O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligi



Download 212 Kb.
bet13/16
Sana31.12.2021
Hajmi212 Kb.
#243604
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Qo'shayev Dilshod Kurs ishi

Uchinchidan, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari teng huquqli va mustaqildirlar. Ular tovar egalari sifatida mustaqil bo’lganliklari bois, bir-birlariga ma`muriy yoki boshqa bir hokimiyat tarzida bo’ysunmaydilar.

Yuqorida sanab o’tilgan belgilardan ko’rinib turibdiki, fuqarolik huquqi predmeti tarkibiga kiruvchi mulkiy munosabatlar tovar-pul harakteriga egaligi bilan farqlanadi. Demak, o’zida ana shu belgilarni mujassamlashtirmagan boshqa tusdagi (notovar tabiatga ega bo’lgan) mulkiy munosabatlar (masalan, soliq, byudjet va boshqa moliyaviy munosabatlar, ma`muriy munosabatlar; umummilliy (davlat) mulki bo’lgan yer va x.k.) fuqarolik huquqining predmeti bo’lib hisoblanmaydi va ularga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo’llanilmaydi.

Tovar xo’jaligining barqarorligi munosabatlari, ya`ni moddiy boyliklarning o’zlashtirilganligi, taalluqliligi mulkiy munosabatlarning u yoki boshqa ishtirokchilari tomonidan ashyoning egallanganligini, aniqroq aytganda, ularning muayyan ashyoning mulkdori ekanligini anglatadi. Statik munosabatlar ikki taraflama tabiatga egaligi bilan izohlanadi, ya`ni birinchidan, mulkdorning o’ziga tegishli bo’lgan ashyoga munosabati va ikkinchidan, ushbu ashyo bo’yicha mulkdor va barcha boshqa shaxslar o’rtasida vujudga keladigan munosabatni ifodalaydi.

Ashyoga (muayyan mol-mulkka) shaxsning munosabati me’yordagi xo’jalik faoliyatini belgilovchi sharti hisoblanadi. Shu ma`noda, agar har bir shaxsning boshqa mulkka nisbatan o’z mulkiga bo’lgan alohida, oqilona munosabatini e`tiborga oladigan bo’lsak, xo’jalik faoliyatining yuqori samarasini ham aynan ana shu omil belgilashiga ishonch hosil qilish mumkin. Zero, ashyoga xo’jasizlarcha begonalashtirish asosidagi yondashuv, shak-shubhasiz, iqtisodiy natijalarning kutilgan darajada bo’lishini ta`minlab bera olmaydi. Bizga ma`lumki, mehnatkashlarni yollanma ishchilarga aylantirgan davlatlashtirilgan iqtisodiyot (sobiq ittifoq davridagi tizim) tajribasi buni tasdiqlagan.

Bundan tashqari, shaxsning o’z mulkidan erkin, o’z hohishiga ko’ra foydalanishi va bunda boshqa birovlarning asossiz aralashuviga yo’l qo’ymasligi xo’jalik faoliyatini to’g’ri tashkil etish hamda amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda mulkiy (ashyoviy) munosabatlarning ikkinchi tarafi – mulkdor bilan barcha boshqa shaxslarning ashyo (mol-mulk) bo’yicha yuzaga keladigan munosabati namoyon bo’ladi. Aytish joizki, mulkdorning o’z mulkidan (o’ziga tegishli ashyodan) foydalanishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. O’z navbatida, boshqa shaxslardan (shuningdek davlatdan) ham mulkdorning o’z mulkidan mustaqil tarzda qonunlarda nazarda tutilgan hollar, shartlar va doirada foydalanishiga imkoniyat yaratib berishlari, to’sqinlik qilmasliklari talab qilinadi. Ushbu munosabatda mulkdor o’z mulkiga egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishiga nomuayyan doiradagi majbur shaxsga qarshi turganligi sababli, bunday munosabatning mutloq harakteri (tabiati) xususida so’z borishi tabiiy.

Yuridik jihatdan mulkiy munosabatlar moddiy boyliklarning tegishliligi bo’yicha mulkiy (ashyoviy) huquqiy munosabatlar sifatida e`tirof etiladi va rasmiylashtiriladi. Ular mulkiy munosabatlar va o’zga (cheklangan) ashyoviy huquqlarga bo’linadi. Mulkiy munosabatlar ashyodan foydalanish bo’yicha qonuniy barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan mulkdorga ushbu ashyo (mulk) ning tegishli ekanligini ifoda etadi. O’zga ashyoviy huquqlar esa mulkdor bilan bir qatorda boshqa shaxslarning ham foydalanishi mumkin bo’lgan mulkdor mulkining huquqiy holatini belgilaydi.

Tovar xo’jaligi harakati (dinamikasi) munosabatlari, ya`ni, moddiy boyliklarning bir egadan boshqasiga o’tishi, odatda, ishtirokchilar tomonidan muayyan mol-mulkni begonalashtirish (tasarruf qilish) va qo’lga kiritish bilan bog’liq bo’ladi. Yuridik jihatdan ular majburiyatlar (majburiyat munosabatlari) yordamida rasmiylashtiriladi. Bunday munosabatlar har doim tovar-pul aloqalarining aniq ishtirokchilari–alohida, mustaqil bo’lgan tovar egalari o’rtasida vujudga keladi va shuning uchun ham nisbiy tusga ega bo’ladi.

Ko’pincha, majburiyat munosabatlari tovar egalarining tovarlar (ashyolar, ishlar va xizmatlar natijalari va huquqlari)ni tasarruf qilish va (yoki) qo’lga kiritish to’g’risidagi kelishuvi asosida vujudga keladi. Ba`zida majburiyatlar ishtirokchilar o’rtasida kelishuv bo’lmagan hollarda ham, masalan, bir shaxs tomonidan boshqasiga mulkiy zarar yetkazish oqibatida yoki asossiz boylik orttirish natijasida kelib chiqadi. Shunday qilib, tovar almashuvi mazmunini tashkil qiluvchi iqtisodiy munosabatlarning yuridik shakli sifatida majburiyatlar shartnomaviy va shartnomadan tashqari majburiyatlarga bo’linadi.

Moddiy boyliklarning bir shaxsdan boshqasi ixtiyoriga o’tishi, nafaqat majburiyatlar shaklida, shu bilan birga vafot etgan fuqarolarning mulkini meros olish asosida egallash, yuridik shaxslarni qayta tashkil etish va tugatish orqali ham amalga oshirishi mumkin. Bunga moddiy boyliklarning yangi egalariga o’tishi, o’lim yoki avvalgi egalarining o’z faoliyatlarini bekor qilishi, ya`ni, ularning mulkiy munosabatlar doirasidan chiqib ketishi, yo’qolishi bilan bog’liq bo’ladi.

Taraqqiy etib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tovar almashuvining tabiiy rivoji, o’z navbatida, mulkiy munosabatlarning ham murakkablashib borishiga va oqibatda ularning yangi ko’rinishlarining amaliyotga kirib kelishiga sabab bo’ladi. Bunday munosabatlar qatoriga korporatsiyalarning xususiy mulkini boshqarish bo’yicha vujudga keladigan munosabatlarini ko’rsatish mumkin. Ular odatda mulkiy muomalada doimiy va professional faoliyat ko’rsatish uchun tashkil qilingan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, shuningdek, ishlab chiqarish kooperativlarini boshqarish jarayonida yuzaga keladi. Ishtirokchilari tomonidan maxsus tuzilgan ushbu tashkilotlar o’zi-o’zini boshqarish hamda qat`iy belgilangan ahzolik printsiplari asosida faoliyat yuritib, ular o’rtasidagi munosabatlar, asosan mulkiy tusda bo’lishi bilan izohlanadi. Mulkiy munosabatlarning bunday ko’rinishining yuridik shakli korporativ huquqiy munosabatlar bo’lib hisoblanadi. Korporativ munosabatlar o’z mazmun mohiyati bilan majburiyatlarga yaqin turadi. Chunki ular ham korporatsiyaning har bir a’zosining o’zaro hamda korporatsiya bilan munosabatini rasmiylashtirganligi bois nisbiy harakterga ega bo’ladi. Biroq korporativ majburiyat, faqat muayyan tashkilotlar ishtirokchilari o’rtasidagina vujudga kelib, boshqa sub’ektlar uchun taalluqli bo’lmasligi bilan farqlanadi. Ko’pincha, birinchi qarashda korporatsiya ahzolari ishtirokchilarning o’zaro aloqalarinigina tashkillashtirishga qaratilgandek bo’lib ko’rinadigan korporativ munosabatlar, aslida, bevosita korporativ mulkdan foydalanish, uni boshqarish maqsadidan kelib chiqadi18.

Ta’kidlash lozimki, yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan korporatsiya (umuman shunday tashkilot) ning faoliyati va ushbu asosda vujudga kelgan munosabatlar o’z mazmun–mohiyati bilan, avvalambor, aniq mulkiy yo’nalishga ega bo’ladi. Aynan ana shu holat korporativ munosabatlarni majburiyat munosabatlarining bir ko’rinishi deb tavsiflashga imkon beradi19.

Xulosa.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, huquqiy munosabatlarning ob’ekti deb huquq sub`ektlarining harakatlari nimaga qaratilgan bo’lsa, huquq va majburiyatlar nimani ustida belgilangan bo’lsa o’sha narsalarga aytiladi.

O’zbekiston Respublikasi FKning 81-moddasiga asosan fuqarolik huquqlarining ob’ektlari jumlasiga:


  • ashyolar;

  • mol-mulklar;

  • pullar va qimmatli qog’ozlar;

  • ishlar va xizmatlar;

  • intellektual faoliyat natijalari;

  • shaxsiy nomulkiy huquqlar kiradi.

Umumiy holda, fuqarolik huquqining ob'ektlarini ikki turga, ya`ni moddiy va nomoddiy ne'matlarga bo’lish mumkin.

Boshqacha aytganda, jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi va tasarruf etishini amalga oshira oladigan, erkin suratda olish, sotish huquqi va odob-ahloq normalari bilan cheklanmagan yoki ta'qiqlanmagan har qanday moddiy narsalar va moddiy qiymatliklar, qadriyatlar boylik hisoblanib, fuqarolik huquqining ob'ekti bo’la oladi.

Fuqarоlik muоmalasi ishtirоkchilarining tоvarlar, ishlar yoki хizmatlarning хususiy alоmatlarini aks ettiruvchi vоsitalarga nisbatan huquq egalariga bu vоsitalar bоrasida mulkiy huquqlar tеgishli bo`ladi.

Alоhida farqlash bеlgilari (хususiy alоmatlarni aks ettiruvchi vоsitalar)ga nisbatan huquqlar intеllеktual faоliyat natijalariga nisbatan bo`lgan huquqlar kabi ikki turga, ya’ni shaхsiy va mulkiy хaraktеrdagi huquqlarga bo`linadi va dеmak, unga ikki хil хaraktеrdagi huquq sifatida qaraladi. Binоbarin, alоhida farqlash bеlgilari (хususiy alоmatlarni aks ettiruvchi vоsitalar)ga nisbatan huquq sоhibining huquqi nafaqat mulkiy, ayni vaqtda shaхsiy хaraktеrda ham bo`ladi. Birоq bu huquq ma’lum tartibda va shartlarga riоyasi qilingan hоlda haq evaziga yoki tеkin, vaqtincha bоshqalarga o`tkazilishi, fоydalanish uchun bеrilishi mumkin bo`ladi (firma nоmiga bo`lgan huquqdan tashqari).

Mualliflik huquqi (intеllеktual faоliyat natijasining muallifi dеb e’tirоf etilishi huquqi) shaхsiy nоmulkiy huquq hisоblanadi va ijоdiy mеhnati bilan intеllеktual faоliyat natijasini yaratgan shaхsgagina tеgishli bo`ladi20.

Intеllеktual faоliyat natijasida iхtirо yoki asarni o`z aqliy, ijоdiy faоliyat mеhnati bilan yaratgan shaхs ushbu natijaning muallifi dеb tan оlinadi, e’tirоf etiladi. Bu huquq ijоdiy faоliyat mahsuliga nisbatan mualliflik huquqi dеb atalib, barcha qоlgan shaхsiy huquqlarning o`zagini tashkil etadi, bоshqa shaхsiy huquqlar ushbu huquq mavjud bo`lgan taqdirdagina, undan kеlib chiquvchi o`ziga хоs hоsila ikkilamchi huquq hisоblanadi. Muallif sifatida tan оlishga bo`lgan huquq o`z mоhiyatiga ko`ra, shaхsiy nоmulkiy huquq hisоblanadi, ya’ni u, birinchidan, ijоdkоr yaratuvchi shaхsi bilan bоg’liq, ikkinchidan, mulkiy-iqtisоdiy mazmunga ega emas, uchinchidan, huquq sоhibining o`zidan bеgоnalashtirilishi mumkin emas. Bunday huquq ijоdiy mеhnati bilan intеllеktual faоliyat natijasini yaratgan shaхsgagina tеgishli bo`ladi.

Mavzu bo’yicha shunday xulosalarga kelindi.


Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish