3-BOB. QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI VA UNING HOSIL
BO„LISHI
Yuqorida бобларда qayd qilinganidek, qonda uning suyuq qismi –
plazmasidan tashqari uch xil shaklli elementlar, ya‘ni hujayralar, eritrotsitlar – qizil
qon hujayralari, leykotsitlar – oq qon hujayralari, trombotsitlar – qon
plastinkachalari ham mavjud. Bu hujayralarning har qaysisi o‘ziga xos tuzilgan
bo‘lib, bir qator xossa va xususiyatlarga ega, ularning organizmda bajaradigan
vazifalari ham turlicha.
Qon
yaratilishi
(gemotsitopoez).
Gemotsitopoez
-
qon
shaklli
elementlarining embrionda va yetuk organizmda yaratilish jarayonlarini o‗z ichiga
olib, ularni o‗rganish muhim ahamiyatga ega.
Embrionda qon yaratilishi. Odam homilasida dastlabki qon hosil bo‗lishi
embrion tarakkiyotining 3 haftasida sariqlik xaltasida boshlanadi. Bu birinchi yoki
angioblastik qon tarakkiyoti davridir. Sariqlik xaltasi devoridagi mezenxima
hujayralari qon orolchalari shaklida ajralib chiqadi. Keyinchalik mezenxima
hujayralari o‗z o‗siqlarini yo‗qotib yumaloq shaklni oladi va qonning o‗zak
hujayralariga aylanadi.
Qon orolchalariniing chekka qismlarida joylashgan mezenxima hujayralari
esa, aksincha, yassilashadi va bo‗lajak qon tomirlarining devorini hosil qiluvchi
endotelial hujayralarga aylanadi. O‗zak hujayralarining ma'lum bir qismi birlamchi
qon hujayralariga differensiallashadi. Birlamchi qon hujayralari yirik, yumaloq va
ovalsimon bo‗lib, bazofil bo‗yaladigan sitoplazmaga ega bo‗ladi. Ular mitoz yo‗li
bilan bo‗linib ko‗payadi. Birlamchi qon hujayralarining keyingi takomili yoki
differensiallashishi hujayralar sitoplazmasida gemoglobin to‗planishi va yadroning
kichrayib, zichlashishi (piknoz) bilan harakterlanadi. So‗ngra yadro hujayradan
siqib chiqariladi va nihoyat birlamchi qon hujayralari megaloblast bosqichidan
to‗g‗ridan – to‗g‗ri megalotsitlarga yoki birlamchi yirik eritrotsitlarga aylanadi.
Sxematik tarzda bu protsesni quyidagicha ifodalash mumkin: birlamchi qon
41
hujayrasi – megaloblast – megalotsit. Shuni ta'kidlash kerakki, megaloblastik
eritropoez normal sharoitda faqat embrional davrdagina uchraydi, voyaga ktgan
organizmda esa patologik xollarda (kamqonlik, vitamin B
12
yetishmovchiligi)
uchraydi. O‗z yashash muddatini o‗tagan megalotsitlar yemiriladi va romirlarning
endoteliy hujayralari tomonidan fagotsitoz qilinadi. Qolgan birlamchi qon
hujayralaridan masalan, sarmklik xaltasi tomirlarida ikkilamchi eritrotsitlar
rivojlana boshlaydi. Ularning tarakkiyoti megalotsitlar takomillashishidan farq
qilib, sekinroq amalga oshadi va normotsit bosqichini o‗taydi. Bu jarayon sxematik
tarzda quyidagicha ifodalanadi: birlamchi qon hujayralari – ikkilamchi
eritroblastlar – polixromatofil normotsitlar – oksifil normotsitlar – ikkilamchi
eritrotsitlar. Taraqqiyot bosqichidagi barcha hujayralar ikkilamchi eritroblastlardan
boshlab to ikkilamchi eritrotsitlargacha, megalotsitlarga nisbatan ancha kichik
bo‗ladi ya'ni ularning kattaligi yetuk organizmlardagi eritrotsitlarning kattaligiga
yaqin keladi.
Dastlabki embrional davrida eritrotsitlar tarakkiyotining o‗ziga xos
xususiyati shundan iboratki, bu protsess sariqlik xaltasi tomirlarining ichida, ya'ni
intravaskulyar amalga oshadi. Shu bilan birga bu davrda donador leykotsitlar ham
tarakkiy qiladi – ularning takomili tomirlardan tashqarida, ekstravaskulyar
joylashgan birlamchi qon hujayralaridan boshlanadi. Shuning bilan embrional
tarakkiyotining birinchi davri, ya'ni angioblastik davri tugaydi. Embrional
tarakkiyotining 4 – 5 xaftasiga kelib sariqlik xaltasi atrofiyaga uchraydi va uning
qon yaratish funksiyasi yuqoladi. Shu vaqtdan boshlab xususiy embrional qon
yaratish davri boshlanadi. Eritrotsitlar va leykotsitlar jigar, taloq , timus, suyak
kumigi va limfa tugunlarida yaratiladi.
Jigarda qon yaratilishi. Embrional davrning 5 – haftasidan boshlab jigar
embrionda qon yaratilishi markazi bo‗lib qoladi. Hosil bo‗ladigan qon hujayralari
o‗zak hujayralaridan rivojlanadi. Ular birlamchi qon hujayralariga aylanadi va
yuqorida ko‗rsatilgan bosqichlarni bosib o‗tib ikkilamchi eritrotsitlarni beradi.
Takomillashgan eritrotsitlar bilan bir paytda jigarda donador leykotsitlar, asosan
42
takomillashgan neytrofil va eozinofillar ham ko‗riladi. Voyaga yetgan
organizmdan farqli ularoq, bu protsess oralik bosqichlarni tashlab o‗tib, ya'ni
mieloblast, promielotsit bosqichlarni o‗tamasdan turib amalga oshadi. Sxematik
tarzida donador leykotsitlar takomili quyidagicha bo‗ladi: birlamchi qon hujayrasi
– yetuk granulotsit. Bulardan tashqari, jigarda gigant hujayralar – megakariotsitlar
ham rivojlanadi. Barcha elementlarning tarakkiyoti jigarda tomirlardan tashqarida,
ya'ni ekstravaskulyar amalga oshadi. Jigarda qon yaratilishi asta – sekin kamayib
boradi va embrional tarakkiyotning oxiriga kelib butunlay to‗xtaydi.
Taloqda qon hosil bo‘lishi. Embrional hayotning birinchi yarmida taloqda
gemopoezning barcha hujayralari tarakkiy etadi. Taloqda ekstravaskulyar qon
yaratilishining manbai bo‗lib mezenximadan takomillashuvchi o‗zak hujayralar
hisoblanadi.
Xomila tug‗ilishi patstiga kelib taloqda eritro – va granulotsitopoez
jarayonlari susayadi va butunlay to‗xtab, taloq asosan agranulotsitlar va
trombotsitlarni yaratuvchi manba rolini o‗taydi.
Limfa tugunida qon yaratilishi. Embrion tarakkiyotining 3 – oyiga kelib
limfa qopchasi devorining mezenximasidan harakatchan o‗zak hujayralari ajralib
chika boshlaydi. Mezenxima sinsitiysi retikulyar to‗qimaga aylanib, bu to‗qima
orasida erkin hujayralar – limfoblastlar va limfotsitlar joylashadi. Limfa tuguni
kurtaklarining dastlabki tarakkiyot davrida ularda eritroblastlar va mieloid
elementlarning borligini ko‗rish mumkin, biroq bu elementlarning ko‗payishi
limfotsitlar paydo bo‗lishi bilan to‗xtaydi.
Buqoq bezida qon yaratilishi. Timusda T- limfotsitlar yaratilishi xomila
takomilining 9-10 – xaftasidan boshlab, xomila tug‗ilgandan keyin ham davom
etadi. Hozirgi paytda timus T- limfotsitlarning asosiy yaratilish manbai
hisoblanadi.
Suyak kumigida qon yaratilishi. Suyak kumigida qon yaratilishi embrion
tarakkiyotining oxirgi oylarida boshlanib, xomila tug‗ilganidan keyin kuchayadi.
Voyaga yetgan organizmda suyak kumigi eritrotsitlar , donali va donasiz
43
leykotsitlar va qon plastinkalari yaratiladigan eng asosiy universal organ bo‗lib
qoladi. Suyak ko‗migi timus va boshqa qon yaratuvchi organlarga o‗zak
hujayralarni yetkazib beradi. Shu bilan birga u odamda V- limfotsitlarning asosiy
taraqqiyot manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |