Korreksion-tarbiyaviy ishlar - shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga
ko‘ra umumiy pedagogik ta‘sir ko‘rsatish chora-tadbirlari
tizimi.
Ko‟nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish
qobiliyati.
Ko‟rgazmali metodlar - predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy
holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda
qo‘llaniluvchi usullar.
Lisey (kollejda) ma‟ruza – o‘quv materialini o‘quvchilarning idrok etish
faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli
og‘zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning
sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki loyiha
ko‘rinishida yozib olish) va boshqalar.