7
7
7
4
4
4
Bilim, uquv va ko’nikmalarni kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek yangi materialni qabul qilib
olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi.
Masalan, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlar (ko’p yillik gulli — manzarali
o’simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo’lish yo’li bilan ko’paytirish, rezavor meva butalari va meva
daraxtlarini qishga tayyorlash, xona o’simliklarini o’tqazish va ko’paytirish, qulupnay ko’chatlarini
o’tqazish, tuproqni yumshatish va h. q) yoki tabiatdagi o’simlik zararkunandalari bilan tanishish.
Bu tipdagi darslarda ekskursiyalar yoki tabiiy ob‘ektlar ustidan uzoq kuzatishlar jarayonida
o’zlashtirilgan bilimlarni qayta tiklash maqsadida ilgari o’quvchilar tayyorlagan albomlardan, surat, jadval,
diafilmlardan foydalanish mumkin.
Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy ob‘ektlar bilan bevosita ishlaydilar
va tabiat jismlari hamda hodisalari to’g’risida muayyan aniq bilimlar yig’indisini oladilar. Shu maqsadda
ular narsalarni qarab chiqadilar va taqqoslaydilar, ulardagi tarkibiy qismlarni, umumiy va tafovut qiladigan
belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o’rganish umumiy tarzda yoki
rypyhlap bo’yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchilikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta
imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriya ishi uquvlarini oladilar, chunki darsda o’tkaziladigan
ish element tadqiqiy xarakterda bo’lishi kerak. Unda bolalar o’rganilayotgan ob‘ektlarning belgi va sifatlarini
taqqoslaydilar, murakkab bo’lmagan tajribalar o’tkazadilar. Predmetli darslarda mustaqil ishlarning salmog’i
eng ko’p bo’lishi kerak.
Predmetli darslarni o’tishga o’qituvchi puxta tayyorlanishi kerak. Tarqatma materiallar o’quvchilar
soniga to’g’ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yig’ilgan tabiat ob‘ektlari (daraxt va butalarning
quritilgan yoki to’kilgan barglari, meva va urug’lar kollektsiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar)
dan foydalanish mumkin. Shu maqsadda foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti
— bahorgi va yozgi ta‘til kunlaridir. Ko’p bolalar yozda sanatoriya, lagerlar va shu kabi joylarga boradilar.
Ularga tabiatshunoslik kabineti uchun tabiiy material yig’ib kelish topshirilib, bu imkoniyatlardan
foydalanmoq zarur. Biroq bunda o’quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o’simlik hamda hayvonlarga
ehtiyotlik munosabatda bo’lish zarurligini esda tutishlari lozim.
2-sinf dasturida predmetli darslar mo’ljallangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi
o’simliklarda ildiz, poya, barg, gul, meva va urug’larni taniy olishga o’rganadilar, qishda o’simliklar
hayotini, urug’lardan o’simliklar rivojlanishini (ilgari qo’yilgan tajribalar asosida) kuzatadilar va h. 3-sinfda
bolalar foydali qazilmalar, dala ekinlari to’g’risida boshlang’ich ma‘lumotlar oladilar.
Garchi 3-sinf o’quvchilari 2-sinfda hosil qilingan predmetli darsdagi ba‘zi ish tajribasiga ega
bo’lsalar ham, ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib
borish, ularni qanday qayd qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqida maxsus yo’l-yo’riqlarga
muhtoj bo’ladilar.
Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- dars
mavzusi va maqsadini bildirish;
- ish planini doska va daftarlarga yozish;
7
7
7
5
5
5
- tarqatma material bilan mustaqil ishlash;
- ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilayotgan ob‘ekt xususiyatlarini ta‘riflash, uni ilgari
o’rganilgani bilan
taqqoslash, qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash);
- daftarlarga yozuvlar qilish va rasmlar chizish;
- bilimlarni mustahkamlash va baholash.
O’quv tajriba uchastkasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarnigina emas, balki
aniq uquv va ko’nikmalarni egallashda ham o’quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi. O’quv-tajriba
maydonchasidagi darslar tabiat ob‘ektlarini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, o’simliklarni parvarish qilishga,
qishloq xo’jaligi ish qurollari bilan ishlashga o’rgatish imkoniyatini beradi. Bu darslarning bosh didiaktik
maqsadi mehnatsevarlikni tarbiyalash bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilish elementlari –
tashkiliy qism, o’qituvchilarning yo’l-yo’riq berishi, o’quvchilarning mustaqil ishlashidir.
O’quv-tajriba maydonchasidagi mashg’ulotlar rejasini keltiramiz:
- darsning vazifalari;
- darsga
tayyorlanish;
- darsni jihozlash;
- dars o’tishni tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli
savollar qo’yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o’qituvchining tushuntirishi, o’qituvchining ish
uslublarini ko’rsatishi, suhbat, ko’rsatilgan uslublarni o’quvchilar tomonidan takrorlanishi, butun sinf bilan
amaliy ish bajarilishi, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish);
- yakuniy suhbat.
Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o’qituvchi
o’quvchilarga barcha ish qurollarini to’plashni, ularni tozalab, ko’rsatilgan joyga qo’yishni taklif qiladi. Bir
qism vaqt o’quvchilarning o’zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo’llarini
sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi.
Darsni muvaffaqiyatli o’tishi va qat‘iy intizomga erishish uchun o’qituvchi yana ish boshlangungacha
har bir o’quvchiga u mehnat qiladigan uchastkani ko’rsatadi, shuningdek kerakli individual ish qurollarini va
ekish materialini beradi, har bir o’quvchi ish bilan band bo’lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi
va baholanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: