Xossalar (Property Bar) paneli
Xossalar paneli – Свойства (Property Bar) satri asosiy uskunalar panelidagi maydonlar va tugmalar yig'indisi foydalanilayotgan asboblar yoki tanlangan obyektga bog'liq bo'ladi, masalan, asboblar satridagi matn bloki tanlanganda matnning parametrlari, xossalari ko'rsatiladi. Bunda tanlangan uskuna – asbob – ish quroliga tegishli xossalar, ya’ni qulayliklar, imkoniyatlar yaratiluvchi xususiyatlar namoyon boʻladi.
Asosiy uskanalar – asboblar (Toolbars) paneli
Ishchi maydonning chap qismida uskunalar-asboblar satri joylashgan. Asboblar satrini ekranning xohlagan joyiga va har xil ko'rinishda joylashtirish mumkin. Har bir uskuna – asbob – ish quroli alohida vazifa bajaradi. Ular bilan tanishamiz:
Нож – obyektning keraksiz qismini ajratish
Ластик – obyektning istagan qismini o‘chirish
Свабодная рука – erkin harakatlanuvchi qo‘l
Безье – ixtiyoriy shakldagi egri va to‘g‘ri chiziqli figurani chizish
Живопись – ixtiyoriy shaklni chizish
Перо – ixtiyoriy shakldagi egri va to‘g‘ri chiziqli figurani chizish
Интерактивного соединения – turli standart shakllarni chizish va ulash
Прямоугольник – to‘g‘ri turtburchak va kvadrat chizish
Заливка – obyektlar ichki chegarasiga fon berish
Контур – obyektlar tashqi chegarasiga fon berish
Полигон – koʻpburchak shaklidagi figuralar chizish
Спираль – spiralsimon shakllar chizish
Текст – turli koʻrinishdagi matn kiritish
Масштаб – koʻrinish oʻlchamlarini oʻzgartirish
Shuningdek, har bir belgili asbob-qurolning ichki qismida qoʻshimcha asboblar-qurollar yoki boshqa imkoniyatli asboblar-qurollar mavjud.
Masalaning qoʻyilishi:
a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
b) bеrilgan 2-topshiriqlarni har bir talaba oʻzi tanlash asosida amalda bajarsin.
1-topshiriqlar:
1. CorelDraw dasturi haqida tushuncha.
2. CorelDraw dasturini oʻrnatish tartibi.
3. CorelDraw dasturining ishchi muhit.
4. CorelDraw Graphics Suite 12 versiyasining dasturiy paketidagi komponentlari.
5. CorelDraw dasturining asosiy menyulari haqida ma’lumot berish.
2-topshiriqlar:
1. CorelDraw Graphics Suite 12 versiyasini oʻrnatish.
2. CorelDraw dasturining ishchi muhit.
3. CorelDraw dasturida yangi ishchi maydon hosil qilish.
3-ilova
3-topshiriqlar:
1. CorelDraw dasturining asosiy menyu bandlari, ular bilan ishlash.
2. Файл va Редактировать menyu bandlari buyruqlari.
3. Показать va Размещение menyu bandlari buyruqlari.
4. Компоновать va Эффекты menyu bandlari buyruqlari.
5. Текст va Инструменты menyu bandlari buyruqlari.
6. Окна va Помощь menyu bandlari buyruqlari.
7. CorelDraw muharriri qurollar paneli uskunalaridan foydalanish.
8. Shakl tanlash va chiziq, egri chiziq chizish qurollari va xossalari.
9. Shakl yoki ishchi maydon masshtabini oʻzgartirish qurollari va xossalari.
10. Turli xil shakl yaratish qurollari va xossalari.
11. Ranglar palitrasidan foydalanish, shakl va chiziqlarga rang berish.
4-ilova
4-topshiriqlar:
1. CorelDraw dasturining asosiy menyu bandlari bilan ishlash.
2. Berilgan tasvirlarni CorelDraw dasturida yarating.
3. CorelDraw dasturida chiziq, egri chiziq va turli shakllar yarating.
4. CorelDraw dasturida ranglar palitrasidan foydalanib, shakl va chiziqlarga rang bering.
Laboratoriya mashgʻuloti materiallari:
Do'stlaringiz bilan baham: |