Qo`shilgan qiymat solig’I tulovchilar va soliq solish ob`yekti.
Qo`shilgan qiymat solig’i tovarlar ishlab chikarish, ularni realizatsiya kilish, import kilish
jarayonida Qo`shilgan qiymatlar bir kismini byudjetga ajratishdir. qo`shilgan qiymat solig’i
tulovchilar bulib hisobda turgan yoki hisobda turishi shart bulgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Tovarlarni import kilayotgan yuridik shaxslar tovar kiymatidan Qo`shilgan qiymat solig’i tulovchi
hisoblanadi. qo`shilgan qiymat solig’i solish ob`yekti bulib, tovarlarni realizatsiya va import kilish
oboroti hisoblanadi. Realizatsiya bo’yicha soliq solinadigan oborot mikdori realizatsiya kilinadigan
tovarlar kiymati asosida kullaniladigan narxlar va tariflardan kelib chikib, Aksiz solig’ini hisobga
olgan xolda ularga Qo`shilgan qiymat solig’ini kiritmasdan hisoblanadi.
Tovar (ishlar, xizmatlar) ayirboshlangan yoki tekin berilgan takdirda soliq solinadigan oborot
mikdori soliq tulovchida ayirboshlash yoki berish paytida tarkib tipgan narxlar darajasidan kelib
chikib, lekin amaldagi tarkibtopgan harajatlardan kam bulmagan mikdorda belgilanadi. Import
kilinadigan tovarlarga (ishlar,xizmatlar) solinadigan soliq mikdoriga tovarlarning bojxona xakidagi
konun xujjatlariga muvofiq belgilanadigan boj kiymati, shuning dek import kilishda kullaniladigan
Aksiz solig’i summasi kiritiladi.
Qo`shilgan qiymat solig’idan kuyidagilar ozod kilinadi:
1. Bank, sugurta tashkilotlari asosiy faoliyatidan bolalar maktabgacha tarbiya muassalalari,
bemorlar va kariyalarni parvarish kilishga doir xizmatlar, uzi etishtirgan kishlok xujalik
maxsulotlarini sotish.
2. Aloka tashkilotlarining pensiya va nafakalar tulash bo’yicha xizmatlari.
3. SHahar yulovchilar transportining xizmatlari (taksi va yunalishdagi taksidan tashkari).
4. Axoliga kursatiladigan uy –joy kommunal va uy –joydan foydalanish xizmatlari.
5. Xalk ta`limi soxasida ukuv ishlab chikarish jarayoni bilan boglik xizmatlar, shuningdek oliy
va urta maxsus ta`lim vazirligi ukuv yurtlaridan.
Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko`mitasi bilan birgalikda O`zbekiston
Respublikasining "Davlat soliq xizmati to`grisida"gi Konuni 7-moddasiga muvofiq ishlar (xizmatlar)ni
eksport va import kilishda ko`shilgan kiymat solig’iga tortish tartibini ma`lum kiladilar.
Eksport va import etkazmalarini soliqka tortishda (eksport va importni belgilashda) ish, xizmatlar
amalga oshirilgan joy belgilovchi hisoblanadi.
Ish (xizmat)larning amalga oshirilgan joyi deb kuyidagilar tan olinadi:
a) ko`chmas mulkning joylashgan eri, agar ish (xizmat)lar bevosita shu mulkka boglik bo`lsa.
Bunday ishlar jumlasiga kurilish, kurilish-montaj, tuzatish, ta`mirlash ishlari, ko`kalamzorlashtirish
ishlari va boshkalar kiradi;
b) ish (xizmat)lar xakikatda amalga oshirilgan joy, agar u ko`char mulk bilan boglik bo`lsa;
v) xizmatlar xakikatda amalga oshirilgan joy, agar madaniyat, san`at, ta`lim, jismoniy tarbiya
yoki sport soxalarida yoxud boshka turdosh faoliyat soxalari bo`yicha amalga oshirilgan bo`lsa;
g) yuk tashishlar xakikatda amalga oshirilgan joy, agar ish (xizmat)lar shu yuk tashishlar bilan
bevosita boglik bo`lsa. Bunda shu kabi ish (xizmat)larning amalga oshirilgan joyi deb barcha bosib
o`tilgan masofaning yarmidan ko`p kismi kaysi tomonning xududiga to`gri kelsa, o`sha tomon tan
olinadi;
d) xizmatlarni sotib oluvchining iktisodiy faoliyat yuritish joyi - agar xizmatni sotib oluvchi bir
davlatda, sotuvchi esa boshka davlatda joylashgan bo`lsa.
Mazkur bandning koidasi kuyidagi xizmatlarga nisbatan ko`llanadi:
* huquqlarni boshkaga o`tkazish, shu jumladan, akliy mulk ob`yektlarini va boshka nomulkiy
huquqlarni boshkalarga o`tkazish;
* maslaxat, yuridik, buxgalteriya, muxandislik, reklama xizmatlari, ma`lumotlarga ishlov berish
bo`yicha xizmatlar va axborot takdim etish hamda turdosh xizmatlar;
* xodimlarni takdim etish - agar xodimlar sotib oluvchining iktisodiy faoliyat ko`rsatish joyida
ishlaydigan xollarda;
* ko`char mulklarni ijaraga berish bo`yicha.
Mazkur tushuntirishning "a" - "d" bandlarida ko`zda tutilmagan ish (xizmat)larning amalga
oshirilish joyi sifatida bu ish (xizmat)larni bajaradigan xo`jalik yurituvchi sub`ektning iktisodiy
faoliyatni amalga oshirish joyi hisoblanadi. Agar ish (xizmat)larni amalga oshirish asosiy ishlarni
amalga oshirishga nisbatan yordamchi tusdan iborat bo`lsa, bunday yordamchi xizmatlarning amalga
oshirish joyi deb asosiy ish (xizmat)larning amalga oshirilish joyi hisoblanadi.
Ish (xizmat)ning bajarilish joyini tasdiklovchi xujjatlar:
* xorijiy shaxslar bilan kontraktlar;
* ish (xizmat)larning sotuvchisi va sotib oluvchisi tomonidan imzolangan dalolatnomalar,
ma`lumotnomalar yoki boshka xujjatlar;
* bajarilgan ish (xizmat)lar uchun xorijiy shaxs (shaxslar) tomonidan to`lov amalga
oshirilganligini tasdiklovchi to`lov xujjatlari.
Amaldagi konunchilikka muvofiq ish (xizmat)larni eksport kilishda kuyidagi tartib ko`zda
tutilgan:
ish (xizmat)larni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport kiluvchi (shu jumladan, MDX,
davlatlariga ham) korxonalar uchun, agar xukumatlararo tuzilgan kelishuvlarda boshka xolatlar ko`zda
tutilmagan bo`lsa, "nol’" stavkasi ko`llanadi.
Agar xorijiy xavo kemalariga xizmat ko`rsatish, (aeronavigatsiya xizmatlari ham shular jumlasiga
kiradi) bevosita O`zbekiston Respublikasi aeroportlarida va xavo makonida bajariladigan va ular erkin
almashtiriluvchi valyutada to`lanadigan xollarda ular eksport xizmatlariga tenglashtiriladi hamda "nol’"
stavkasi bo`yicha ko`shilgan kiymat solig’i to`lashi shart etib ko`yiladi. Ish (xizmat)larni import
kilishda ko`shilgan kiymat solig’iga tortish "O`zbekiston Respublikasi xududiga import kilinadigan
tovar (ish, xizmat)larga nisbatan KKSni ko`llash to`grisida"gi 520-son (1998 yil 6 noyabr’)
yo`riknomasiga muvofiq amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi xududiga ishlar, xizmatlarni
import kiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar ana shu import kilinadigan ishlar, xizmatlarga ko`shilgan
kiymat solig’i to`lovchilar hisoblanadi. Tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq respublika
xududiga import kilinadigan ishlar va xizmatlar ko`shilgan kiymat solig’i solinadigan ob`yekt
hisoblanadi. Import kilinadigan ishlar, xizmatlar bo`yicha ko`shilgan kiymat solig’i ishlar, xizmatlar
bajarilganligi dalilini tasdiklovchi xujjatlar (dalolatnoma, ma`lumotnoma yoki boshka xujjatlar) asosida
kuyidagi formula bo`yicha hisoblab chikariladi:
Ckks = S x N/100,
bu erda: Skks - ko`shilgan kiymat solig’i summasi;
S - dalolatnoma, ma`lumotnoma yoki boshka xujjatlarga ko`ra tasdiklanadigan, import
kilinadigan ishlar, xizmatlar kiymati;
N - ko`shilgan kiymat solig’ining foizlardagi stavkasi.
Realizatsiya kilinadigan joyi O`zbekiston Respublikasi bojxona xududi bo`lgan O`zbekiston
Respublikasi rezidentlari tomonidan import kilinadigan ishlar, xizmatlar import kilinadigan ishlar,
xizmatlar deb tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |