O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

3.2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy 
g'oyalarning bayon etilishi. 
Muqaddas  kitob  -  Qur'oni  Karimda  kishilik  jamiyatining  faoliyat  turlaridan 
biri  iqtisodiyot  sohasidagi  munosabatlar  muhim  o'rin  tutadi.  Chunki  iqtisodiy 
munosabatlarda insonlarning  asosiy  fe'l-atvorlari  namoyon  bo'ladi. Qur'oni  Karim 
ahkomlari  insonlarga  ilohiy  farmoyish  sifatida  zamindagi  barcha  insonlarning  bir 
ota-ona  Odam  alayxissalom  va  Momo  Havo  farzandlari,  binobarin  aka-uka,  opa-
singal  ekanligiga  asoslanadi.  Jumladan,  «Hujurot»  surasining  13-oyatida  «Ey 
insonlar,  biz  sizlarni  bir  ota  (Odam  alayxissalom)  va  bir  ona  (Momo  Havo)  dan 
yaratib  er  yuzi  bo'ylab  har  xil  xalq  qabila  va  elatlar  tarzida  taratib  qo'ydik,  toki 
sizlar  bir-birlaringiz  bilan  tanishib,  mehr-muxabbat  hosil  qilgaysizlar.  Albatta 


 
72 
sizlaning  Olloh  nazdida  eng hurmatltrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta  Olloh 
bilguvchi  va  hamma  narsadan  ogoh  zotdir».  Islomda  «taqvo»  deganda  -  solih, 
hayrli  ishlarni  ado  etib,  munkar,  man  qilingan,  insoniyatni  zavolga  boshlaydigan 
ishlarni  qilmaslik  tushuniladi.  Demak,  taqvo  insonlarning  bir-biridan  afzalligini 
belgilashdagi  asosiy  o'lchovlardan biri hisoblanadi. Bu  afzallik  ma'naviy  va  ruhiy 
tarbiyalash  bilan  o'zgalarni  yashash  va  turmush  kechirish  huquqlarini  e'tirof  etish 
bilan shakllanadi.  
Qur'oni  Karimdagi  iqtisodiy  g'oyalarni  bir  necha  guruhga  ajratish  mumkin. 
Ulardan  biri  eng  avvalo  halol  mehnat,  xususan  dehqon,  chorvador,  hunarmandlar 
mehnati  ulug'lanadi,  peshona  teri  bilan  halollik  asosida  hayot  kechirishga  da'vat 
etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.  
Ikkinchi  guruh  g'oyalar
 
-  tijorat,  ya'ni  kengroq  ma'noda  esa  bozor 
munosabatlariga  alohida  e'tibor  qaratiladi.  Masalan,  Niso  surasida  (29-oyat) 
«Mollaringizni  o'rtalarinigizga  nohaq  (ya'ni  o'g'rilik,  qaroqchilik,  sudxo'rlik, 
poraxo'rlik,  qimor  kabi)  yo'llar  bilan  emangiz!  Balki  o'zaro  rizolik  bilan  bo'lgan 
savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo'rlik, poraxo'rlik kabi 
illatlar shar'iy jihatdan xarom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi.  
Uchinchi guruh
 iqtisodiy g'oyalar esa, mulk va meros masalalariga qaratilgan. 
Mulkning  muqaddasligi,  birovning  mulkiga  xiyonat  (ayniqsa  omonatga  xiyonat) 
qoralanadi,  xatto  biron  odamning  mol-mulkiga  hasad  qilish  ham  katta  gunox  deb 
hisoblanadi.  
Erga  mulkchilik  munosabati  to'g'risida  ham  alohida  fikrlar  lo'nda  bayon 
etilgan.  Masalan  Moida  surasining  40-oyatida  erdan  unumli  foydalanib  olingan 
narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan.  
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik 
va to'g'rilikka buyuriladi, yolg'on ishlatish, o'g'rilik, mehnatsiz daromad topish man 
etiladi.  Bu  xatoga  yo'l  qo'yganligi  uchun  qattiq  jazo  choralari  belgilanadi  (Moida 
surasi,  38-oyat),  «
ammo  kim  bunday  jabru-zulmdan  keyin  tavba  qilib,  o'zini 
tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar
» (39-oyat). 
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash 
(4-sura,  8-oyat),  etim-esirlarga  muruvvat,  xayr-ehson  qilish  haqidagi  oyat 
karimalaridan  kelib  chiqadigan  g'oyalar  hamda  soliq  turlari va miqdori  ham  katta 
ahamiyat kasb etadi. Etim-esirlar haqiga hiyonat qilish eng katta gunohlardan deb 
e'lon  qilingan.  Shuningdek,  o'zaro  yordam  ham  zarur,  lekin  yomon  ishlarda  va 
dushmanlikda emas, deyiladi.  
Islom  ta'limotini  chuqurroq  tushunishda  Qur'oni  Karimdan  keyingi  xujjat 
payg'ambarimiz  Muhammad  Alayhis-Salomning  Hadisi  Shariflari  hisoblanadi. 
Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz:  
• Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg'on so'zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik 
va omonatga hiyonat qilish.  
•  Amirning  sovg'a  olishi  xarom  va  qozining  pora  olishi  dindan  chiqishdir.  • 
Boylarning  uyiga  kamroq  kiringlar,  aks  holda  Tangrining  sizlarga  bergan 
ne'matlarini pisand qilmagan bo'lasizlar.  
• Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir:  
1. Xun to'lovchiga;  
2.Og'ir qarzdorga;  


 
73 
3.Miskin qashshoq kishiga.  
• Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim 
bo'lib qolishi aniq bo'lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo'yavering.  
• Kimki hayotda tejamkor bo'lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.  
• Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do'zahga maxkumdir.  
• Ilmga nisbatan go'yo go'pon kabi posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat rivoyat 
qilguvchi bo'lmanglar.  
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan al-
Termiziy,  al-Buxoriylarning  to'plagan  Hadisi  Shariflari  islom  olamida  eng 
ishonchli hisoblanadi.  
Iqtisodiy  munosabatlarning  huquqiy  asoslari  islom  ta'limotidagi  fikhning 
tarkibiy  qismini  tashkil  etadi.  Vatandoshimiz  Marg'inoniyning  «Hidoya»  asari 
shular  jumlasidandir.  Buyuk  olim  Burhoniddin  al-Marg'inoniyning  to'liq  ismi  Ali 
Ibn  Bakr  Ibn  Abdul  Jalil  al-Farg'oniy  ar-Rishtoniy  al-Marg'iloniy  bo'lib,  ul  zot 
1123  yil  23  sentyabrda  tug'ulgan.  Ul  zot  Qur'onni,  Hadis  ilmlarini  mukammal 
egallab  fikh  -  islom  huquqshunosligi  borasida  benihoya  chuqur  bilimga  ega 
bo'lganligi  va  bu  sohada  beqiyos  durdonalar  yaratganligi  tufayli,  Burhoniddin 
valmilla  (Islom  dinining  dalili)  va  Burhoniddin  al-Marg'inoniy  nomlari  bilan 
mashhurdir. 
Olim 
dastlabki 
ta'limni 
Marg'ilonda 
olib 
keyinchalik 
Movaraunnaxrning o'sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo'lgan Samarqandga 
ko'chib  borgan  va  umrining  ohirigacha  o'sha  erda  yashagan.  O'z  asarlarini 
yaratishda  Islom  dinidagi  sun'iylarning  to'rt  mashabi  asoschilarning  asarlarini 
o'rgangan.  Bizgacha  uning  o'nga  yaqin  asari  etib  kelgan.  «Alxidoya»  asari  esa 
1178  yili  Samarqandda  yozilgan.  Bu  asar  Xanafiya  mashabining  fikh  masalalari 
bo'yicha  asosiy  qo'llanmaga  aylangan.  Keyinchalik  esa  butun  musulmon  olamiga 
mashhur  bo'lib,  musulmon  huquqi  fikh  bo'yicha  eng  aniq  izchil  mukammal  asar 
sifatida tan olingan. Asarda keltirilgan jumlalarning har biri puxta, sermazmun va 
qisqa  so'zlar  tarkibidan  iborat.  «Al-Hidoya»ning  birinchi  kitobi  to'rt  jildan  iborat 
bo'lib,  har  biri  alohida  muammolarni  tahlil  etadi.  Bu  kitob  1994  yildan  professor 
A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi quyidagicha:  
1-jild  -  tahorat,  namoz,  ro'za,  zakot  va  haj  kabi  farz  amallarning  ibodat 
masalalariga bag'ishlangan.  
2-jild  -  oila  huquqi,  qullar  muammolari,  sherikchilik  va  vaqf  mulki  kabi 
masalalarni yoritgan.  
3-jild  -  oldi-sotdi, pul  muammolari, kafolat, qozilarning  vazifalari, guvohlik, 
berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo'lish, sulh, bir ishda pul bilan 
sherik  bo'lish,  pulni  saqlashga  berish,  qarz  berish,  sovg'a,  ijara,  muayyan  shart 
asosida  cheklangan  ozodlik  berilgan  qullar,  valiylik,  majbur  qilish,  homiyliy, 
bosqinchilik hususidagi masalalar yoritilgan;  
4-jild  -  shafe'lik,  meros  taqsimlash,  dehqonchilik  va  bog'dorchilik  xususida 
shartnoma,  qurbonlik  qilish  to'g'risida,  shariatga  zid  yomon  narsalar  haqida, 
tashlandiq  va  qo'riq  erlarni  o'zlashtirish  xususida,  ovchilik,  garovga  qo'yish, 
jinoyatlar xususida, hun haqi to'lash, vasiyat kabi masalalarga bag'ishlangan.  
Ushbu  asarda  yoritilgan  masalalar  tarkibidan  ko'rinadiki,  u  juda  boy  tarixiy 
tajribani o'zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o'rtasidagi munosabatlarda 
insonparvarlik,  adolat  barqaror  bo'lishida  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Ayniqsa, 


 
74 
tijorat  ishlarida  adolat,  to'g'rilik,  halollik,  insonparvarlik  qoidalariga  rioya  qilish 
nihoyatda zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning haqiga hiyonat qilish, kishilarni 
aldash gunohi kabr sifatida ta'riflanadi. Demak, «Al-Hidoya» sakkiz asrdan buyon 
Islom  dunyosi  mamlakatlari  uchun  eng  ishonarli  manbalardan  biri  sifatida 
mo''tabar qo'llanma vazifasini o'tab kelmoqda.  
Asarda  keltirilgan  shariat  hukmlarini  bajarish  yuksak  ma'naviy,  insoniy 
fazilatlarni shakllanishida muhim omil bo'lib hisoblanadi.  
Islom  ahkomlariga  mos  ravishda  paydo  bo'lgan  taffakkur  taraqqiyotining 
muhim  yo'nalishlaridan  biri  tasavvuf,  ya'ni  so'fiylik  ta'limoti  hisoblanadi.  Bu 
ta'limotlar  VIII-IX  asrlarda  arab  dunyosida  vujudga  kelib,  X-XI  asrlarda 
Movaraunnaxr  tuprog'iga  etib  keldi.  Bu  ta'limot  insoniyatni  ma'rifatga,  insof  va 
adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlashni targ'ib qiladi. Nafs, xirs, 
boylik  barcha  yomon  hislatlarga  qarshi  kurash  tasavvufning  mag'zi  hisoblanadi. 
Uning  maqsadi  esa  komil  insonni  tarbiyalashdan  iborat.  So''fiylik  ta'limoti  nafs 
deganda,  inson  fe'l-atvorida  uning  sha'nini  bulg'aydigan  illatlarni,  jumladan, 
johillik,  manmanlik,  dunyoparstlik,  poraho'rlik,  o'g'rilik,  ta'magirlik,  xasislik, 
bahillik  kabilarni  tushunadi.  Nafsni  engish  uchun  inson  imtihon  qilinadi,  buning 
uchun  u  o'zlikni  anglashi  kerak  bo'ladi.  Insondagi  o'zlik  ruhiy  va  jismoniy 
o'zlikdan iborat bo'ladi. Ruhiy o'zlik ilohiy makonda yaratilgan bo'lib, bu dunyoga 
imtihon va poklanish uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o'zlik nafs orqali imtihon 
qilinadi  va  ishq  orqali  poklanadi.  Mana  shu  ikkita  qarama-qarshi  kuch  doimo 
o'zaro kurashadi. Inson o'z nafsiga tobe bo'lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy 
ifloslanib, o'zi  esa  tubanlashadi.  Bu  ta'limot  vakillari  jumlasiga  Axmad  Yassaviy, 
Sulaymon  Baqirg'oniy,  Najmiddin  Kubro  va  Bahouddin  Naqshbandlar  kiradi. 
Ularning  boy  merosi  bugungi  kunda  vatan,  millat  va  komil  inson  tushunchalarini 
to'liq anglab etishda katta xizmat qiladi.  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish