2.3. Qonning funksiyalari
Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya
mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo‘q. Ular hayoti uchun zarur
moddalarni hujayra po‘sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu
yo‘l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan
hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning
tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo‘ladi. Bir muncha yuqoriroq
taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo‘ladi. Gemolimfaning tarkibi
organik va anorganik moddalarga boy bo‘lib, unda oqsillar va kislorodni biriktirib
tashiy oladigan pigment bor. Bu pigment gemolimfaga qizg‘ich rang beradi. Issiq
qonli hayvonlarda esa tarkibi murakkab, benihoya muhim vazifalarni bajara
oladigan, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan suyuq to‘qima – qon
paydo bo‘lgan.
Qon – suyuq tuqima bo‗lib, plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan.
U tomirlar doirasida uzluksiz harakat qilganidan organizmda asosan tashuvchi
vazifasini bajaradi. Tashiladigan moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab
qonning quyidagi: nafas olish, ovqatlantirish, ekskretor, boshqaruv, kreator
boshqarishlarni taminlash va himoya faoliyatlari farqlanadi.
38
1. Nafas oldirish faoliyati o‗pkadan to‗qimaga kislorod yetkazib berish va
ularda hosil bo‗lgan karbonat angidridni o‗pkaga olib borishdan iborat. Kislorod
tashilishini yeritrotsitlardagi gemoglabin bajaradi. Karbonat angidridni tashilishida
ham yeritrotsitlar katta ahamiyatga yega.
2. Ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarni hazm tizimi azolaridan
to‗qimalarga yetkazib berishdan iborat. Istemol qilingan ovqat tarkibidagi
murakkab polimer moddalar meda va ingichka ichakda enzimlar tasirida
parchalanib so‗rilishi mumkin bo‗lgan sodda monomer moddalarga aylanadi.
Glyukoza, fruktoza, galaktoza, aminokislotalar, tuzlar va suvda eruvchi boshqa
moddalar qonga so‗riladi. Yog‗lar esa asosan limfaga so‗rilib uning tarkibida
qonga quyilidi. Uglevodlar asosan energiya manbai bo‗lib xizmat qiladi. Ularning
oz qismi jigar va muskullarda glikogenga aylanib, uncha katta bo‗lmagan zaxira
hosil qiladi. Hujayralar aminokislotalarning ko‗p qismini oqsil sinteziga sarflaydi.
Yog‗ kislotalaridan glitserin ishtirokida neytral yog‗lar sintezlanib, yog‗
to‗qimasida zahira holida to‗planadi. Zarur bo‗lgan glikogendan glyukoza, yog‗
to‗qimasidan neytral yog‗ qonga o‗tadi va energiya manbai sifatada sarflanadi.
3. Ekskretor faoliyati moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‗lgan qoldiq
moddalarni, tasodifan yoki malum maqsad bilan kiritilgan moddalarni chiqarib
tashlashdan iborat. Ortiqcha ichilgan suv, istemol qilingan tuz va oziq moddalarni
chiqarib tashlashni taminlash ham ekskretor faoliyatning bir qismi. Chiqarib
tashlashi zarur bo‗lgan moddalarni qon ajratuv azolarga yetkazib beradi.
4. Boshqaruv faoliyati. Organizmdagi barcha azo va to‗qimalar qonga
fiziologik moddalar ajratadi. Qon bu moddalarni organizm bo‗ylab tashir ekan,
gumorol boshqarishni amalga oshiradi, azolarni o‗zaro bog‗laydi, organizmni bir
butun qilib, muhit o‗zgarishlariga moslashtiriladi.
5. Kreator faoliyati. Qonning faoliyatlari ichida o‗ziga xos ahamiyatga ega.
Kreator faoliyat qon plazmasi va shaklli elementlarining axborotga ega
makromolekulalarini tashishda ishtirok etishdan iborat. Bu makromolekulalar
39
tegishli joylarga yetkazilgandan keyin oqsil sintezi, hujayralarning bo‗linishiga va
boshqa jarayonlarga ta'sir ko‗rsatadi.
6. Gomeostatik faoliyat. Qon boshqa suyuqliklarning pH, osmotik bosim,
elektrolitlar tarkibi, organik moddalar miqdori va boshqa ko‗rsatkichlarning
barqarorligini saqlab turadi.
7. Haroratni boshqarish. To‗qima va hujayralar faoliyatini natijasida uzluksiz
ravishda issiqlik hosil bo‗lib turadi. Bu issiqlikning ko‗p qismi ichki yirik
a'zolarga, ya'ni jigar, chuqur joylashgan muskullar va yurakka to‗g‗ri keladi. U
bevosita tashqi muhitga ajratilmaydi. Bu a'zolarning tomirlaridan o‗tayotgan qon
ma'lum darajada isiydi va issiqlikni organizm bo‗ylab tarqatadi. Qon harorati
sezilarli darajada oshsa, gipotalamusdagi termoretseptorlar qo‗zg‗alib haroratni
boshqarib turadigan mexanizmlar faolligi oshadi. Natijada, teridagi qon tomirlar
kengayadi, ter ajralishi kuchayadi. Issiqlikni yo‗qotish tezlashadi.
8. Himoya faoliyatining yuzaga chiqishida qonnning turli tarkibiy qismlari
ishtirok etadi. Himoya faoliyati yuqumli kasalliklarni paydo qiladigan
mikroblarning yemrilishini ta'minlashdan (hujayra immuniteti) va ana shu
mikroblarga hamda ularning zahariga qarshi antitelolar ishlab chiqarishdan iborat.
Qonning ivishi himoya reaksiyasi hisoblanadi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |