1-topshiriq.
1. Tayyorgarlik bosqichi. Dastlab ishni boshlashdan oldin uslubiy ko’rsatmalar va tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishib, o’rganib chiqish.
2. Nazorat savollari.
1. 3DS MAX dasturi interfeysi uchun zarur bo’lgan asosiy elementlarni aytib bering.
2. Dasturning ishchi sohasi qanday tashkil etilgan?
3. Programma interfeysi o’rnatish oynasini qanday chaqirish mumkin?
4. 3DS MAX da interfeysning qanday komponentalarini o’rnatish mumkin?
5. Ixtiyoriy buyruqlarni klavishlar brikmasi yordamida qanday tayinlash mumkinligini tushuntiring.
6. Foydalanuvchining uskunalar paneli qanday yaratiladi?
7. Foydalanuvchining menyusi qanday yaratiladi?
2-topshiriq.
3DS MAX dasturini ishga tushiring. Barcha yuqorida keltirilgan asosiy interfeysi elementlarini diqqat bilan ko’rib chiqing. E’tiboringizni qaratgan bo’lsangiz monitorning ruxsat doirasi 1280x1024 dan kichik bo’lganda bosh uskunalar paneli ko’rinmasdan qolmoqda. Uni ko’rish uchun quyidagilarni bajaring: Sichqoncha tugmachasini panel sohasiga keltiring–sichqoncha ko’rsatgichi ko’l ko’rinishiga o’tishi kerak – va chap tugmachasini bosing,keyin, uni qo’yib yubormasdan ko’rsatgichni chapga siljiting – panel tashqariga ko’chadi va ko’rina boshlaydi.
3- topshiriq. 3D Studio MAX dasturi haqida tushunchalar bering.
4-topshiriq. Foydalanuvchi interfeysi haqida ma’lumot bering.
5-topshiriq.
1. Main menu (Bosh menyu)
2. Main Toolbar (Qurilmalar bosh paneli).
3. Viewports (proyeksiya ekrani)
4. Command Panel (buyruqlar paneli).
5. Lover Interface Bar (Interfeysning quyi qatori)
6-topshiriq.
3D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari:
- Geometrik ob’ektlar
- Splayn chiziqlar
- Poligonal ob’ektlar
- Beze sirtlari
- NURBS sirtlar
7-topshiriq.
1. Standart примитив – parallepiped (Box) va 4-х silindr (Cylinder) lar yordamida stol yarating. Buning uchun Top proyeksiyasida parallepipeddan foydalanib, stol ustini yarating. Uni X, Y, Z koordinatalarga nisbatan markazlashtiring. Parametrlarini oʻzingiz mustaqil ravishda oʻrnating. Soʻngra, nusxa olish va joylashtirish amallaridan foydalanib, silindr yordamida stolning oyoqlarini qoʻshing. Natijada, 7-rasm kabi tasvir hosil boʻlishi kerak.
{tezkor tugmalar: w – joylashtirish, siljitish, e – aylantirish, r – masshtabini sozlash, q – belgilash, tanlash, z – belgilangan, tanlangan obyektda yoki maydonda fokuslarini sozlash}
7-rasm. Stol tasviri
2. Примитив (Extended Primitives) yordamida kerakli holatga, yaxshiroq koʻrinishga keltirib, quyidagi koʻrinishda stol tasvirini yarating. Stul qoʻshing (8-rasm).
8-rasm. Kerakli koʻrinishga keltirilgan stol va stul tasviri
3. Plane (Flat-Bone) va Box uskunalariga asoslangan holda deraza bilan devor tasvirini qoʻshing. Boole operatsiyalaridan foydalaning.
4. Stolning markaziga choynak qoʻshing va stullarni stol atrofiga qoʻying. Guruhlash buyruqlaridan foydalanib, stulni dastlabki holda guruhlang: guruhlash lozim boʻlgan kerakli obyektlarni maydonda tanlang; menyudan Меню – Group – Group buyrugʻini bajaring; Group (Группировка) muloqot oynasidagi Group name (Название группы) maydonidan guruhlashning nomini koʻrsating. Guruhlashdan soʻng, yaratilgan guruh atrofida bir nechta shakllar oʻrniga umumiy konteyner paydo bo'ladi.
8-topshiriq.
Yuqoridagilar yordamida har bir talaba har xil koʻrinishdagi stol, stul, divan, kreslo, parta, shkaf kabi ofis, uy va oshxona jihozlarning tasvirlarini yaratsin.
22-23 – laboratoriya mashgʻuloti
Do'stlaringiz bilan baham: |