Birinchidan, ushbu munosabat ishtirokchilari mulkiy jihatdan mustaqildirlar. Bu ularga mol-mulkni mustaqil tarzda tasarruf qilish va shu bilan birgalikda o’zlarining harakatlari hamda harakat natijalari uchun mustaqil mulkiy javobgar bo’lish imkoniyatlarini beradi.
Ikkinchidan, umumiy qoidaga ko’ra, ular tovar-pul xususiyatlariga ega bo’lib, ekvivalent–haq evaziga amalga oshiriladi. Albatta, ayrim hollarda mulkiy munosabatlar haqsiz, tekin, masalan, hadya, ssuda asosida vujudga kelishi ham mumkin. Lekin, ushbu munosabatlar ikkilamchi, ya`ni ekvivalent–haq evaziga amalga oshiriladigan mulkiy munosabatlardan kelib chiqadigan hosila munosabatlar bo’lib, tovar almashuvining oddiy shakli hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |