O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/322
Sana31.12.2021
Hajmi3,37 Mb.
#252465
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   322
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

His-tuyg'ular-kishining  o'z  hayotida  nimalar  yuz  berayotganiga,  nimalarni  bilib  olayotganiga  yoki  nima 
bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. 
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla  his etayotgan  psixik  holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-
bir  narsani  idrok  etish  va  tushunib  yetish,  biron-bir  narsa  to'g'risida  bilib  ldish  idrok  etilayotgan,  tushunib 
olinayotgan,  ma'lum  yoki  noma'lum  narsalarga  nisbatan  shaxsiy  munosabat  bilan  birlikda  ro'y  beradi.  Ana  shu 
hollarning  barchasida  his-tuyg'ularning  boshdan  kechilishi  xususida,  kishining  alohida  hissiy  holati  xususida 
gapiriladi. Shu bilan birga his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik 
jarayondir. 
His-tuyg'ular  shaxs  extiyojlariga  javob  beradigan  narsalarni  aniqlab  olishga  yordam  beradi  va  ularning 
qondirilishiga  qaratilgan  faoliyatga  omil  baxsh  etadi.  Ilmiy  kashfiyot  qilingan  paytdagi  quvonchli  kechinmalar 
olimning  izlanuvchanlik  faoliyatini  rag'batlantiradi,  bilish  extiyojini,  qondirish  jarayonini  jadal  tarzda  saqlaydi. 
Ehtiyoj namoyon bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy tusga ega bo'ladi. 
Kishi  uchun  sub'yektiv  hisoblangan  his-tuyg'ular  uning  ehtiyojlari  qondirilishi  jarayoni  qanday 
kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi. Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy 
holatlar  (zavqlanish,  mamnunlik  va  shu  kabilar)  ehtiyojlarni  qondirish  jarayonining  xush  keladigan  tarzda 
kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, 
hasrat va shu kabilarga) olib keladi. Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning kechishi ham miya 
faoliyatining  natijasi  hisoblanadi.  Emosiyalarning  paydo  bo'lishi  tashqi  olamda  ro'y  beradigan  o'zgarishlardan 
boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo 
bo'lishiga  yoki  boshqalarning  yo'qolishiga,  kishi  organizmi  ichida  yuz  beradigan  jarayonlardgi  o'zgarishlarga  olib 
boradi.  
Kishining  tevarak-atrofida  va  uning  o'zida  yuz  berayotgan  o'zgarishlar  kishi  uchun  qanchalik  katta 
ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat 
bog'lanishlar  sistemasining  jiddiy  qayta  qurilishi  katta  yarim  sharlar  qobig'i  bo'ylab  tarqalgan  holda  qobiq  osti 
markazlariga  ta'sir  qiladigan  qo'zg'alish  jarayonlarini  yuzaga  keltiradi.  Miyaning  katta  yarim  sharlar  qobig'ining 
pastroqdagi  bo'lmalarida  organizm  fiziologik  faoliyatining  har  xil  markazlari:  nafas  olish,  yurak-qon  tomirlari, 
ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti 
markazlarining  qo'zg'atilishi  bir  qancha  a'zolar  faoliyatining  kuchayib  ketishiga  olib  keladi.  Shu  boisdan  ham  his-
tuyg'ularning kechirilishi nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir lahza nafasi chiqmay qoladi, og'ir va 
o'xti-o'xtin  nafas  oladi)  va  yurak  ish  faoliyatining  o'zgarishi  (yurak  urishdan  to'xtab  qoladi  yoki  tez-tez  ura 
boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, 
qo'rqqanidan oqarib ketadi), sekresiya bezlarining ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga sababchi bo'lsa, 
hayajonlanib ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida 
yuz  beradigan  jarayonlarning  qayd  qilinishi  va  kishining  o'zi  tomonidan  kuzatib  borilishi  nisbatan  oson.  Shu 
sababdan ham qadimgi zamonlardan buyon ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi deb hisoblab kelingan. 
Xalq orasida haliga qadar ham «yuragim sezib turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir. 
His-tuyg'ular  ba'zan  har  qanday  psixik  jarayonning  faqat  ѐqimli,  ѐqimsiz  yoki  aralash  asorati  tarzida 
boshdan kechiriladi. 
Ehtiyojlarning  qondirilishi  yoki  qondirilmasligi  kishida  turli  xil  shaklni  kasb  etadigan  o'ziga  xos 
kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar (hissiy bo'ronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va 
xususan his-tuyg'ular (tor ma'nodagi so'z bilan aytganda)ni hosil qiladi. 
«Hissiyot»  («emosiya»)  va  «his-tuyg'u»  degan  so'zlar  ko'pincha  sinonimlar  sifatida  qo'llaniladi.  Torroq 
ma'noda  olganda,  hissiyot  bu  qandaydir  bir  oz  doimiyroq  his-tuyg'ularning  bevosita  va  vaqtincha  boshdan 
kechirilishidan  iboratdir.  «Emosiya»  so'zini  o'zbek  tiliga  aniq  tarjima  qilinganda  u  ruhiy  hayajonlanish,  ruhiy 


 
176 
harakatlanish degan ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga nisbatan o'rnashib qolgan 
xususiyati  sifatidagi  muhabbat  tuyg'usining  o'zini  emas,  balki  konsert  paytida  yaxshi  musiqiy  asarni  eshitayotib, 
boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi. 
Kishini  tez  chulg'ab  oladigan  va  shiddat  bilan  o'tib  ketadigan  jarayonlar  affektlar  (hissiy  portlashlar)  deb 
ataladi. Ular ongning anchagina darajada o'zgarganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning 
o'zingi-o'zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o'zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. 
Affektlar  birdaniga  katta  kuch  sarf  qilinishiga  sabab  bo'lagni  uchun  ham  qisqa  muddatli  bo'ladi:  ular  his-
tuyg'ularning  bamisoli  birdan  lov  etib  yonib  ketishiga  portlashiga,  bir  zumda  hamma  ѐqni  to's-to'polon  qilgan 
shamolga o'xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo'rondir. 
Kayfiyatlar  ancha  vaqt  davomida  kishining  butun  hatti-harakatiga  tus  berib  turadigan  umumiy  hissiy 
holatini  ifoda  etadi.  Kayfiyat  shodu  xurramlik  yoki  qayg'uli,  tetiklik  yoki  lanjlik,  hayajonli  yokima'yuslik,  jiddiy 
yoki  yengiltaklik, jizzakilik  yoki  muloyimlik  va  hokazo tarzda bo'ladi. Kayfiyati  yomon  kishi o'rtog'ining  xaziliga 
yoki tanbehiga kayfiyati chog' vaqtidagiga qaraganda tamomila boshqacha munosabat bildiradi. 
Psixologik ta'rifiga ko`ra affеktiv holatga yaqin turadigan, lеkin boshdan kеchirishining davomiyligiga ko`ra 
kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan  kеchirilishning alohida shaqli kuchli hayajonlanish (strеss) holati 
(inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish, zo`riqish dеgan so`zdan olingan)dan, yoxud hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy 
zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib kеtgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y 
bеradi. 
Strеss  kishining  o`ta  faol  yoki  o`ta  sust  harakatida  ifodalanadi.  Hissiy  zo`riqish  holatida  individning  hatti-
harakati  kishi  nеrv  tizimining  tipiga,  nеrv  jarayonlarining  kuchliligi  yoki  ojizligiga  jiddiy  ravishda  bog`liqdir. 
(Masalan, imtihon oldidagi holat). 
His-tuyg`ularning  hissiyot  (emotsiyalar),  kayfiyatlar,  kuchli  hayajonlanish  tarzida  boshdan  kеchirilishi 
chog`ida ma'lum darajada sеziladigan tash qi bеlgilariga ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo`l 
va  gavdaning  ma'noli  harakatlari, turqi-tarovat, ohang, ko`z qorachigining kеngayishi  yoki torayishi  kabilar shular 
jumlasiga  kiradi.    Kishi  o`zining  qahr-g`azabini  tеvarak  atrofdagilarga  qo`llarini  musht  qilishi,  ko`zlarini  chimirib 
qarash, do`q-po`pisali ohang bilan namoyish qiladi. 
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha): 
qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug`diradigan ijobiy hissiy holat. 
quvonch-  to`la  qondirilishi  mumkin  bo`lmagan,  har  holda  qondirilishi  noaniq  dolzarb  bo`lgan  ehtiyojni 
qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat. 
Hayratlanish-  to`satdan  ro`y  bеrgan  holatlardan  hissiy  jihatdan  ta'sirlanishning  ijobiy  yoki  salbiy  jihatdan 
aniq-ravshan ifoda etilmagan bеlgisidir. 
Iztirob  chеkish.  Hozirga  qadar  qondirilish  ehtimoli  ozmi-ko`pmi  darajada  mavjud  dеb  tasavvur  qilingan 
hayotiy  muhim  ehtiyojlarning  qondirilishi  mumkin  emasligi  haqida  aniq  yoki  shunday  tuyilgan  axborot  olinishi 
bilan bog`liq salbiy hissiy holatdir. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish