Turli obyektlar va jarayonlarni modellashtirish. Yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash. Vizuallashtirish va maxsus effektlar oʻrnatish.
Laboratoriya mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi
Vaqti: 4 soat
|
Talabalar soni: 12-15 nafar
|
Oʻquv mashgʻulotining shakli:
|
Laboratoriya mashgʻuloti
|
Laboratoriya mashgʻulotining rejasi:
|
1. Turli obyektlar va jarayonlarni modellashtirish.
2. Yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash.
3. Vizuallashtirish va maxsus effektlar oʻrnatish.
4. 3DS-MAX da klaviaturadan foydalanish
|
Oʻquv mashgʻulotining maqsadi: talabalarda ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlash, ularda amaliy koʻnikma va malakalar hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar
|
Oʻquv faoliyatining natijalari
|
1. Mavzu boʻyicha laboratoriya ishining maqsadi va topshiriqni bajarish tartibini tushuntirish.
2. Topshiriqlarni bajarishda koʻmaklashish, koʻnikma va malakalarni rivojlantirish.
3. Mustaqil topshiriqlarga e’tibor berish.
|
Talabalar
1. Mavzu boʻyicha laboratoriya ishining maqsadi va topshiriqlarni tushunib oladilar.
2. Topshiriqlarni bajaradilar, amaliy koʻnikma va malakalar hosil qiladilar.
3. Laboratoriya ishi va mustaqil topshiriqlarni topshiradilar.
|
Oʻqitish uslubu va texnikasi
|
Bahs-munozara, oʻzaro nazorat, aqliy hujum, (AKT).
|
Oʻqitish vositalari
|
Oʻquv-uslubiy majmua: laboratoriya ishi topshiriqlari, tarqatma materiallar, testlar, elektron darsliklar.
|
Oʻqitish shakli
|
Individual, kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi.
|
Oʻqitish shart-sharoiti
|
Proyektor va kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Laboratoriya ishlari, ogʻzaki soʻrov, kompyuterda amaliy ishlab natija olish, natijalar tahlili (baholash)
|
Laboratoriya mashgʻulotining texnologik xaritasi (22-23– mashgʻulotlar)
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
Pedagog
|
Talabalar
|
1 – bosqich: Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Talabalar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, laboratoriya xonasi va talabalarning darsga tayyorlik darajasi tekshiriladi.
1.2. Laboratoriya ishi topshiriqlarini beradi, mashgʻulotni oʻtish texnologiyasini, baholash turlari va mezonlarini e’lon qiladi.
|
Eshitadilar, laboratoriya ishi topshiriqlarini yozib oladilar.
|
2 – bosqich: Asosiy qism
(60 daqiqa)
|
2.1. Oʻqituvchi tarqatma materiallardan foydalangan holda laboratoriya mashgʻulotini davom ettiradi, ya’ni topshiriqlarni bajarish tartibini tushuntirgach, topshiriqlarni bajarishga kirishishlarini soʻraydi.
2.2. Talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladi, savol beradi va zarur hollarda yordam beradi.
2.3. Oldingi laboratoriya yoki mustaqil ishlarni va talabalar tayyorlagan laboratoriya yoki mustaqil ishlarni qabul qiladi, savol-javob qiladi, baholaydi.
2.4. Talabalarga mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha tushuncha va koʻrsatmalar beradi.
|
Tarqatilgan material bilan tanishib, guruhlarga boʻlingan holda mustaqil ravishda topshiriqni bajaradilar. Laboratoriya ishi va mustaqil ishlarni topshiradilar, savol-larga javob beradilar.
|
3 – bosqich: Yakunlash
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar diqqatini yakuniy xulosalarga qaratadi.
3.2. Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi. Mustaqil bajarishlari va mavzuni oʻzlashtirishlari uchun vazifalar beradi.
|
Topshirqni yozib oladi, bajarishga intiladilar
|
Ishning maqsadi: talabalarga Turli obyektlar va jarayonlarni modellashtirish; Yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash; Vizuallashtirish va maxsus effektlar oʻrnatish; 3DS-MAX da klaviaturadan foydalanishni oʻrgatish hamda ularda amaliy koʻnikma hosil qilish.
Laboratoriya mashgʻuloti materiallari:
Murakkab ob’ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qoʻyilgan ikki yoki undan koʻp shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan tuzilgan shakllar chiziq yoki sirt boʻlishi mumkin.
Dinamik ob’ektlar (dynamic objects) - ularga qoʻyilgan tashqi kuchlar ta’sirida harakatga keluvchi ob’ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob’ekt harakati dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi. Boshqa dasturlarda geometrik ob’ektlarni qurish va muharrirlashning shunga oʻxshash yoki ulardan farq qiluvchi usullari qoʻllaniladi.
Nogeometrik ob’ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini koʻrishni davom ettiramiz. Quyidagi ob’ekt turlarini qarash e’tiborga loyiq.
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda ishla-tiladi. Turli algoritmlar yorugʻlik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi: bir nuqta-dan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan yorugʻlik; yoʻnaltirilgan manbadan chiquvchi yoʻnaltirilgan nur. Bunda manbalardan chi-quvchi nur turli rangda boʻlishi, ma’lum masofadan keyin pasayishi shuningdek ob’ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |