5-Jadval.
Odam va hayvonlar qonidagi elimentlarning miqdori, mg%
№ Hayvonlar
Kimyoviy elementlar
Natriy
Kaliy
Kalsiy
Magniy
Umumiy
fosfor
Organik
fosfor
Xlor
1.
Odamlar
280-
350
18,0-
20,0
9,0-
11,0
1,0- 3,0
320,0-
360,0
2.
Ot
320,0
18,0
12,0
2,5
12,5
4,8
360,0
3.
Qoramol
330,0
19,0
11,0
3,5
11,0
5,0
370,0
4.
Qo‘y
325,0
19,0
11,5
2,5
11,5
6,0
370,0
Oqsillar cho‘ktirilganidan keyin plazmada biroz miqdordagi azot saqlovchi
boshqa moddalar qoladi: polipeptidlar, aminokislotalar, mochevina, siydik
kislotasi, kreatin, kreatinin, bilirubin va boshqalar. Mochevinaning miqdori, odatda
20-30 mg % dan oshmasada, oqsillarga boy ovqatlar bilan ovqatlangandan keyin
bir muncha ortadi. Agarda mochevinaning ortgan miqdori uzoq muddat saqlanib
qolsa, bu paytda kuchli zaharlanish holati yuz beradi, siydik kislota plazmani 3-4
mg % ni tashkil etadi. Uning miqdori ikki marta ortishi mumkin, bunday holat
25
ayrim (podagra) kasalliklar paytida moddalar almashinuvi buzilishi tufayli yuz
beradi. Plazmada kreatinin miqdori (1-2 mg % ) odatda qat‘iy doimiylik bilan
ajralib turadi, uning miqdori muskul to‘qimalar parchalanganda ortishi mumkin.
Oqsilsiz moddalarning azoti qoldiq azot deb yuritiladi va oqsillar cho‘ktirilganidan
keyin filtratda qoladi.
Plazmadada azotsiz organik moddalardan glyukoza, lipoidlar, yog‘
kislotalari, xolesterin va boshqalar saqlanadi.
Plazmaning mineral moddalariga natriy, kalsiy, kaliy, magniy, temir, mis
kationlari va xlor, ko‘mir, sulfat va fosfor kislotalarining anionlari kiradi. Ayniksa
natriy (320 mg %) va xlorning (360-380 mg %) miqdori kattadir. Yod, rux va
boshqa moddalarning miqdori juda kam bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Plazmaning osmotik bosimi. Erituvchining molekulasi idish ichidagi eritma
bilan yarim o‘tkazuvchi membrana yoki po‘stloq orqali har ikki tomonga o‘tadi.
Ammo eritma tomonga qarab toza erituvchi tomonga nisbatan ko‘proq molekula
o‘tadi. Bunday bir tomonda qarab harakatning ustunligi osmos deb ataladi.
Eritmaga kiruvchi va chiquvchi erituvchi molekulalar miqdorini tenglashtirish
uchun eritma tomonidan yarim o‘tkazgich po‘stloqqa bosimni oshirish talab
etiladi. Yarim o‘tkazgich po‘stloqdagi tenglikni ta‘min etuvchi bosimga osmotik
bosim deyiladi. Bu bosim esa erigan moddalar konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu konsentrasiya qancha yuqori bo‘lsa, tenglikni ta‘min etish uchun yarim
o‘tkazgich po‘stloqqa shuncha yuqori kuch talab qilinadi, demak ushbu eritmaning
osmotik bosimi yuqoridir. Agarda yarim o‘tkazgich po‘stloqni turli tomonidagi
turgan eritmalarning konsentrasiyasi har xil bo‘lsa, bu paytda erituvchining
harakati yuqori konsentrasiyali eritma tomon, ya‘ni osmotik bosimi yuqori bo‘lgan
tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Organizmda qon tomirlar devorlari, yarim o‘tkazgich po‘stloq vazifasini
bajaradi va uning bir tomonida qon tursa, ikkinchi tomonida to‘qima suyuqligi
turadi. Qon plazmasining unda erigan va mavjud elektrolitlar ionlari, oqsil
molekulalari va boshqa organik moddalar hisobiga hosil bo‘lgan osmotik bosim
26
krioskopiya usuli bilan aniqlanadi. Ma‘lumki, eritmada erigan moddalarning
konsentrasiyasi qancha yuqori bo‘lsa, uning muzlash harorati shuncha past bo‘ladi.
Eritmaning muzlash harorati 0
0
dan past bo‘lishini ko‘rsatuvchi miqdori, ya‘ni
kimyoviy toza suvning muzlash harorati depressiya ko’rsatkichi deb ataladi. Odam
va boshqa sut emizuvchilar qonining va to‘qimalararo suyuqligining depressiya
ko‘rsatkichi 0,6 ga yakin, bu 37
0
dagi osmotik bosimning 8 atmosferasiga yaqin
bo‘lishini ko‘rsatadi.
Bir xil osmotik bosimga ega eritmalar izotonik eritmalar deyiladi. Qon va
boshqa organizmning hujayralari o‘zlarining mo‘tadil faoliyatini izotonik muhitda
namoyon qiladi. Osh tuzi eritmasi qonga izotonikdir va shuning uchun fiziologik
eritma ham deb yuritiladi. Ionlar konsentrasiyasi katta va yuqori osmotik bosimli
eritmalar gipertonik va aksincha kam konsentrasiyali va past bosimli eritmalar
gipotonik eritmalar deb yuritiladi.
Glyukoza, mochevina va boshqa organik birikmalar qonning osmotik
bosimini hosil bo‘lishida unchalik muhim rol o‘ynamaydi, chunki ular plazmada
tuzlarga nisbatan kam miqdorda saqlanadi va ularga nisbatan juda katta molekulyar
og‘irlikka ega. Plazma oqsillari bundan mustasno, chunki ular qonning umumiy
osmotik bosimini 1 % dan kam miqdorini ta‘minlaydi. Qon tomirlar devorlari
elektrolitlar uchun yengil o‘tkazuvchan, shu sababli, elektrolitlar qon va to‘qimalar
limfasida bir xil konsentrasiyada bo‘ladi va shuning uchun ular osmotik
hodisalarni yuzaga kelishiga sabab bo‘laolmaydi. Oqsillar uchun tomirlar devorlari
o‘tkazmasdir, shu sababli, tomirlar devorlarining har ikki tomonida ularning
konsentrasiyasi to’qimadan qancha va aksincha yo‘nalishidagi suvning harakatiga
bog‘liq. Ochlik davridagidek qon tarkibida oqsillar miqdori kamaysa, suyuqlik
odatda tomirlardan to‘qima limfalariga qarab harakatlanadi, bu esa shishchalarni
keltirib chiqaradi. Xuddi shuning uchun qonning oqsillari tomonidan hosil
qiladigan bosimga onkotik bosim deyiladi. Onkotik bosim tuzlar hosil qiladigan 7-
8 atmosferali osmotik bosimning simob ustuni xisobida aytganda 25-30mm
keladigan qismini tashkil qiladi. Oqsillar yirik molekulali, kolloid moddalar
27
bo‘lganligi sababli plazmada erigan tuz zarrachalarining miqdoriga qaraganda o‘n
barobar miqdorda ortiq bo‘lsa-da, hosil qilgan onkotik bosimi tuzlar hosil
qiladigan osmotik bosimning 1/200 qismini (25-30mm simob ustuniga teng
keladigan qismini) tashkil qiladi, xalos. Yuqori molekulali oqsillar tomirlarning
devorlaridan o‘ta olmaydi, ular tomir ichida qolib, belgili miqdorda suvni ushlab
turadi. Demak, onkotik bosim to‘qima oralig‘iga plazmadan suvning ortiqcha
chiqib ketishiga tusqinlik qiladi. Onkotik bosimning oshishida to‘qima oraliq
suyuqligidan belgili miqdordagi suvning plazmaga surilishiga sabab bo‘ladi.
Odam va yuqori darajada taraqqiy etgan hayvonlar qonining osmotik bosimi doimo
bir me‘yorda saqlanadi. Buni quyidagi tajribalarda isbotlash mumkin. Otning
tanasiga natriy sulfatning 5% li eritmasidan 7 litr yuborilsa, qonning osmotik
bosimi ikki marotaba ortib ketishi kerak bo‘lsa ham, 10 daqiqadan keyin uning
normaga yaqinlashganligini, ikki soatdan so‘ng esa butunlay normallashib
qolganini ko'rish mumkin.
Bu vaqtga organizmga kiritilgan tuz eritmasi chiqaruv organlari(ichaklar,
buyraklar, teri bezlari) orqali tezda tashqariga chiqarib yuboriladi. Demak, osmotik
bosim buyrak, teri bezlari va ovqat hazm tizimining faoliyati natijasida bir
me‘yorda saqlanib turiladi. Osmotik bosim ko'rsatkichi nisbiy bo‘lib, organizmda
kechayotgan moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan moddalar ta‘sirida
juda oz vaqt davomida kichik chegarada o'zgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |