2 . Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro paktlar xalqaro billning qismi sifatida.
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida inson shaxsining qadr-qimmati (muqaddima) va har bir kishining yashash huquqi (3-modda) e’lon qilingan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Paktda bu huquqning daxlsizligi, uning qonun bilan himoya qilinishi va o‘zboshimchalik bilan yashash huquqidan mahrum etish mumkin emasligiga e’tibor qaratilgan (6-modda). 0‘zbekiston Konstitutsiyasining 24-moddasida ana shu qoidalar o‘z ifodasini topgan1.
Konstitutsiyada yashash huquqi ilk bor mustahkamlangan. Insonning tabiiy huquqi (yashash huquqi) va uni himoya qilish davlat hamda barcha jamoat tuzilmalari faol harakatlarining keng doirasini, har bir mavjud inson turmushining xavfsiz ijtimoiy va tabiiy muhitini, turmush sharoitini o‘z ichiga oladi. Mazkur huquqning ana shu jihatlari sog’liqni saqlash, sog'lom turmush tarzi, munosib turmush sharoitlari bilan chambarchas bog'lanib ketadi. Uni amalga oshirish kafolati davlat zimmasiga bir qator majburiyatlarni yuklaydi. Jumladan, urishlardan, ijtimoiy va milliy nizolarni harbiy yo‘l bilan hal etishdan voz kechish, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga, qonunsiz qurol va ularni tarqatishga qarshi izchil kurash olib borishdagi davlat siyosati shunday omillar jumlasiga kiradi. Zarur tibbiy yordam ko'rsatish, tez yordam xizmati, giyohvandlikka qarshi kurash kabi tadbirlar ham bu o‘rinda muhim ahamiyatga ega2.
Insonning yashash huquqini ta’minlash, shuningdek, inson yashaydigan tabiiy muhitni saqlash va tiklash bilan to‘g‘ridan-to‘g’ri bog'liqdir. Bularni ikki guruhga ajratish mumkin: 0‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga taalluqli umumiy hamda har bir shaxsga daxldor yakka tartibdagi majburiyatlar.
Umumiy majburiyatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
urushni xalqaro mojarolarni hal etish vositasi deb bilmaslik va unda qatnashmaslik;
atrof-muhitni himoya qilish;
o‘lim jazosini favqulodda jazo chorasi deb e’lon qilish;
barchaga barobar va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Alohida majburiyatlar esa bir qator aniq holatlarni. ya’ni inson hayoti va sog’ligiga tajovuz qiladigan harakatlarni jinoiy harakat deb tan olish hamda ularni amaldagi qonunchilikda shu tarzda qayd qilinishiga daxldordir.
Inson hayoti — qonun tomonidan qo'riqlanadigan oliy ijtimoiy ahamiyatga molik qadriyatdir. Har bir shaxs yashash huquqiga ega bo’lib, hech kim uni o'zboshimchalik bilan yashash huquqidan mahrum etishi mumkin emas. Davlat o‘lim jazosini butunlay bekor etishga harakat qiladi. Bunday jazo shaxsga nisbatan nihoyatda og'ir bo’lganligi uchun uni faqat sud hukmiga muvofiq favqulodda holatlarda qo'llash mumkin. 2008-yil 1-yanvaridan boshlab mamlakatimizda jinoiy jazolash tizimidan o‘lim jazosining bekor qilinganligi respublikada olib borilayotgan huquqiy islohotlaming nechog'lik insonparvar ekanligidan dalolat beradi.
Insonning shaxsiy huquqlari doirasiga davlat tomonidan shaxsning sha’nini himoya qilish huquqi ham kiradi. Inson sha’nini hurmat qilish taraqqiy etgan jamiyatning ajralmas belgisidir. Uni kamsitish uchun hech narsa asos bo’lish mumkin emas. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt va uning Fakultativ protokoli BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 16 dekabr 1966 yilda bir ovozdan qabul qilingan. Bu hujjatlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va 1989 yilda qabul qilingan Ikkinchi Fakultativ protokol bilan birgalikda keng mashhurlikka ega bo'lgan Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro bill deb nomlanadi.
Paktlar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga asoslansada, ular tomonidan qamrab olingan huquqlar bir xil emas. Ikkala Paktda ham mustahkamlangan, Deklarasiyaga kiritilmagan eng muhim huquq bu o'zining tabiiy boyliklari va resurslaridan erkin foydalanish huquqini ham qambar olgan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidir3.
Do'stlaringiz bilan baham: |