  kutish 
amri maxol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar «tabiatan nozik 
farosatli bo'lib, suhbatdoshining so'zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg'ab olishi, 
ish  sohasida  umumiy  ahvol  qandayligini  ravshan  tasavvur  qila  olishi  zarur». 
Uchinchidan «u anglagan, ko'rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to'la-
to'kis  saqlab  qolishi,  barcha  tafsilotlarini  unutmasligi  zarur».  To'rtinchidan, 
rahbarning  «zehni  o'tkir,  zukko  bo'lib,  har  qanday  narsaning  bilinar-bilinmas 
alomatlarini  va  u  alomatlar  nimani  anglatishini  tez  bilib,  sezib  olishi  zarur». 
Beshinchidan, «u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so'zlar bilan 
ifodalay  olishi  zarur».  Gap  bu  erda  tilni  yaxshi  bilish,  notiqlik  san'ati  haqida 
bormoqda. Keyingi muhim fazilat shuki, rahbar «ustozlardan ta'lim olishga, bilim, 
ma'rifatga  havasli  bo'lishi,  o'qish,  o'rganish  jarayonida  sira  charchamaydigan, 
buning  mashaqqatidan  qochmaydigan  bo'lishi  zarur».  Ayniqsa,  hozirgi  zamon 
rahbari  uchun  nihoyatda  kerakli  fazilat,  chunki  kelajak  ilm-fan  rivoji  bilan 
chambarchas bog'liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi 


 
80 
aniq.  Keyingi  fazilat  iymon,  ahloq  odob,  to'g'rilik  bilan  bog'liq.  «Taom  eyishda, 
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o'zini tiya oladigan 
bo'lishi, (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur» 
degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar 
keng tarqalmoqda.  
Rahbarning oldiga qo'yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil 
va  haqgo'y  odamlarni  sevadigan,  yolg'onni  va  yolg'onchilarni  yomon  ko'radigan 
bo'lishi  zarur».  Bunda  ko'pgina  rahbarlarga  tekkan  kasallaganbordorlik, 
ko'zbqo'yamachilik  illat-larining  oldi  olinadi.  Har  bir  rahbar  «o'z  qadrini  biluvchi 
va  nomus-oriyatli  odam  bo'lishi,  pastkashliklardan  yuqori  turuvchi,  tug'ma 
oliyhimmat  bo'lishi,  ulug',  oliy  ishlarga  intilishi  zarur».  Ayniqsa  «bu  dunyo 
mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan ) 
bo'lishi  zarur».  Bu  fazilatga  ega  bo'lish  ancha  mushkul,  chunki  respublikamizda 
rahbar  bo'lib  olgach,  osmono'par  dang'illama  binolar  qurish,  minglab  odamlarni 
to'plab  bir  necha  kun  to'y  berish,  qo'sha-qo'sha  mashina,  xotin  olish  faktlari 
namoyon  bo'lmoqda,  muhimi  bu  topilgan  dunyo  odatda  xarom  yo'llar  bilan 
blganligi  aniqlanadi.  Bunday  rahbarlarni  hokimiyat  ostonasiga  yaqinlashtirmaslik 
kerak.  
Haqiqiy  rahbar,  albatta,  «tabiatan  adolatparvar  bo'lib,  odil  odamlarni 
sevadigan,  istibdod  va  jabr-zulmni,  mustabid  va  zolimlarni  yomon  ko'ruvchi,  o'z 
odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, 
nohaq  jabrlanganlarga  madad  beruvchi,  barchaga  yaxshilikni  va  o'zi  suygan 
go'zalliklarni ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil 
ish  tutgani  holda  har  qanday  haqsizlik  va  razolatlarga  murosasiz  bo'lishi  zarur». 
Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina 
unga  bildirilgan  ishonchni  oqlay  oladi.  Qomusiy  olim  Abu  Nasr  Forobiy 
tomonidan  rahbar  oldiga  qo'yiladigan  navbatdagi  fazilatda  «  o'zi  zarur  deb 
hisoblagan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishda  qat'iyatli, 
savodli, jur'atli, jasur bo'lishi, qo'rqoqlik va hadiksirashlarga 
yo'l qo'ymasligi zarur» deb ko'rsatiladi.  
Yuqorida  sanab  o'tilgan  12  fazilatning  barchasi  bir 
odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda 
tug'ma  fazilatlar  sohibi  bo'lgan  odamlar  juda  kam  uchraydi 
va  ular  nodir  insonlardir».  Bunday  hollarda  aytilgan 
hislatlardan  6tasi  yoki  5tasi  kamol  topsa  ham,  «u  aql  va 
zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila 
oladi».  
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko'ra ishdan ketsa (kasallik, o'lim...), uning 
o'rniga  kelgan  inson  yana  6ta  fazilatga  ega  bo'lishi  kerak.  Bular  donishmandlik, 
avvalgi o'rnatilgan odil  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish