Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va
shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi.
Psixologiyaning sohalari. Psixologiya fani ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki
qayerda inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan bog'liq muammolar yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy
psixologiya, medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, yuridik, aviasiya, kosmik, yosh davrlar
psixologiyasi, pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |