Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotlar spektrofotometrik tahlillarni qo‘llash yordamida amalga oshirildi. Optik zichlik, rang balansi, bosmaning kontrastligi, rastr nuqtalarining umumiy maydoni va o‘sishi kabi ko‘rsatkichlar o‘lchandi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mahalliy xom ashyo, paxta sellyulozasi va kimyoviy tolalardan qog‘oz olish imkoniyati ko‘rsatib berildi. Nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida qog‘oz massasining tarkibiy qismi sifatida kimyoviy tola chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |