Dars – deganda ma‘lum fanlardan, ma‘lum hajmdagi bilimlarning ma‘lum yoshdagi o’quvchilar
guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini
oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, yangi
pedagogik texnologiyalardan qo’llab dars o’tisho’quvchilarning tabiatshunoslikdan olgan bililmarini e‘tirof etish
o’quvchilarda tabiatshunoslikdan bilimlarni o’zlashtirishga yanada qiziqish uyg’otadai, ular bilimini
mustahkamlashga yordam beradi.
Dars — o’qituvchining sinf bilan olib boradigan ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishning asosiy shaklidir.
Darsda butun ta‘lim-tarbiya sistemasi, o’qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilar dasturga qat‘iyan muvofiq, o’qituvchi rahbarligida nazariy
bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar oladilar. Materialni o’quvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil
6
6
6
5
5
5
qurollardan foydalanib, o’qituvchi zarur tushuntirishlar beradi, o’qish kitobi bilan mustaqil ishlash, o’z
bilimlaridan amalda foydalanish uquvlarini singdiradi.
Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad — o’quvchilarning
kompleks tarbiyasi va ularga tushunarli bo’lgan bilimlarni bayon qilish, birlashtirishdir. O’qituvchi o’quvchilar
ishini shunday tashkil qilishi kerakki, ular shu darsda o’rganiladiganlarni ilgari o’tilganlar bilan bog’lanishini
tushunsinlar, materialni ongli o’zlashtirsinlar.
Dars o’tishda o’qituvchi o’quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishga, ularda jonli qiziqish
uyg’otishga intilishi kerak. Bu faqat darsga tayyorlanishda qiziqarli, mamlakatimiz hayoti bilan bog’liq bo’lgan,
o’quvchilarga yaqin bo’lgan materialdan foydalanilganda bo’lishi mumkin. Darsga tayyorlana turib, faqat yangi
mavzu mazmuninigina emas, balki o’quvchilarning yoshi, rivojlanishi va tayyorgarligini, ilgari o’rganilganlarni
o’zlashtirish darajasi, olingan bilimlarning puxtaligi ham hisobga olinishi lozim.
Darsda ko’rgazmali qurol va tajribalarni namoyish qilish bilan boradigan hikoya, suhbat, amaliy ish
metodlari qo’llanilishi mumkin. Darsda har xil metodlarning qo’llanilishi yangi mavzuni to’liq va ravshan
yoritishga imkon beradi, o’quvchilarni kamroq charchatadi, ular faolligini oshiradi.
Dars ta‘lim jarayonida o’quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida
fikrlaydilar. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni
shaklanishiga olib keladi. Darsning tarbiyaiviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni bilangina
chegaralanib qolmasdan, balki o’quv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasida o’quv ishlarining turli xildagi shakllari qaror topgan. O’simlik,
hayvon va odam hamda tabiat taraqqiyotining qonuniyatlari o’rganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda
shu fanni o’qitish tizimining o’ziga xosligini belgilaydi. Tabiatshunoslikni o’qitishning asosiy shakli – darslarga
qo’shimcha holda maktab amaliyotida o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining boshqa
shakllari tarixan vujudga kelgan.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan o’quv jarayonida shu o’qitishning barcha shakllari asosiy shakl –
dars bilan o’zaro bog’liqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy ko’nikmalarni
rivojlantiradi. Tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy
metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish etadi. amaliy ishlarni bajarish yo’li bilan o’quvchilarni
ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi
o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini
ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik o’qitish metodikasida darslarni to’ldiruvchi maxsus
shakllar qo’llaniladi.
Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda,
o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. O’rganilayotgan materiallar tushunchalar yig’indisiga kiradi yoki ilgari
qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi. Ekskursiyalar
darslar bilan chambarchas bog’lanadi. Ekskursiyada ko’rilgan ob‘ektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi,
to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar ilgari olgan bilimlarini
qo’llab, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.
6
6
6
6
6
6
Darslarning uy vazifalari xususan eksperimental xarakterdagi tposhiriqlar bilan bog’liqligi aniq va
ravshandir. O’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lmagan tajribalar, kuzatishlar o’tkazadilar (masalan, uyda
daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo’laklarini yelimlaydilar, jadval to’ldiradilar, rasmini
chizadilar).
Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli
o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: tirik tabiat burchagidagi,
o’quv-tajriba maydonchalaridagi va tabiatda bajariladigan ishlarga oid topshiriqlar kiradi.
Tabiatshunoslik xonalarida va tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga
topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o’quv yili davomida berib boriladi. Tabiatshunoslik
fanining o’qitilishida o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning majburiy bo’lmagan
turli shakllari: individual, sinfdan tashqari, ijtimoiy foydali ishlar, yosh tabiatshunoslar to’garagining ishi,
ommaviy kechalar va boshqa tadbirlar keng qo’llaniladi. Sinfdan tashqari ish o’quv materiali asosida va unga
bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi, ammo
uni to’ldiradi va tabiat to’g’risidagi fanning kerakli tomonlarini ochib beradi.
Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida o’quvchilarning egallagan bilimlaridan,
ko’nikmalaridan bilinadi. Bu darsning uslubiy tugallanishiga qo’yilgan didiaktik masalalarni muvaffaqiyat bilan
yechishga imkon beradi va darsning mazmuni maqsadiga mos kelganligini ko’rsatadi.
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo’liklarga bo’lish, o’qitish usullarini tashlash, darsning turli
elementlarining o’zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi
(Yangi materialni o’zlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktik maqsadga qarab darsga vaqt ajratiladi. O’qitish
uslublari va darsning to’liq tuzilishi belgilanadi.
Maqsadi va mazmuni jihatidan har xil bo’lgan darslar turlicha sxemada tuzilishi mumkin. Odatda dars
quyidagicha sxemada tuziladi:
Tashkiliy qism (salomlashish, darsda yo’qlarni belgilash, ishga tayyorlanish).
Uy vazifasining bajarilishini tekshirish (o’quv qurollari va tajribalardan foydalanib, o’quvchilarga ma‘lum
bo’lganlarni so’rash).
Yangi materialni o’rganish: yangi mavzu bo’yicha kirish suhbati; amaliy ish; o’qituvchining hikoyasi yoki
o’quvchilarga ma‘lum bo’lgan faktlarga tayanuvchi yoki yangi narsalarni qarab chiqish bilan, darsda
o’rganilishi kutilgan hodisalar bilan bog’liq bo’lgan suhbat; narsa va hodisalarni o’rganish asosida xulosalar
chiqarish; dars davomida daftarlarga yozish va chizish; darsda olingan bilimlarni mustaxkamlash bo’yicha
darslik bilan ishlash; o’qitishning texnika vositalaridan foydalanish.
Darsda o’rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash. Bunda yangi material bilan ilgari
o’tilganlar o’rtasida bog’lanish o’rnatiladi, yangi mavzuni tushunib olish uchun zarur bo’lgan bilimlar
aniqlanadi.
Qiziqarli materiallardan (maqol, matal, topishmoq, tabiat to’g’risidagi asarlardan olingan parchalardan)
foydalanish.
Uyga vazifa berish.
6
6
6
7
7
7
Dars rejasi asosiy o’quv-rejalashtirish hujjatlaridan biri bo’lib, unda ta‘lim-tarbiyaviy maqsadlari, o’qitish
va tarbiyalash masalalari ko’rsatiladi hamda darsning tarkibi va elementlari, har bir elementga ajratilgan vaqt,
o’qituvchi tomonidan izohlanadigan o’quv materialining ketma-ketligi va mazmuni, mustaqil ishlarning xarakteri
va mazmuni, uy topshirig’i va boshqalar ifodalanadi. Rejaning asosiy maqsadi o’qitish jarayonini to’g’ri
rejalashtirishga va uning samaradorligini oshirishga yordam berishdir. Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni
tashkil etish bo’yicha o’qituvchi faoliyatining maqsadini aniqlash lozim.
Darsning maqsadi to’rtta:
ta‘limiy;
tarbiyaviy;
rivojlantiruvchi;
qiziqtiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |