O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETINING SAMARALI IJROSINI TA'MINLASH MASALALARI



Download 338,96 Kb.
bet16/21
Sana01.01.2022
Hajmi338,96 Kb.
#291208
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni (1)

BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN
BYUDJETINING SAMARALI IJROSINI TA'MINLASH MASALALARI


  1. Byudjet mablag'larining samarali va maqsadli sarflanishi, ijtimoiy-
    iqtisodiy rivojlanish masalalari ustidan Parlament nazorati: xorij tajribasi


Parlament faoliyatida qonunchilik funksiyasi qanchalik muhim o'rin tutsa, nazorat-tahlil funksiyasi ham shunchalik muhim rol o'ynaydi. Parlament nazoratining asosiy maqsadi davlat boshqaruvida oshkoralik va qonun ustuvorligiga rioya qilishni ta'minlashdan iboratdir. Zamonaviy Parlament qonun qabul qilish yo'li bilan ijro hokimiyati, hukumat siyosatini mamlakat ravnaqi va aholi farovonligini oshishiga yo'naltiradi va bajarilishi ustidan nazorat qilib turadi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov 2015-yil 23- yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida “Deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini tubdan yaxshilash, palatalar faoliyatiga parlament nazoratining zamonaviy usullarini tatbiq qilish, jumladan, davlat byudjetini shakllantirish va mamlakati- mizning ushbu muhim iqtisodiy hujjati ijrosini nazorat qilishning zamonaviy usullarini joriy etish muhim vazifalardan biridir”, deb alohida ta'kidlab o'tdi.

Mazkur paragrafda rivojlangan demokratik davlatlarda Parlament nazoratining quyidagi 3 ta jihatiga e'tibor qaratiladi45:

  1. Davlat byudjetini shakllantirish va qabul qilish jarayonida Parlament ishtiroki.

  2. Byudjet mablag'larining sarflanishi ustidan Parlament nazorati.

  3. Iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish dasturlari va Parlament nazorati.

1. Davlat byudjetini shakllantirish va qabul qilish jarayonida Parlament ishtiroki. Davlat byudjeti shakllantirish va qabul qilish jarayonida Parlament ishtiroki 3 ta bosqichdan iborat. 1-bosqich: Davlat byudjeti loyihasini Parlamentga

kiritish. Rivojlangan demokratik davlatlarda Hukumat (Moliya vazirligi) Davlat byudjeti loyihasini, odatda, quyidagi tasniflar bo'yicha tayyorlaydi:

  • funksional tasnif - davlat asosiy funksiyalarini (boshqaruv, mudofaa, ta'lim, ijtimoiy himoya, sog'liqni saqlash) bajarish bo'yicha;

  • iqtisodiy tasnif - ish haqi, pensiyalar, kapital xarajatlar, joriy to'lovlar bo'yicha;

  • idoraviy tasnif - byudjet oluvchilari bo'yicha (vazirlik- lar, idoralar, tashkilotlar);

  • regional tasnif - hududlar bo'yicha;

  • dasturiy tasnif - davlat rivojlantirish dasturlari bo'yicha.

Davlat byudjeti loyihasi (parametrlari yuqorida keltirilgan 2 yoki 3 ta ko'rinishdagi tasnifda) bilan birga kiritilishi shart bo'lgan materiallar safiga (1) Byudjetnoma (byudjet yoki soliq-byudjet siyosatining yo'nalishlari va prognozi), (2) mamlakat iqtisodiyoti prognozi va (3) byudjet parametrlarining oldingi yilgi parametrlari bilan qiyosiy tahlili kiradi.

AQSh Kongressiga kiritilgan byudjet loyihasi quyidagilarni o'z ichiga oladi46: byudjet qo'mitasi va Prezident tomonidan taklif qilinayotgan loyihalari qiyosiy tahlili (byudjet daromadlari, xarajatlari, yangi xarajat moddalari, qarzlar va boshqa majburiyatlar); byudjetning yangi xarajatlari moddalari tahlili; amaldagi moliyaviy dasturlar tahlili; federal daromadlar va shtatlar daromadlari nisbatlari; iqtisodiy prognozlar va byudjet xarajatlarining ularga mosligi tahlili; byudjet rivojlanishining kelgusi 5 yilga prognozi; shtatlar va mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan moliyaviy yordamdagi sezilarli o'zgarishlar asoslari.

Davlat byudjeti loyihasining yana bir muhim jihati bu uning Parlamentga kiritiladigan moddalari (parametrlari) sonidir. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ma'lumotlariga ko'ra, byudjet parametrlari soni turli davlatlarda turlicha bo'lib, ular 200 tadan (Avstraliya, Kanada, Fransiya va boshqalar) tortib 2000 tagachani (Germaniya, Ispaniya, Turkiya) tashkil qiladi. IHTT byudjet siyosatining asosiy maqsadi va yo’nalishlarini asoslash uchun byudjet loyihasi moddalari soni 1000 ta atrofida bo’lishi maqsadga muvofiq deb xulosa beradi.

2-bosqich: Davlat byudjeti loyihasini muhokama qilish. Rivojlangan demokratik davlatlarda byudjet loyihasi Hukumat yoki Parlament tomonidan matbuotda e’lon qilinadi. Parlamentdagi muhokamalar televidenieda va boshqa Ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi. Singapurda Moliya vazirligi tomonidan byudjet loyihasi 2 oy mobaynida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo’yiladi va Parlamentga kiritiladi. AQShda esa - Oq uy va Kongress tomonidan 2016-yil uchun byudjet loyihasi 2015-yil fevral oyida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo’yildi (2015-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinishi kerak). IHTT 39 ta davlat o’rtasida o’tkazgan so’rov shuni ko’rsatmoqdaki, ulardan ko’pchiligida (23 tasi yoki so’rovda qatnashganlarning 59%i) davlat byudjeti loyihasini muhokama qilish muddati 2 oydan 4 oygachani tashkil qilar ekan. Bundan tashqari, 10 ta davlatda muhokama muddati 2 oygacha, 5 ta davlatda - 4 oydan 6 oygacha va bitta davlatda 6 oydan ko’proq muddatni tashkil qiladi.

IHTTga a’zo va byudjet islohotlari amalga oshirilgan 81 ta davlat o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijasiga ko’ra, ulardan 32 tasi (40%i) loyihaga xohlagancha o’zgartirish kiritish huquqiga egaligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, 17%i - byudjet xarajatlarini kamaytirish, 16%i - bir xarajatning oshishini boshqa xarajat kamayishi bilan balanslashtirish, qolgan davlatlarda esa o’zgartirishlar faqat Hukumat roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligi aniqlandi.

AQShda - Parlament (Kongress) hukumat taqdim qilgan byudjet loyihasini qisman o’zgartirishi yoki butunlay yangi o’z loyihasini ishlab chiqish huquqiga ega. Germaniya, Gollandiya, Daniyada - Parlament byudjet loyihasi moddalariga o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritish huquqiga ega. Bunda bir moddaning ko’payishi boshqa moddaning kamayishi bilan balanslashishi lozim. Buyuk Britaniya va

Britaniya Hamdo'stligi davlatlarida - Parlamentning byudjetga o'zgartirish kiritish huquqlari cheklangan47.

3-bosqich: Davlat byudjeti loyihasini qabul qilish. Rivojlangan demokratik davlatlarda byudjet loyihasi 3 yoki undan ko'p o'qishda muhokama qilinadi. 1- o'qishda: umumiy holda ko'rib chiqiladi, mas'ul qo'mitaga beriladi, jamoatchilik muhokamasiga yuboriladi; 2-o'qishda: deputatlarning va jamoatchilikning alohida moddalar bo'yicha takliflari ko'rib chiqiladi; 3-o'qishda: byudjet yaxlit hujjat(lar) - Qonunlar ko'rinishida qabul qilinadi.

AQShda Byudjet to'g'risidagi federal qonun, Buyuk Britaniyada 2 ta Qonun - Xarajatlar va Moliya to'g'risidagi qonunlar, Germaniya va Fransiyada Byudjet to'g'risidagi qonun, Shvetsiyada 2 ta Qonun - Fiskal siyosat va Byudjet to'g'risidagi qonunlar ko'rinishida qabul qilinadi.

Rivojlangan demokratik davlatlarda byudjet mablag'larining sarflanishi ustidan Parlament nazorati samaradorligini oshirish maqsadida maxsus mustaqil organ - Hisob palatasi tuzilgan va odatda Hisob palatasi Parlamentga bo'ysunadi (hisobot beradi).

AQShda Kongress Bosh nazorat boshqarmasi va Kongress Byudjet Boshqarmasi bevosita Kongress tarkibiga kiradi, Kongress tasdiqlagan byudjet mablag'lari sarflanishini nazorat qiladi va Kongressga uzluksiz hisobot beradi. Germaniyada Byudjet komissiyasi byudjet ijrosi bo'yicha hukumat yig'ilishlarida qatnashadi, joriy nazoratni olib boradi, jumladan Moliya vazirligining byudjet mablag'lari sarflanishi to'g'risidagi choraklik hisobotini tinglaydi va hukumat uchun kredit berish masalalarni hal qiladi. Fransiyada Hisob palatasi har yil yakuni bo'yicha byudjet ijrosi bo'yicha hisobotni tekshiradi va xulosani Parlamentga va Prezidentga topshiradi. Yaponiyada esa Hisob palatasi har yili Parlamentga byudjet ijrosi to'g'risidagi hisobot beradi va bu hisobot Hukumatning byudjet ijrosi to'g'risidagi hisobotiga xulosa sifatida qabul qilinadi.

Rivojlangan va iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlatlar tajribasini o'rganish shuni ko'rsatmoqdaki, ularning aksariyat qismida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish Strategiyalari qabul qilingan.

Yevropada har bir davlatda Strategiyaning uzoq maqsadli ko'rsatkichlari belgilangan. Uning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boriladi va Hukumat hisoboti tinglanadi, ommviy axborot vositlarida keng yoritiladi. Malayziyada maxsus Iqtisodiy rejalashtirish qo'mitasi tuzilgan va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi va bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi. Yaponiya, Koreya va boshqa ko'plab davlatlarda rivojlanish Strategiyasi doirasida o'rta muddatli (5 yillik) rivojlantirish dasturlari qabul qilingan va bajarilishi doimiy monitoring qilinadi.

Parlament nazoratini samarali amalga oshirishga ko'mak beradigan institutlar48:

a) Axborot-tahlil institutlarining roli. Parlament huzurida axborot-tahlil institutlari bo'lishi rivojlangan demokratik davlatlarda keng qo'llaniladi. Ushbu institutlar senatorlar va deputatlarni zarur axborot, tahlil va ekspert xulosalari bilan ta'minlaydi. AQShning Kongress tadqiqot xizmatida 5 ta boshqarma va 7 ta bo'limda 860 ta xodim ishlaydi. Germaniya Bundestagi maxsus ilmiy xizmati 12 ta bo'limdan iborat bo'lib, ularda 70 dan ortiq ilmiy xodim faoliyat yuritadi. Shuningdek, Kanada (Analitik tadqiqotlar boshqarmasi), Avstriya (Parlament tadqiqot xizmati), Fransiya, Ispaniya (maxsus ilmiy-tadqiqot bo'limlari) va boshqa davlatlar Parlamentlarida maxsus axborot-tahlil markazlari Parlament nazoratiga ko'mak berishadi. Yevroparlamentda ham maxsus Parlament tadqiqotlari Markazi mavjud.

Tadqiqot markazlari quyidagi xizmatlarni ko'rsatadi: umumbashariy va siyosiy muammolar tahlili; statistik va iqtisodiy tahlil; mamlakat siyosiy kuchlarining, Hukumatining kuchli va zaif tomonlarini baholash; mavjud muammolarni tushuntirish, Parlamentda professional nuqtai-nazarni shakllantirish;

amaldagi me’riy-huquqiy bazaning qiyosiy tahlili; byudjet loyihasini va uning ijrosini ilmiy-amaliy tahlili.

b) Parlament nazoratini amalga oshirishda statistik ma’lumotlar ishonchliligini va xolisligini ta’minlash. Parlament tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlari bajarilishi, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlarining sarflanishi ustidan samarali nazorat olib borilishi uchun Parlamentga taqdim etilayotgan statistik ma’lumotlarning xolisligini va ishonchliligini ta’minlash juda muhimdir. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2014-yil 29-yanvarda qabul qilingan “Rasmiy statistikaning asosiy 10 ta prinsipi” nomli hujjatdagi birinchi prinsip statistik ma’lumotlarning xolisligi prinsipidir. Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan “Yevropa statistika me’yoriy kodeksi”dagi 15 ta prinsipdan birinchisi statistika organining mustaqilligi prinsipi hisoblanadi. Shu sababli rivojlangan demokratik davlatlarda statistika organining mustaqilligi masalasiga katta e’tibor qaratiladi. AQSh, Fransiya, Avstriya, Norvegiya kabi davlatlarda statistika organlari mustaqil, ya’ni faqat qonunlar asosida ish ko’radi va davlat organlariga bevosita bo’ysunmaydi. Buyuk Britaniyada esa statistika organi Parlamentga bo’ysunadi, Litva va Irlandiya davlatlarida Prezidentga hisob beradi.

Yuqoridagi tahlil natijalaridan kelib chiqib, O’zbekistondagi joriy qonunchilik va amaliyotni rivojlantirish yuzasidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • birinchi, davlat byudjeti loyihasini kamida 2 ta yoki 3 ta tasnifda tayyorlash lozim. Bunda byudjet parametrlari soni kamida 300-400 ta bo’lishi, byudjet loyihasi esa davlatning barcha jamg’armalarini o’z ichiga olishi maqsadga muvofiq. Kelajakda IHTT taklif qilganidek parametrlar sonini 1000 taga etkazish mumkin. Oliy Majlisga byudjet loyihasi bilan birgalikda iqtisodiyotning kelgusi 3 yilga mo’ljallangan prognozi va byudjet paramertlarining unga mos kelishi asoslari hamda byudjet rivojlanishining kelgusi 3 yilga mo’ljallangan parametrlari prognozini ham kiritish taklif etiladi;

  • ikkinchi, davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritilgandan keyin loyihani ko’rib chiqish muddatini 1 oydan 3 oygacha uzaytirish taklif etiladi.

Shuning bilan birga, Qonunchilik palatasida muhokama qilish tartibi yoki metodologiyasini tasdiqlash lozim. Byudjet loyihasini 3 ta o'qishda ko'rib chiqish va qonun sifatida qabul qilish taklif qilinadi. Xuddi rivojlangan demokratik davlatlarda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham byudjet loyihasini Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalari veb-sahifalarida joylashtirish va keng jamoatchilik e'tiboriga havola etish lozim.

  • uchinchi, davlat byudjeti ijrosining Oliy Majlisga kiritiladigan tarkibini tasdiqlab qo'yish lozim. Davlat byudjeti ijrosi Oliy Majlis tomonidan qoniqarsiz deb topilganda (jumladan, byudjet ijrosi samaradorligi indikatorlarini ishlab chiqish asosida) qabul qilinadigan qaror mexanizmini ham ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim. Shuningdek, Hisob palatasi va Oliy Majlis palatalari o'rtasidagi axborot almashinuvi tartibini tasdiqlash ham talab etiladi;

  • to'rtinchi, Oliy Majlis huzurida senatorlar va deputatlarni zarur axborot, tahlil va ekspert xulosalari bilan ta'minlashga xizmat qiladigan axborot-tahlil institutini tashkil etish lozim;

  • beshinchi, Oliy Majlis tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlari bajarilishi, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlarining sarflanishi ustidan samarali nazorat olib borilishi uchun Oliy Majlisga taqdim etilayotgan statistik ma'lumotlar- ning xolisligini va ishonchliligini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo'mitasini mustaqilligini ta'minlash va bevosita Oliy Majlisga hisobot berishi maqsadga muvofiq.

    1. O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti
      moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari


Mamlakatimizda davlat byudjeti oldingi yillar byudjetlari singari asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumatimiz tomonidan chora-tadbirlarni davom ettirishga qaratilgan. “Davlat byudjetining umumiy xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan xarajatlarini oshirish ko‘zda tutilmoqda46.

Ijtimoiy infratuzilma subyektlarining soliq yukini qisqartirish, ijtimoiy sohadagi munosabatlar ma'muriy tartibga solinishining soddalashtirilishi, ijtimoiy xizmatlardan, shu jumladan, ta'lim xizmatlaridan foydalanish sharoitlari yomonlashishishga yo‘l qo‘yilmasligi byudjet siyosati ijtimoiy yo‘naltirilganligining muhim tamoyillari hisoblanadi. Ta'limdan davlat ta'lim grantlari doirasida umumiy foydalanishni kafolatlovchi oliy ta'lim sohasidagi davlat siyosati prinsiplaridan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarishsiz qolmoqda. Byudjet siyosati asosiy yo‘nalishlarida ham davlat grantlari asosida qabul qilingan, ham shartnoma-to‘lov asosida o‘qitilayotgan talabalar uchun oliy o‘quv muassasalarida amaldagi o‘qish va o‘tkazish qoidalariga biron bir o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutmaydi47.

Davlat byudjeti xarajatlarini yanda samarali boshqarishini takomillashtirishda quyidagi takliflardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

  • byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat'iy rioya qilish;

  • byudjetdan mablag' oluvchi muassasalarning moddiy texnik bazasini inobatga olgan holda, byujetdan mablag' oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan to'lovlar ko'chirmasini o'z muddatlarida hisobotlarda aks ettirilishini ta'minlash maqsadida, ushbu hujjatlarni tegishli operatsiyalar amalga oshirilgandan so'ng g'aznachilikda to'g'ridan-to'g'ri byudjet muassasasiga elektron tarzda yuborish va shu asosda byudjet muassasalari tomonidan hisobotlarni o'z vaqtida va sifatli tuzishga erishish maqsadga muvofiq bo'lardi;

  • davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq munosabatlar doirasida byudjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va murakkab masala bo’lib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oila va shaxslarni etarli darajada ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy masalalarini to’g’ri hal qila bilishga bog’liqdir. Bunda mahalliy byudjetlarga tushadigan soliq va yig’imlarning turi, miqdorini belgilash alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatning moliya-soliq siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bu moliya tizimini va uning bo’g’inlarini isloh qilishdan iboratdir. Ushbu yo’nalishdagi muhim muammolardan biri - davlat moliyasini, shu jumladan, byudjet tizimini takomillashtirish hisoblanadi.

Mahalliy byudjet mablag’lari hududlar moliyaviy resurslari tarkibida muhim rol o’ynaydi va bu resurslar mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan tasarruf etiladi48. Bugungi kunda mahalliy byudjetlar potentsialini mustahkamlash maqsadida qonuniy tarzda, nafaqat, mahalliy soliq va to’lovlarning tarkibini aniq belgilab qo’yishi, balki respublika ahamiyatidagi davlat soliqlarining mahalliy byudjetlar daromadlaridagi ulushlari dinamikasini tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish ham zarurdir. Ushbu strategik maqsadga erishish yuzasidan soliq tizimini takomillashtirishning ayrim muhim vazifasini bajarilishiga erishish kerak. Buning uchun:

  • byudjet va soliq tizimini joylarda o’z mahalliy byudjetlarning o’z soliq bazalari takomillashuvini hamda mustahkamlashuvini rag’batlantirish lozim;

  • mahalliy byudjetlar daromadlari umumiy hajmda tartibga soluvchi soliqlardan tushumlarni ham qo’shganda o’z daromadlari bilan ta’minlanish darajasini maksimal darajaga etkazish lozim.

O'zbekiston Respublikasida byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichida yaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari mushtarakligini ta'minlash talab etilmoqda49. Bunda: davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldi olinishi; mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarining kengayib borishi sharoitida shunga mos ravishda ular imkoniyatlarini yaxshilashning zarurligi.

Davlatning maqsadli jamg'armalarini shakllantirish, ularning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda50. Bizning fikrimizcha, davlat maqsadli jamg'armalar moliyaviy barqarorligi quyidagi mezonlarga ham bog'liq bo'ladi: davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning samaradorlik ko'rsatkichlari; YaIM tarkibidagi soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to'lovlarning ulushi; aholining turmush darajasi (daromadliligi); soliqlar, majburiy ajratmalarning aholi va iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida taqsimlanish xususiyatlari; davlat moliya siyosatining asosiy yo'nalishlari; mavjud iqtisodiy vaziyatlarni inobatga olgan holda belgilangan vazifalar ko'lami; byudjet defitsiti darajasi va boshqalar.

Davlat maqsadli jamg'armalar moliyaviy barqarorligini ta'minlash, bizning fikrimizcha, quyidagi asosiy vazifalarni hal etish bilan bog'liq: davlat maqsadli jamg'armalarining boshqaruvchi organlar faoliyati samaradirligiga; davlat moliyaviy nazoratining samaradorligiga; mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarga; mamlakat YaIM tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini kattaligini hisobga olib, ushbu subyektlar rivojlanishi va ko'lamini kengayishi uchun shart-sharoit; davlat maqsadli jamg'armalarni qo'shimcha daromad manbalarini oshirish; davlat maqsadli jamg’armalar faoliyati bilan bog’liq tizimida samaradorlik va tejamkorlik prinsiplari asosida o’zgarishlar kiritish; davlat maqsadli jamg’armalar faoliyatiga doir huquqiy bazani takomillashtirish va boshqalar.

Davlat maqsadli jamg’armalari barqarorligini ta’minlashning yana bir mehanizmi bu integrallashgan axborot tizimlarini takomillashtirishdir. Ma’lumki, respublikamizda davlat maqsadli jamg’armalari daromad qismi ijrosini amalga oshiruvchi organlar asosiy ishtirokchilari - Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Markaziy bank hamda tijorat banklari hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat byudjeti daromad qismining ijrosi bilan bog’liq jarayonda qonunchilikka muvofiq davlat byudjetiga majburiy to’lovlarni hisoblash va undirish bo’yicha vakolat berilgan Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralarning tarkibiy bo’linmalari ham ishtirok etadi. O’z bazasida qonunchilik va ijro hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatli vazirliklar, qo’mitalar va idoralar foydalana oladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lash bo’yicha axborotga ega bo’lgan birlashgan integratsiyalashgan tizimni takomillashtirish davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish va ijro etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirishni yaxshilash samarasini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Birlashgan integratsiyalashgan axborot bilan ta’minlash tizimi uzatilayotgan va qabul qilinayotgan moliyaviy va boshqa ma’lumotlarning asosiy oqimlarini va parametrlarini inobatga olishi, turli davlat organlari o’rtasida axborot almashinuvi, shuningdek, ular tomonidan boshqa vazirliklarning ma’lumotlar bazasida mavjud bo’lgan axborotlardan ham joriy ishda, ham rejalashtirish va prognozlashtirish maqsadlarida foydalanish imkonini berishi lozim. Boshlang’ich bosqichda bu vazifa vazirliklar va idoralar guruhi doirasida hal etilishi, ya’ni ular o’rtasida almashiladigan ma’lumotlar tarkibi va xajmi aniqlanishi, keyinchalik esa umumdavlat miqyosida axborot almashishning global tizimini yaratishga qaratilgan masalaning echimiga o’tish mumkin.

Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi ham muhim o'ringa ega. Bizning fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish imkonini yaratadi. Jumladan, moliyalashning turli manbalari hisobidan O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining resurs bazasini yanada mustahkamlash, Jamg'arma resurslarini iqtisodiyotning real sektoriga faol yo'naltirish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi rolini oshirish hamda ishtiroki ko'lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini ko'paytirish, istiqbolda esa yirik investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirish imkonini beradi.

Investitsiya loyihalarini O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari evaziga moliyalashtirishda “hamkorlikda moliyalashtirish” usulini joriy qilishni faollashtirish zarur. Bu holat investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda loyiha risklarini pasaytirish va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari evaziga strategik ahamiyatga molik bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlashni takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mamlakat hududlarining taraqqiyoti mutanosibligini (balanslashuvini) ta'minlashga asosiy e'tibor qaratish zarur. Bu esa, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mutanosibligini ta'minlash imkonini beradi.

Uchinchi bob bo'yicha xulosa:



- O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali

amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir;

  • davlat maqsadli jamg’armalari aholining bir qator ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari fondidir. Davlat maqsadli jamg’armalari mamlakat YaIMning ma’lum ijtimoiy maqsadlar uchun qayta taqsimlash va foydalanish shaklidir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: daromad manbalarining aniq belgilanganligi; mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi; mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi; mustaqil moliya-kredit tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatishi; byudjetdan tashqari ekanligi;

  • iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiya siyosatini amalga oshirish O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining asosiy maqsadidir;

- O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga investitsiya loyihalarini takomillashtirishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish maqsadga muvofiqdir: ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o’zgartirish va modernizatsiya qilish loyihalarni faol moliyalashtirish; strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini faol kreditlash; yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’ati va hajmini oshirishga yo’naltirilgan loyihalarning samarali moliyalashtirilishini ta’minlash zarur.

XULOSA VA TAKLIFLAR



  1. O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo'yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'larini, ular o'rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi. Tarkibiy jihatdan konsolidatsiyalashgan byudjet davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari va O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'larini o'z ichiga oladi.

  2. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir.

  3. Davlat maqsadli jamg'armalari aholining bir qator ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan pul mablag'lari fondidir. Davlat maqsadli jamg'armalari mamlakat YaIMning ma'lum ijtimoiy maqsadlar uchun qayta taqsimlash va foydalanish shaklidir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: daromad manbalarining aniq belgilanganligi; mablag'larning qat'iy maqsadli ishlatilishi; mablag'larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi; mustaqil moliya-kredit tashkiloti sifatida faoliyat ko'rsatishi; byudjetdan tashqari ekanligi.

  4. Iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo'yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiya siyosatini amalga oshirish O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining asosiy maqsadidir.

  5. Davlat byudjetining tarkibi va hajmi quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi: mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi; korxonalar, tashkilotlar, va muassasalarning xo'jalik yuritish usullari; iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishda davlatning tutgan o'rni; iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarni markazlashgan moliyaviy resurslar hisobidan ta'minlanish darajasi;

  1. Davlat maqsadli jamg‘armalar moliyaviy barqarorligi quyidagi mezonlarga ham bog‘liq bo‘ladi: davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari; YaIM tarkibidagi soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlarning ulushi; aholining turmush darajasi; soliqlar, majburiy ajratmalarning aholi va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida taqsimlanish xususiyatlari; davlat moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari; byudjet defitsiti darajasi va boshqalar;

  2. O'zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjetining samarali ijrosini ta'minlashda quyidagi taklif va tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

  • davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta'minlash maqsadida o‘z faoliyatlari bilan bog‘ liq munosabatlar doirasida byudjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini takomillashtirish lozim;

  • byudjetdan mablag oluvchi byudjet tashkilotlarining o‘z harajatlarini mablag bilan ta'minlashda mustaqil o‘z faoliyati natijasida shakllanadigan mablaglardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Masalan, bo‘sh turgan obyektlarni ijaraga berish, o‘z faoliyatidan kelib chiqqan holda tijorat asosida ko‘riladigan daromadlar tizimini shakllantirish va o‘z navbatida bu yo'l bilan byudjet mablag‘lariga bo‘lgan talabni qisqartirib, aksincha o‘z daromadlari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish zarur;

  • byudjet daromadlarini rejalashtirish iqtisodiyotdagi boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni prognozlashtirish bilan hamda bu jarayonda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bevosita bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishni takomillashtirishda zarur ma’lumotlar bazasini etarli va sifatli darajada shakllantirish kerak;

  • byudjet xarajatlarining moliyalashtirish samaradorligining asosiy mezoni sifatida, ko’p hollarda, ijtimoiy-iqtisodiy tavsifdagi natijalar asos qilib olinadi, navbatdagi vazifa ushbu xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini baholash mezonlari va mexanizmini ishlab chiqish zarur bo’ladi. Bu esa byudjet xarajatlarining samaradorligini aniqlashda bosh omil hisoblanadi;

  • yaxlit byudjet siyosatining samaradorligi, byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari ijrosiga bevosita bog’liqdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohadagi xarajatlarning zalvorli yuki, mahalliy byudjetlarga tushayotgan hozirgi bir sharoitda mahalliy byudjetlarining barqaror daromad manbaini shakllantirish bo’yicha islohotlarni yanada chuqurlashtirishni talab qiladi. Shuning uchun: hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishning asosiy omili sifatida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish; hududlarga xorijiy investitsiyalarni keng joriy etish; past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni sog’lomlashtirish va boshqalar;

  • soliqlarning rag’batlantiruvchi funksiyasini oshirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida qoladigan mablag’larni qo’shimcha ish o’rinlarni yaratish, texnik modernizatsiyalash va innovatsion faoliyatga yo’naltirilishini ta’minlash;

  • byudjet mamlakat iqtisodiyotining asosiy o’zagi bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjetni ijtimoiy yo’naltirilgan xarajatlarini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimi manzilligini kuchaytirish va davlat dasturlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmining samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi;

  • moliyalashning turli manbalari hisobidan Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining resurs bazasini yanada mustahkamlash, resurslarini iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda Jamg’arma rolini oshirish, strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash zarur.


Download 338,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish