O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 122 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi122 Kb.
#11556


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 2-KURS TALABASI SHAXNOZA HAMIDOVANING

“TA’LIMDA O‘ZLASHTIRISHNI TEKSHIRISH VA BAHOLASH TEXNOLOGIYASI”

mavzusidagi

Tekshirdi: Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchi M.Eshonova

ANDIJON - 2013

MAVZU: TA’LIMDA O`ZLASHTIRISHNI TEKSHIRISH VA BAHOLASH TEXNOLOGIYASI

KIRISH
1. Talabalarning o`quv fanlarini o`zlashtirishi jarayonida o`qituvchi faoliyati

2. O`zlashtirishning reyting tizimi

3. O‘quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati

4. Test shakllari va ulardan foydalanish
UMUMIY XULOSALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Yoshlarni kelajagimizni ta'minlash maqsadida tayyorlash g`oyasi I.A.Karimovning barcha asarlarida takomillashtirib boriladi. U “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilsin” sarlavhali asarida yoshlarni hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash muammosini yanada keng sharhlab, shunday deydi: “...ta'lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o`zgartirmasdan turib, ongni o`zgartirib bo`lmaydi.

Ong va tafakkurni o`zgartirmasdan turib, biz ko`zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo`lmaydi”. Jamiyatni rivojlantirish uchun ongni, tafakkurni o`stirish, ong va tafakkurni taraqqiy ettirish uchun maktab, ta'lim jarayonini takomillashtirishg`oyasi mustaqillik sharoitidagi pedagogik fikrlashning yangicha mazmunini tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O`zbekistonda ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uni shaxsga - ta'lim jarayonining asosiy sub'ektlaridan biriga qaratish alohida ta'kidlab o`tiladi. Shu munosabat bilan ta'lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichida o`qituvchi va talaba o`rtasidagi munosabatlarning adekvat modelini qurish uchun talaba individual xususiyatlarini tahlil etishga yanada sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi.

Qayd etilgan muammolarni tadqiq etish qator shart-sharoitlarga bog`liq. Avvalo, ta'limda talabalar maqomini yangilash, ularni ta'lim jarayonining faol sub'ektiga aylantirish ehtiyoji tug`iladi. Binobarin, bu masala muammoning ikkinchi tomoniga, ya'ni talabaning ta'lim jarayoni sub'ektiga aylanish istagi va ehtiyojiga ham bog`liq.

1. Talabalarning o`quv fanlarini o`zlashtirishi jarayonida o`qituvchi faoliyati
Ta'lim jarayonida talabalarning o`quv-biluv faoliyatini motivlashtirishda o`qituvchi juda muhim o`rin egallaydi. Chunki u ta'lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi sub'ekt sifatida talabalarning o`quv-biluv faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi.

Ta'lim jarayonida talabalarning o`quv-biluv faoliyatini boshqarish va motivlashtirish juda ko`p omillarga bog`liq. Shunday muhim omillardan biri bu o`z predmetini qiziqarli qilib yetkaza olishdir.

Zero, qiziqish barcha psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur, iroda) ning kechishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. “Talabani tarbiyalash va ta'lim berish jarayonida o`quv qiziqishi ko`pqirrali ta'sirga ega bo`ladi: ham talabani mashg`ul qiluvchi, jonli ta'lim vositasi, ham talaba alohida xatti-harakatlarining kuchli motivi, ham talabaning yo`nalishini belgilaydigan qat'iy shaxsiy fazilat kabi ta'sir darajalariga ega bo`ladi”.

Xo`sh, o`quv-biluv qiziqishlarini shakllantirishning shart-sharoitlari nimalardan iborat? O`qituvchi qanday qilib ta'lim jarayonida uni shakllantirishi mumkin? O`quv-biluv motivlari doimiy ravishda takomillashib borishi uchun u nima qilishi kerak? Tajribali o`qituvchi o`qishga nisbatan ongli ijobiy munosabatni qanday qilib vujudga keltiradi?

Mahoratli o`qituvchi o`z talabalarida ijobiy o`quv-biluv motivlarini shakllantirish uchun quyidagilarga e'tibor beradi:

O`quv-biluv motivlari va o`quv predmetiga ijobiy munosabat talaba faol bo`lganda, yangi bilimlarni mustaqil izlash va kashf qilish, muammoli topshiriqlarni hal etish jarayoniga jalb etilganda rivojlantirilishi mumkin.

O`quv mehnati ham, xuddi boshqa mehnat turlari singari, xilma-xil bo`lsagina qiziqarli bo`ladi.

O`qitilayotgan o`quv predmetiga qiziqish paydo bo`lishi uchun yaxlit holda va alohida olingan bo`limlarining kerakligi, muhimligi va maqsadliligini tushunish alohida ahamiyatga ega.

Yangi o`quv materiali o`tilgan materiallar bilan qancha ko`proq aloqador bo`lsa, talaba uchun u shunchalik qiziqarli bo`ladi.

O`ta yengil yoki o`ta murakkab o`quv materiali talabada hech qanday qiziqish paydo qilmaydi. Ta'lim yetarli darajada murakkab, ammo talabaning kuchi yetadigan bo`lishi kerak.

Talabaning ishi qanchalik tez-tez tekshirilib, baholanib borilsa, uning uchun ishlash shunchalik qiziqarli bo`ladi.

O`quv materialining yorqinligi, hissiyligi, o`qituvchining jonli va hissiy yorqin muloqoti talabaga, uning o`quv predmetiga nisbatan munosabatiga juda katta kuch bilan ta'sir ko`rsatadi.

O`qituvchi har doim talabasining rivojlanish darajasi, uning xotirasi, diqqati, irodasi, maqsadga yo`nalganligi ustidan nazorat qilib boradi. Bunda nimaga asoslanadi? O`qituvchi o`z talabasi - inson haqida shoshib yomon fikrga borishi yoki uni ayblashi mumkin emas. Uning bosh vazifasi – talabani barcha ko`rinishlarida o`rganish va tushunishga harakat qilishdir.

O`qituvchilik kasbi o`ylamasdan ish ko`rishni kechirmaydi. Talaba qalbiga chuqur kirib borish, uning ruhiyati va xarakterini anglab olish mahoratli o`qituvchiga xos bo`lgan xususiyatdir.

Ma'lumki, o`quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish darsdagi mos psixologik iqlimning yaratilishiga ham bog`liq. Darsda samarali psixologik muhitni qanday qilib o`rnatish mumkin? Eng avvalo sinfda talabaning xotirjam ishlashi uchun xalaqit beradigan, chalg`itadigan, uni g`ashiga tegadigan barcha narsalarni yo`qotishga harakat qilish kerak.

To`g`ri talab qo`yishning muhim omillaridan biri – bu muayyan pedagogik vaziyatni hisobga olishdir. Ya'ni o`qiuvchi u yoki bu talab shaklini tanlaganda o`sha talab qo`yiladigan sharoitni ham inobatga olishi muhimdir. Eng asosiysi – o`qituvchining talabi ijobiy, aniq, talabaning kuchi yetadigan va oxiriga yetkaziladigan bo`lishi kerak.

Darsda talaba o`quv predmeti va tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni faol anglab boradi, shuningdek, talabada unga nisbatan muayyan munosabat ham shakllanadi. Ba'zi voqealar uni tashvishlantirsa, ba'zilariga nisbatan u loqayd bo`ladi, nimadir unga yoqsa, nimadirga nisbatan befarq bo`ladi, ba'zi o`qituvchilarni yaxshi ko`rsa, ba'zilariga chidashga majbur.

Psixologlar ijobiy his-tuyg`ularni faoliyatga yo`llovchi va ruhlantiruvchi buyuk kuch deb hisoblaydilar. Ta'lim jarayonida darsning hissiy-aqliy muhitini turli usullar bilan saqlab turish mumkin. Birinchidan, o`rganilayotgan o`quv materialining yoki qo`shimcha materialning mazmunidagi qiziq ma'lumotni berish orqali.

Ikkinchidan, darsda u yoki bu kashfiyotlar haqida gapirib berish; inson aql-zakovatining cheksiz imkoniyatlari haqidagi hikoyalar; mashhur kishilarning hayotiga oid qiziqarli ma'lumotlarni keltirish orqali.

Darsda hissiy-aqliy muhitni saqlab turishning uchinchi yo`nalishi bu talabalarni ular uchun qiziqarli bo`lgan ijodiy faoliyatga yo`llashdir. Buning uchun darsda turli xildagi muammoli vaziyatlarni yaratish muhim ahamiyatga egadir. Muammoli vaziyat qandaydir tanish narsani o`girib, uning yangi tomoni ko`rsatib qo`yilganga o`xshash holatdir.

Ana shu kutilmagan, talabani hayratga soladigan holat o`qituvchining keyingi tushuntirishi uchun juda muhimdir. Va nihoyat, talabalarning ijobiy his-tuyg`ularini nazarda tutadigan to`rtinchi yo`nalish o`qituvchining o`quv materialiga nisbatan hissiy munosabatini ifodalash shakli bilan bog`liqdir. Shunday bo`ladiki, o`qituvchi butun darsni juda yaxshi rejalashtirib chiqsa ham, dars yaxshi o`tmaydi.

Yosh o`qituvchilar shuni unutmasliklari kerakki, o`quv materialining jonli, hissiy boy, obrazli qilib ifodalanishi talabalarni ham shu bilimlar bilan “kasallantiradi”, ya'ni ularni ruhlantiradi.

2. O`zlashtirishning reyting tizimi
Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir fan bo`yicha talabaning semetsr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Yakuniy nazoratga -30 ball;

Joriy va oraliq nazoratlarga -70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha yakuniy davlat attetsatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magitsratura talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magitsrlik dissertatsiyasi bo`yicha o‘zlashtirish darajasi-100 ball tizimida baholanadi.

Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o`rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:

a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:



  • xulosa va qaror qabul qilish;

  • ijodiy fikrlay olish;

  • mutsaqil mushohada yurita olish;

  • olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;

  • mohiyatni tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga olish.

b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • mutsaqil mushohada yurita olish;

  • olgan bilimlarni amalda qo`llay olish;

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega bo`lish.

v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • mohiyatni tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega bo`lish.

g) quyidagi qollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:

  • aniq tasavvurga ega bo`lmaslik;

  • bilmaslik.

Ma'lumki, ta'lim tizimida talabalarning bilimini baholash ular tomonidan bajarilgan ma'ruza, amaliy, seminar, laboratoriya va mustaqil ta'limda beriladigan topshiriqlar va vazifalarni qay darajada bajarilishiga qarab belgilanadi.

Quyida oliy ta'limda talabalar tomonidan o`qitish shakllarida beriladigan topshiriqlarga to`xtalib o`tamiz.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar nazariy materiallarni mustahkamlaydi. Bunda yakka tartibda, guruh va jamoaviy shakllardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning erkin va ijodiy fikrlashiga sharoit yaratish muhim.

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


  • darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

  • tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruza qismini o’zlashtirish;

  • o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;

  • fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;

  • talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish;

  • yangi texnika, jihozlar, keng ko’lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish.

Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Laboratoriya ishlari talabalarda nazariy ma'lumotlarni chuqurroq o`rganishga, pedagogik tahlil va tadqiqot qilish bo`yicha amaliy ko`nikma va malaka hosil qilishlariga xizmat qiladi.

Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Seminar mashg‘ulotlari talabalarda Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanini chuqurroq o‘rganishga ,pedagogik tahlil va tadqiqot qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilishlariga xizmat qiladi.

Kurs loyihasini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo`llashda amaliy ko`nikmalar hosil qilishdir.

Kurs loyihasi mavzulari fanning mazmun mohiyati bilan bog`liq holda beriladi. Kurs loyihasining mavzulari umumiy talablar sonidan 20-30% ko`proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.


3. O‘quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati
Ta’lim tashhisi mohiyati haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak.

Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham qaraladi.

Didaktik tashhisning maqsadi o‘quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog‘liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, tashhis ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi.

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Avval bo‘lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning:

Ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat ko‘rsatkichi, yoki;

U yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.

Ta’limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug‘ilishini buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi. U pedagoglarni o‘zlari ega bo‘lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan.

Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo‘lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo‘lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o‘ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lishi o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi lozim.

Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O‘quvchilarning o‘quv mehnatini rag‘batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to‘plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi.

Tashhislash tizimida baho rag‘batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashhislash natijalari shaxsning yetuklik darajasini belgilashga ko‘maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o‘tmishda o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.

Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.

Nazorat tushunchasi ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, o‘lchash va baholashni anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ham ataladi.

Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.

Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli.

Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o‘rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.

Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi.

Tizimning to‘rtinchi bosqichi – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish.

Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni tashhislashdir.

Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida) ham oladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi.

O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi.

Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.

Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B-A-T yuz foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:

B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;

A – amalda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi;

T – o‘zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘liq hajmi.

Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baho) bu o‘rinda 100 foiz – axborotni to‘liq o‘zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud emasligi o‘rtasida bo‘ladi. Ma’lumki, baholash funksiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho – pedagog ixtiyoridagi o‘qish, ijodiy motivatsiyani rag‘batlantirish, shaxsga ta’sir ko‘rsatish vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o‘quvchilarda adekvat o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o‘quvchilar o‘quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi.

O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:



  • o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;

  • har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida xulosa chiqarish;

  • o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;

  • o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.

Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:

4. Test shakllari va ulardan foydalanish


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to`g`risida»gi qarori O`zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo`lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o`rin olgan test usuli mamlakatimiz ta'lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko`rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masala darajasiga ko`tarilganligining yaqqol dalilidir.

Pedagogik testlar AqSh, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro`yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo`lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog`lanish mavjud: testlarni qo`llash ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi; ta'lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog`liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.

Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo`lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga, test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo`yicha loyihanlangan tashhislanuvchi o`quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e'tiborga olib, bu bo`limda testshunoslik tarixi, test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma'lumot beriladi.

Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniya olimi J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo`llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo`nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik uslublar ham qo`llanila boshlandi. Bunday uslublar o`z navbatida test-larni ishlab chiqishga ijobiy ta'sir ko`rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o`quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo`nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo`llash hamda talabalarning o`qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo`ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo`llash sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda reaktsiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o`rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to`g`risida xulosa chiqarishga olib keladi.

Talabalarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga o`rganib ko`rilgan. Ch.Grin o`zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko`rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:


  • test sinovlari uchun mo`ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;

  • mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo`li bilan aniqlash;

  • talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o`rtacha tezligi to`g`risidagi amaliy ma'lumotlarni e'tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;

  • test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to`g`ri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish;

  • topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to`g`ri va noto`g`ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo`l qo`ymaslik.

Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o`rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to`g`risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o`rganish zarurligini ta'minlashda; talabalarni guruxlarga taqsimlashda; o`qitish jarayonida sodir bo`ladigan qiyin-chiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli nohiyalaridagi o`quv yurtlarida ma'lum yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo`llashi mumkin.

Shuni ta'kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o`tkazmasdan ta'lim berish mantiqsizdir, faqat testni qo`llash natijasidagina nazoratdan ta'limga yo`naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va qanday yo`nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma'lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta'limni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari haqida qonun qabul qildi.

Unda, xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo`yicha o`qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o`tishlari ko`zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Frantsiyada o`qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi qiziqki, Frantsiya to`qson yillik test an'analariga ega bo`lgan davlatdir.

O`tgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir gurux sotsial-psixologlari AqShda test o`tkazishning zamonaviy ahvolini o`rganishga bag`ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi AqSh o`quv yurtidagi testlarni keng miqyosda qo`llash sabablarini aniqlash edi.

Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo`yicha sinovdan o`tmasdan, boshqacha yo`l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko`tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog`lanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:

1) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish;

2) ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar iste'dodlarni taqdirlashga intilish;

3) amerikaliklarni milliy ta'lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari.

Insoniyat erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi.

AqShda to`rt yuzdan ortiq markaz o`zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. Shuningdek, testlarni tuzish va ularni qo`llash bo`yicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar.

1992 yilda ular AqShdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yo`nalishlari ro`yxatida 8-o`rinni egallaydilar. O`ta qadrlanadigan ixtisosliklar - tizimlar bo`yicha tahlil, marketing, sog`liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va kompyuter texnologiyasi esa, tegishli tarzda 15-20-o`rinlarga joylashtirilgan.

Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari hamda psixologlarining talabalar bilim-ko`nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy yutuqlari ham inkor etildi. Shuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi.

Yuqorida ta'kidlaganidek, mustaqil O`zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo`lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o`rta ma'lumot yakunida, oliy o`quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo`llanila boshlandi.

Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, o`lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o`lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda.

Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo`lib, ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me'yor bo`lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko`rsatadilar.

Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:



  • test topshiriqlari o`quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o`zida nazorat qilinadigan o`quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);

  • hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;

  • talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;

  • test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo`lgan shkala yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo`yishga imkon beradi (reyting);

  • o`qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;

  • boshlang`ich darajasini va har qanday vaqt oralig`ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o`lchashga sharoit yaratiladi;

  • test nazorati kompterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O`quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o`z ifodasini topadi.

Umuman olganda test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o`zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o`qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o`quv dasturini chuqur va har tomonlama o`zlashtirilishini ta'minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AqShda munosib baholangan.

Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo`llashi bo`yicha AqSh tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarga yoyilgan.

Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. Shuning uchun ham, AqShda testning yuqori sifatini ta'minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan] Bu tashkilot test o`tkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test o`tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini belgilash masalalari bilan shug`ullanadi.

Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo`yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo`yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar bo`yicha o`qituvchilar xizmat qiladi.

Testlar EHMda ishlanadi va sinaladi. Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo`ysunadigan 5000 test punktlari mavjud. Test o`tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o`tkaziladigan o`quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test o`tkazish bo`yicha yo`llanmalar yuboradi.

Bu misoldan ma'lumki, testlashni samarali o`tkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo`yicha nazariya va amaliyotni o`zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog`liq.


UMUMIY XULOSALAR

Ta'lim jarayonida o`zlashtirishni tekshirish va baholashda o`qituvchi juda muhim o`rin egallaydi. Chunki u ta'lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi sub'ekt sifatida talabalarning o`quv-biluv faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi.

O`qituvchining o`z talabalari oldiga qo`yadigan talablari ham unda o`quv-biluv motivlarining shakllanishiga katta ta'sir ko`rsatadi. Talab qilish metodikasini puxta egallagan o`qituvchilar o`z talablari bilan avvalo talabalarning alohida xatti-harakatlarini stimullashtirib boradilar.

Ma’lumki, baholash funksiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho – pedagog ixtiyoridagi o‘qish, ijodiy motivatsiyani rag‘batlantirish, shaxsga ta’sir ko‘rsatish vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o‘quvchilarda adekvat o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o‘quvchilar o‘quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi.

Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining qanday darajada ekanligini aniqlashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o‘qituvchining o‘quv metod hamda usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.

O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

  1. O`zbekiston Respublikasi “Ta'lim to`g`risida”gi Qonuni. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq, 1997. -20-29 b.

  2. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq, 1997. -32-61 b.

  3. O`zbekiston Respublikasida oliy o`quv yurtlari uchun talabalarni test usulida saralash to`g`risida. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 1993 yil 5 fevral (Namangan haqiqati 1995 y. 6 fevral).

  4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining «O‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasini baholashda ko‘pballi reyting tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish haqida»gi 121-sonli Buyrug‘i. Ta’lim taraqqiyoti j., 2002. № 4.

  5. «Umumiy o‘rta ta’lim muassasa (maktab)larida o‘quvchilarning bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida»gi muvaqqat Nizomi Ma’rifat g., 2002 yil, 5 avgust.

  6. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild.-T.:O`zbekiston, 1999.-413 b.

  7. Allayorov I.A. Didakticheskie osnovo` aktivnogo obucheniya upravlencheskim distsiplinam. –T.: Fan,1994. – S. 102.

  8. Vo`gotskiy L.S. Pedagogicheskaya psixologiya. –M., 1996. – S. 84.

  9. Ortikova L., Ferelov V. Kak razrabotat shkolnыy reyting // G. Uchitel Uzbekistana. 1997 god, 8 oktyarya.

  10. Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X.To‘xtaxo‘jaeva tahriri ostida. – T.: Moliya-iqtisod, 2008.

  11. Rыjkov V.N. Didaktika. – Moskva, YuNITI-DANA, 2004. – 318 s.

  12. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. – 172 b.

  13. Zaripov K.Z. Pedagogicheskaya diagnostika v sisteme neperero`vnogo povo`shenie kvalifikatsii uchiteley. Avtoref. diss. … dokt. ped. nauk. – T. 1990. – s 35.

  14. Usmonova M. N. Pedagogicheskie testirovanie: istoriya razvitiya i sovremennoe sostoyanie. T.: Adolat. 1995. - 160 s.

  15. Farberman B.L. Sostavlenie pedagogicheskix testov. T.: TADI. 1992. - 74 s.

  16. Ferelov V. Shkolnomu reytingu – prochnuyu osnovu //G. Uchitel Uzbekistana. 1997 god, 3 dekabrya.

  17. Yo`ldoshev J.g`. Ta'lim yangilanish yo`lida. –T.: O`qituvchi, 2000.–224 b.

  18. Yo`ldoshev J.g`., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. qo`llanma. –T.: O`qituvchi, 2004. – 104 b.

  19. Shaygaydullina O.D. Reytingovaya sistema kontrolya kachestva obucheniya uchaщixsya. – Toshkent, O‘qituvchi, 1998.

  20. www.de.uz-Masofaviy ta'lim tizimiga bag`ishlangan veb sayt.



Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish