10.21-rasm
10.5.8. Silindr bilan silindrning o„zaro kesishish chizig„ini yasash. Silindr bilan
silindr sirti o‗zaro kesishib, fazoviy egri chiziq xosil qiladi. Bu silindrlarning to‗g‗ri
chiziqli yasovchilari orqali o‗tgan kesuvchi yordamchi tekisliklar dastasi o‗zaro
parallel bo‗lib, xosmas o‗qqa ega bo‗ladi. Bunda yordamchi tekisliklar dastasining
yo‗nalishi berilgan silindrlar yasovchilariga parallel bo‗lgan yo‗naltiruvchi tekislikni
aniqlaydi va bu tekislik parallelizm tekisligi deb yuritiladi. Berilgan silindrlarning
o‗zaro vaziyati 10.1-jadvaldan aniqlab olinadi. 10.22–rasmda ikki silindr sirti
kesishish chizig‗ining 1,2,3,4 nuqtalarini yasash ko‗rsatilgan. Bu nuqtalar
Q
tekislikka parallel bo‗lgan ixtiyoriy yordamchi va ikki silindrni kesuvchi
P
tekislikni
o‗tkazish yo‗li bilan yasalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |