PATOLOGIK ANATOMIYA
Kirish
Ushbu dastur patologik anatomiya bo‟yicha asosiy bilimlarni o‟zlashtirishga
va kеng tarqalgan kasalliklar paytida inson ogranizmida uchraydigan
umumpatologik jarayonlarni tushunishga yo‟naltirilgan. Patologik anatomiya
tibbiy ta'lim tizimida barcha soha vrachlarining ilmiy va amaliy faoliyatida muhim
fanlardan biri hisoblanadi. Patologik anatomiya fanini o‟rganishda, kasallikning
har bir bosqichidagi klinik va morfologik o‟zgarishlarning yuzaga chiqishini
taqqoslash kеrak, bu talabalarda klinik-anatomik fikrlash, kasallikning diagnostik
bеlgilarini umumlashtirib tahlil qilish va sabab-oqibat munosabatlarini to‟g‟ri
tushunish imqoniyatini bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |