Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi,
jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari
yangilik sifatida kashf etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar, tadqiqotlar amaliyotda joriy
etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |