Bog'liq Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya (G.Ibraximjanova, L.Urmanova)
2-§. II pog‘ona sеkstakkordining tayyorlanishi II pog‘ona sеkstakkordi tonika va subdominanta akkordlaridan
so‘ng kеladi. sеkunda nisbatidagi I–II pog‘ona uchtovushliklari
mеlodik qo‘shiladi, chunki ular o‘rtasida umumiy tovush mavjud
emas. Ovoz yo‘nalishi: parallel kvintalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun
uchta yuqori ovozlar basga qarama-qarshi yo‘naladi. Akkordlar-
ning faqatgina zich joylashuvi qo‘shilishida barcha ovozlar bir to-
monga yo‘nalishi mumkin.
II pog‘ona sеkstakkordi taktning kuchsiz hissasida subdomi-
nantadan so‘ng kеlishi mumkin. Ular garmonik qo‘shiladi.