4 ma‟ruza. TO‟G‟RI CHIZIQ VA TEKISLIK
4.1. Tekislikka parallel to‟g‟ri chiziq.
4.2. Tekislikka perpendikulyar to‟g‟ri chiziq.
4.3. To‟g‟ri chiziq bilan xususiy vaziyatdagi tekislikning kesishishi.
4.4. Xususiy vaziyatdagi tekislik bilan umumiy vaziyatdagi tekislikning
kesishishi.
4.5. To‟g‟ri chiziq orqali xususiy vaziyatdagi tekislik o‟tkazish.
4.6. To‟g‟ri chiziq bilan umumiy vaziyatdagi tekislikning kesishishi.
4.7. Ikkita umumiy vaziyatdagi tekislikning kesishishi.
Tayanch so‟z va iboralar: parallel to‘g‘ri chiziq, perpendikulyar to‘g‘ri chiziq,
teksilik, tekisliklarning o‘zaro kesishishi, tekislik bilan to‘g‘ri chiziqning kesishishi
4.1. Tekislikka parallel to‟g‟ri chiziq
To‘g‘ri chiziq tekislikka nisbatan quyidagi vaziyatlarda bo‘lishi mumkin:
tekislikda yotishi, tekislikka parallel, tekislikka perpedikulyar bo‘lishi va tekislik
bilan kesishishi.
Geometriyadan ma‘lumki, to‘g‘ri chiziq tekislikda yotgan ixtiyoriy to‘g‘ri
chiziqqa parallel bo‘lsa, u holda to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel bo‘ladi.. D (D
1
, D
2
)
nuqta orqali berilgan AVS (A
1
V
1
S
1
, A
2
V
2
S
2
) uchburchak tekislikka parallel to‘g‘ri
chiziq o‘tkazish talab etilsin (4.1 shakl)
AVS uchburchakda ixtiyoriy VK (V
2
K
2
va V
1
K
1
) to‘g‘ri chiziq kesmasi
o‘tkazamiz, D (D
1
, D
2
) nuqta orqali m to‘g‘ri chiziqni shu kesmaga parallel qilib
o‘tkaziladi, ya‘ni m
2
// K
2
V
2
va m
1
// K
1
V
1
. D nuqta orqali AVS uchburchak
tekisligiga son sanoqsiz ko‘p parallel to‘g‘ri chiziqlar, shuningdek tomonlariga
shunday parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish mumkin.
Agar D nuqta orqali AVS uchburchakka va frontal proektsiya tekisligiga
parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish talab etilsin. Bu vaziyatda uchburchakka va V
proektsiya tekisligiga faqat bitta parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. Buning
uchun uchburchakda f (f
1
, f
2
) frontal, D (D
1
, D
2
) nuqta orqali frontalga parallel n (n
1
,
n
2
) to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi (4.2 shakl).
4.1 shakl 4.2 shakl
Izlari bilan berilgan R tekislikka parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun R
tekislikda ixtiyoriy to‘g‘ri chiziq yoki gorizontal (frontal), so‘ngra D (D
2
, D
1
) nuqta
orqali to‘g‘ri chiziq proektsiyasini o‘tkazish talab etiladi. R tekislikda olingan to‘g‘ri
chiziqning proektsiyalari mos ravishda parallel bo‘ladi (4.3 shakl).
a) b)
4.3 shakl
4.3 a shaklda R tekislikda ixtiyoriy MN (M
1
N
1
, M
2
N
2
) to‘g‘ri chiziq, D nuqta
orqali m (m
1
, m
2
) to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan, tekislikda olingan to‘g‘ri chiziqning bir
nomli proektsiyalari kesma proektsiyasiga parallel, ya‘ni m
1
// M
1
N
1
, m
2
// M
2
N
2
.
4.3 b shaklda R tekislikda h (h
1
, h
2
) gorizontal, D
1
nuqta orqali esa h
1
parallel
n
1
va D
2
nuqta orqali h
2
ga parallel n
2
to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan, n
1
// h
1
va n
2
// h
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |