9
9
9
5
5
5
o’simliklarning soniga muvofiq bo’lishi kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balansi
ta‘minlansin.
Akvariumda yashovchilarga doimiy parvarish zarur. Oziqni zoomagazindan sotib olish mumkin.
Baliqlarni ular shartli refleks hosil qilishi uchun muayyan vaqtda oziqlantirilishi kerak. Bolalar termometr
bilan o’lchab, suv haroratini tekshirib borishga o’rganishlari lozim.
Sudralib yuruvchilar va suvda ham quruqda yashovchilar uchun xilma-xil ko’rinish va katta-
kichiklikdagi terrariumlar quriladi. Odatdagi terrarium metaldan yoki yog’ochdan tayyorlangan yashik
bo’lib, yon va tepa devorlari shisha va to’rdan iboratdir. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish,
yon devor hamda tepasining to’rdan bo’lishi toza havo bilan ta‘minlash imkoniyatini beradi. Terrariumning
metall tagiga tuproq sepiladi, unga o’simliklar o’tqaziladi va suvli idish joylashtiriladi. Terrariumga unda
yashovchilarning yashirinib olishi uchun toshlar qo’yiladi. Suvga va quruqqa ehtiyojmand suv baqalari va
tritonlar uchun akvaterrarium, ya‘ni quruqlik oroli bo’lgan akvarium quriladi, uni akvarium tagiga tuproq
solingan va suv sathidan biroz ko’tarilib turadigan shisha banka qo’yib tayyorlash qiyin emas. Quruqlik
uchastkasini suv ostiga o’rnatish yoki suzuvchi qilish mumkin.
O’simlik va hayvonlar namunalarini yig’ish, kuzatishlar tashkil qilish. Jonli tabiat burchagining
aholisi (yangi o’simlik va hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi, unga qarab jihozlar tanlanadi. O’simlik va
hayvonlar to’plami tabiatshunoslik dasturiga qarab, o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi.
Barcha xona o’simliklari ularning nomlari, qachon va qaerdan olinganligi to’g’risida ma‘lumotlar yozilgan
etiketkalarga ega bo’lishlari zarur.
O’simliklardan avval shundaylarini tanlash kerakki, ular yordamida namlik, issiqlik, yorug’lik, suv
iste‘mol qilishdagi farqlarini, jumladan quruq iqlimga (kaktus, aloe), nam iqlimga (asparagus,
tradeskantsiya) moslangan o’simliklarni, tropik o’simliklarni (begoniya), mo’‘tadil iqlim o’simliklarini
(navro’zgul), yorug’lik sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (plyushch, aspidistra) o’simliklarni namoyish
qilish mumkin bo’lsin.
Keyin shunday o’simliklar tanlanadiki, ular, masalan, yorongul, fuksiya, begoniya, kaktus,
tradeskantsiya, elodeya, binafsha kabilarning har xil turlari yordamida turlicha tajribalar o’tkaziladi.
Tradeskantsiyada qalamchalar bilan ko’paytirishni namoyish qilish yax-shi bo’ladi. Begoniya, fuksiya,
yoronguldan ham foydalanish mumkin. Barglardan ko’paytirishni uzumbark, binafsha yoki begoniya reksda
ko’rsatish mumkin.
Jonli tabiat burchagida tajribalar o’tkazish uchun har xil madaniy o’simliklarning urug’laridan:
loviyaning quruq, ivitilgan yoki undirilgan urug’larida» (1-sinf), rediska, qizil lavlagi, sabzi urug’laridan (2-
sinf), pomidor va g’o’za chigitidan (3-sinf) keng foydalaniladi. Tajribalar tabiatshunoslik va qishloq xo’jaligi
mehnati dasturiga muvofiq o’tkaziladi.
Jonli tabiat burchagida hayvonlarning har xil turlari bo’lishi kerak. Barcha akvariumlarda
chig’anoqli mollyuskalar bo’lishi kerak, chunki ular akvarium devorlarini suv o’tlaridan tozalaydi va
atmosfera havosidan nafas olgani uchun akvariumdagi boshqa hayvonlar uchun zarur bo’lgan
suvdagi havoni
yutmaydi. Baliqlardan yashash sharoitlariga uncha talabchan bo’lmaganlarini, masalan, guppi, qilich baliq,
tilla baliq, to’rsimon dumli baliq, teleskop, kometa kabilarni saqlash yaxshi. Aylanchiq baliq, suv qandalasi
9
9
9
6
6
6
kabi suv havzalarining vakillarini alohida shisha bankalarda saqlash kerak., chunki ularni baliqlar yeb
qo’yadilar. Shuningdeq yirtqich hisoblangan gambuziyani ham alohida saqlash zarur.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida akvarium katta rol o’ynaydi, o’quvchilar suv hayvonlarining
harakatlanishini kuzatadilar, ularning tana qismlarini ko’radilar, qanday ov qilishlarini kuzatadilar. Baliqlarni
harakatda ko’ra turib, bolalar ularning harakat organlariga e‘tibor beradilar, baliqlar hayotida
rang qanday rol
o’ynashligini aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlarning ko’payishini kuzatishga alohida e‘tibor beriladi.
Kuzatishlar kundaliklarida tangabaliq lichinkalari va gambuziya chavoqlarining paydo bo’lishi va rivojlanish
muddatlari yozib boriladi. Akvariumda hayvonlardan tashqari o’simliklar (shoxbarg, urut, vodokras,
vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o’quvchilar dasturni o’tish davomida tanishib
boradilar.
Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o’quvchilari baqa va qurbaqaning rivojlanishini (itbaliq,
dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishini) ham kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni
solishtirishlari, tana qismlarini qarab chiqishlari, ularning tuxumlari qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq
rivojlanishini ko’radilar. Terrariumda o’quvchilar, shuningdek kaltakesak va toshbaqalarning xulq-atvori,
harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini kuzatishlari mumkin.
Tabiatshunoslik o’qituvchisi o’quvchilarning jonli tabiat burchagidagi o’simlik va hayvonlarni
sistemali ravishda parvarish qilib borishlariga, gullarni muntazam sug’orishlari, barglarni yuvishlari,
hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga erishish kerak. Buning uchun o’quvchilarning
navbatchiligi yo’lga qo’yiladi.
Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi
va u tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. Barcha ishlar reja bo’yicha ko’rilishi zarur, reja tuzishda
mavsumiylik printsipiga amal qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik tuziladi. Reja
tuzishda o’quvchilarning qiziqishlari, umumiy taraqqiyoti, shuningdek ishning uddalay olinadigan bo’lishi
hisobga olinadi. Rejada maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va shakllari ochib berilishi, amalga
oshirish metodlarini ko’rsatishi, o’quvchilar egallashi mo’ljallangan amaliy ko’nikmalar belgilangan bo’lishi
kerak. Ayrim mavzularni ham rejalashtirish mumkin. (Jonli tabiat burchagidagi ishlar rejasining taxminiy
shakliga qarang.)
Jonli tabiat burchagidagi ishlar rejasining taxminiy shakli
Mavzu
va ishning mazmuni
Mavzu bo’yicha
soatlar
Ishning boshlanishi
va oxiri
Amaliy ko’nikmalar
Bajarilishi uchun mas‘uliyatli shaxs
Ish rejasining bajarilishini maxsus jurnalda qayd qilib borish zarur. Jurnal sifatida umumiy daftar
xizmat qilishi mumkin, unda o’qituvchi o’quvchilar bajargan ishning hajmi va olingan natijalar ko’rsatiladi.
O’quvchilarning kuzatishlar kundaliklari hisobga olishning shaklidir, unda kuzatishlar qisqacha yozib
boriladi,
rasmlar chiziladi, quritilgan o’simliklar yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: