O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Burhoniddin  Al-Marg'inoniy



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Burhoniddin  Al-Marg'inoniy
.  Mustaqillik  sharofati  ila  allomaning  boy 
ma'naviy  merosi  xalqqa  qaytarildi.  O'zining  o'lmas  asarlari  bilan  islom 
qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujamil Farg'ona 
viloyatining  Rishton  qishlog'ida  tavallud  topib,  u  hijriy  511-593  (milodiy  1115-
1197) yillari yashab ijod etdi. Bo'lajak olim ilk ta'limni Rishton, Marg'ilonda olgan 
bo'lsa,  keyinchalik  Samarqand,  Buxoro  va  Movarounnahrning  yirik  shaharlarida 
bilimini  oshirdi.  U  fikhga  oid  «Bidoyat  al-mubtait»,  «Nashr  al-Masxad»,  «Kitob 
at-tajnis», «Al-madad» kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari « Hidoya fi 
furi' al-fiqh» («Fiqh sohalari bo'yicha qo'llanma»). Bu asar islomda sunniylikning 
hanafiylar mashabida keng tarqalgan shariat qo'llanmasi, ya'ni kodeksi hisoblanadi.  
Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham bo'lgan. 1048 yilda vafot etgan 
Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk qo'llanmani yozgan, ammo 
Burxoniddin  al-  Marg'inoniy  yaratgan  «Hidoya»  o'z  davrida  hanafiylar  mazhabi 
tarqalgan  mamlakatlarda,  xususan,  Markaziy  Osiyo,  Shimoliy  Kavkaz  va  Volga 
bo'yi musulmonlari orasida asosiy qo'llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 
56  bobdan  iborat.  Unda  Qur'oni  karim  oyatlaridan  kelib  chiqib,  shariat 
masalalarida  muallifning  fikr  va  qisqacha  xulosalarlari  beriladi.  Hanafiylar 
mazhabining  barcha  imom  ismlari,  shuningdek,  boshqa  mazhab  vakillarining 
mulohazalari  ham  asarda  keng  talqin  etilgan.  Kitobda  oila-nikoh  masalalari  bilan 


 
75 
bog'liq  nomalar  (nikoh,  ajralish)  batafsil  yoritiladi,  ularni  bajarish  bilan  bog'liq 
huquqiy qonun-qoida va jazo choralari belgilangan.  
Agarda  islom  nuqtai-nazaridan  ijtimoiy-iqtisodiy,  huququqiy  masalalar: 
mulkiy  va  moliyaviy  munosabatlar,  ayniqsa  meros,  uni  bo'lish  yo'llari,  jinoyat  va 
jazo,  fuqorolik  huquqlari  ham  ko'rsatib  berilgan.  Shuningdek,  faqat  islomga  xos 
bo'lgan bir qancha masalalar , xususan, jihod, o'lja olish va uni taqsimlash, turmush 
faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar qayd etilgan.  
Burxoniddin  al-Marg'inoniy  nihoyatda  keng  bilim  egasi  bo'lish  bilan  birga 
haqsevar,  adolatli  qonunshunos,  hadis  ilmining  donishmandlaridan  biri  edi.  U 
Qur'onni  yoddan  bilgan,  uni  izohlay  olgan,  shoir,  adabiyotchi  bo'lgan.  Tarixiy 
qo'lyozmalarda 
qayd 
etilishicha, 
olim 
avlod-ajdodi 
ham 
musulmonlar 
qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo'lishgan.  
«Hidoya» asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o'z ichiga oladi 
va  nihoyatda  keng  tadqiqot  manbai  bo'lib  hisoblanadi.  Asarda,  ayniqsa,  zakot 
masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, 
shaxsiy  mulk  shakllaridan  olinadigan  to'lovlar  yuzasidan  aytilgan  fikrlar  bag'oyat 
muhimdir.  
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum masalalar 
bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-
chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan bo'lsak, chiqarilgan 
asosiy  qonunga  to'la-to'kis  sharhga  o'xshaydi.  Kitobda  kimlar  va  qancha  zakot 
to'lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan 
bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to'lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan 
bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo'lsa, olinmaydi. Zakot to'lashda bir 
yoshdan kichik qo'zilar hisobga kiritilmaydi.  
Otlarda  esa  boshqacha  hisob-kitob  qilinadi,  ya'ni  har  otdan  bir  dinor  yoki  ot 
bahosining 9 foizi miqdorida zakot tlanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa 
ishchi  hayvonlar  (xo'kiz,  tuya)  dan  to'lov  olinmaydi.  Agar  ular  oldi-sotdi 
muomalasida bo'lsa, ahvol o'zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to'lmagan echki, 
buzoq  va  bo'taloqlar  ham  umumiy  hisobga  kiritilmaydi,  ammo  25  ta  tuyadan 
bittasi,  66  tadan  boshlab  ikkita,  145  tadan  ortig'idan  uchta  tuya  zakot  hisobiga 
berilishi kerak. Shu erda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) 
o'rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to'lashi ham mumkin, deyiladi.  
Yana  muhim  bir  ko'rsatma  diqqatga  sazovorki,  zakot  yig'uvchi  eng  yaxshi 
(sara)  molni  emas,  o'rtacha  bahodagi  molni  olishi  talab  etiladi.  Undan  tashqari, 
zakotni oldindan ham to'lash mumkinligi ko'rsatiladi.  
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o'rtacha nisob (soliq olinishi mumkin 
bo'lgan  miqdori)  200  dirham  deb  belgilangan,  bundan  2,5  foiz  (ya'ni  5  dirham) 
zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo'lsa, har qo'shimcha 40 
dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo.  
Oltindan  olinadigan  zakot  miqdori  o'ziga  xosdir.  20  misqol-gacha  zakot 
olinmaydi (bir misqol o'rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim  misqol(2,5 foiz) 
zakot to'lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan 1 unsiya) 
zakot berish kerak.  


 
76 
Shaxsiy,  xususiy  mulk  hisob-kitobi  kumush  yoki  ekvivalentiga  qarab 
belgilanadi.  Xatto  kumush  va  oltin  ham  umumiy  baho  asosida  yagona  qiymatga 
keltirilishi mumkin.  
Topilgan  kon  xazina  uchun  beshdan  bir  (20  foiz)zakot  olinishi  lozim. 
Masalan,  biror  erdan  yoki  ekilayotgan  joydan  xazina  topilsa,  shu  usuldan 
foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to'lanmaydi, chunki toshlar zakotdan 
mustasnodir.  
Tabiiy (yomg'ir, qor suvi bilan) sug'oriladigan erlardagi  hosilning o'ndan biri 
(10  foizi)  ushr  shaklida  olinadi.  Ammo  o'rmon,  yaylov,  chalakalakzor  zakotdan 
ozod  etilgan.  Sun'iy  sug’oriladigan  erlar  isobidan  ushrning  yarmi  (50  foizi) 
miqdorida soliq to'lanadi.  
Burhoniddin  al-Marg'inoniy  o'z  asarida  zakotni taqsimlash qonun-qoidalarini 
ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yig'uvchilar, 
qarzdorlar  yig'ilgan  zakotdan  foydalanish  imkoniyatlari  egaligi  haqida  ham 
qimmatli fikrlar bildirilgan.  
O'ylaymizki,  bobokolonimizning  bu  asari  nihoyatda  boy  va  qimmatli  manba 
sifatida oliy o'quv yurtlarida o'qitilishi zarur. Hozircha bu asarning ruscha tarjimasi 
mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini o'zbek tiliga o'girish kerak.Shunday 
qilinsa,  ayni  muddao  bo'lur  edi.  Chunki  u  yoshlarimiz  qalbida  insof  va  diyonat, 
adolat  va  xaqiqat  tuyg'ularini  uyg'otishda  bebaho  xazina  bo'lib  xizmat  qilishi 
shubhasizdir.  
 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish