178
Iroda-bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan
maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o'z ehtiyojlariga ko'ra o'zgartirish imkoniyatiga
ega bo'ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo'ladi.
Iroda o'zaro bog'liq ikkita vazifaning-
undovchi va
tormozlash (to'xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini
ta'minlaydi va ularda o'zini namoyon qiladi.
Undovchi vazifasi kishining faolligini bilan ta'minlanadi. Harakat oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi
aylanib qaraydi, o'yinda tashlangan to'pni qaytaradi, qo'pol so'zdan xafa bo'ladi va hokazo) bilan bog'liq bo'lgan
paytdagi reativlikdan farqli o'laroq faollik harakatning ayni o'zida namoyon bo'ladigan ichki holatiga nisbatan
sub'yektning o'ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (o'zaro zarur axborotni olishga ehtiyoj
sezayotgan kishi o'rtog'ini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon-veridagilarga qo'pollik qilishga yo'l qo'yadi va
hokazo).
Oldindan mo'ljallanmaganligi bilan farq qiladigan tabiiy xulq-atvordan farqli o'laroq, faollik ixtiyoriyligi
bilan, ya'ni ongli ravishdagi maqsadga muvofiq harakatning sharoitlari bilan farq qiladi. Faollik bir daqiqalik vaziyat
talabi bilan, unga moslashuv, berilgan chegaralarda harakat qilish istagi bilan yuzaga keltirish mumkin va mumkin
emas, u vaziyat ustunligi bilan, ya'ni asos qilib olingan ma'lumotlarning, kishining vaziyat talablari darajasiga
ko'tarila olish, asosiy vazifaga nisbatan ziyod kuchli iroda bo'lgan joydagina mumkindir.
Irodaning undovchi va tormoz qiluvchi funksiyalari yaxlit birligidagina shaxsning maqsadga erishish
yo'lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi.
Falsafa va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, hech narsa bilan belgilanmaydigan va hech
narsaga bog'liq bo'lmagan (ya'ni indeterministik), kishiga u yoki bu harakatni tanlash va amalga oshirish imkonini
beradigan kuch deb qaraydi. Bunda butun psixik faoliyat hech narsa bilan belgilanmaydigan, ongsiz ravishda
bo'ladigan eng dastlabki faollikka bo'ysungan bo'ladi. Amerika psixologi U.Jems harakatda hech narsaga bog'liq
bo'lmagan irodaviy hukmga yetakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o'z-o'ziga
«Fiat» (lotincha «ha bo'la qolsin!» degan ma'noga ega bo'lgan so'zni bildiradi) deydi va go'yo ana shu birinchi galgi
mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oishiriladi.
Amalda kishining ishlari va harkatlari ob'yektiv ravishda belgilangandir. Irodaviy harakatni o'z ichiga
oladigan motivlar hozir va o'tmishda o'rin olgan tashqi ta'sirlar natijasi tariqasida, kishining psixik rivojlanishi
jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol munosabati natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi.
Irodaviy harakatlarning determinizmlashgaligi fakti (sababiy bog'langanligi) u yoki bu faoliyat usuli kishiga zo'rma-
zo'raki berilganini, u o'z qilmishlari uchun javobgar emasligini va ularning peshonasiga yozilganligini dadil qilib
ko'rsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko'rinishlaridan bir sifatida
namoyon bo'ladi.
Tavakkalchilik-bu sulb'yekt uchun uning cheki noma'lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin
bo'ladigshan noqulay oqibatlar (jazolash, og'riq ta'sirini o'tazish, travma, obro'ni yo'qotish va shu kabi) haqidagi
taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik
bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg'unlashtirilishi bilan belgilanadi.
Shunday savol tug'iladi: agar mag'lubiyat ehtimoli ko'p bo'lsa, mag'lubiyat uchun esa jazo ancha kuchli bo'lsa, kishi
nimani deb tavakkal qiladiq Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart sifatida irodaning qo'shilishini nazarda
tutuvchi tavakkal qilish xatti-harakatining ikkita o'zaro bog'langan sababini ajratib ko'rsatadi.
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda tavakkalchilikning birinchi turi bu yutuqqa umid
bog'lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan kattalikning muvaffaqiyatsizliklar oqibati darajasidan ortishidir
(situativ tavakkalchilik). Bu o'rinda muvaffaqiyat motivasiyasi muvaffaqiyatsizlikdan qutilib qolish motivasiyasidan
kuchliroqdir. Agar kundalik hulq-atvor, garchi kishidan irodaviy qarorni talab qiladigan bo'lsa-da unchalik noyob
narsa emas.
Xatti-harakatning xavfli variantini afzal biladigan hulq-atvor yoki tavakkalchilikning ikkinchi turi uchun
sabab-shaxsning vaziyat usti faolligidir. Kishining vaziyat talablari ustidan ko'tarila bilish dastlabki vaziyatdan ustun
keladigan maqsadni qo'yish qobiliyatga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: