Monitoring va baholash
|
Laboratoriya ishlari, ogʻzaki soʻrov, kompyuterda amaliy ishlab natija olish, natijalar tahlili (baholash)
|
Laboratoriya mashgʻulotining texnologik xaritasi (16- mashgʻulot)
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
Pedagog
|
Talabalar
|
1 – bosqich: Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Talabalar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, laboratoriya xonasi va talabalarning darsga tayyorlik darajasi tekshiriladi.
1.2. Laboratoriya ishi topshiriqlarini beradi, mashgʻulotni oʻtish texnologiyasini, baholash turlari va mezonlarini e’lon qiladi.
|
Eshitadilar, laboratoriya ishi topshiriqlarini yozib oladilar.
|
2 – bosqich: Asosiy qism
(60 daqiqa)
|
2.1. Oʻqituvchi tarqatma materiallardan foydalangan holda laboratoriya mashgʻulotini davom ettiradi, ya’ni topshiriqlarni bajarish tartibini tushuntirgach, topshiriqlarni bajarishga kirishishlarini soʻraydi.
2.2. Talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladi, savol beradi va zarur hollarda yordam beradi.
2.3. Oldingi laboratoriya yoki mustaqil ishlarni va talabalar tayyorlagan laboratoriya yoki mustaqil ishlarni qabul qiladi, savol-javob qiladi, baholaydi.
2.4. Talabalarga mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha tushuncha va koʻrsatmalar beradi.
|
Tarqatilgan material bilan tanishib, guruhlarga boʻlingan holda mustaqil ravishda topshiriqni bajaradilar. Laboratoriya ishi va mustaqil ishlarni topshiradilar, savol-larga javob beradilar.
|
3 – bosqich: Yakunlash
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar diqqatini yakuniy xulosalarga qaratadi.
3.2. Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi. Mustaqil bajarishlari va mavzuni oʻzlashtirishlari uchun vazifalar beradi.
|
Topshirqni yozib oladi, bajarishga intiladilar
|
Ishning maqsadi: talabalarga CorelDraw dasturida qatlamlar bilan ishlashni oʻrgatish hamda ularda amaliy koʻnikma hosil qilish.
Laboratoriya mashgʻuloti materiallari:
Obyektlarning nazoratchi oynasidagi qatlamlar bilan ishlash usullari berilgan.
Faol qatlamni tanlash uchun unga mos keladigan qatorda sichqoncha tugmasini bosish kerak.
Ekranda qatlamning paydo boʻlishini yoqish yoki oʻchirish uchun sichqoncha bilan nazoratchi oynasida koʻz shaklidagi belgini bosish kerak.
Oddiy qatlamlar uchun bu rejimni xar bir sahifaga oʻrnatish mumkin boʻlsa, bosh sahifada qatlamga mos keladigan qatorda koʻz shaklidagi belgini bosish kerak.
Qatlamni pechatga chiqarish uchun, sichqoncha bilan qatlamga mos keladigan printer shaklidagi belgiga bosish kerak.
Koordinatli setka qatlamini pechatga chiqarish mumkin emas, Desktop (Рабочий стол) qatlami pechatga beriladigan sahifa oʻlchamlari qogʻoz listi oʻlchamidan kichik boʻlganda ishlamaydi.
Qatlamda joylashgan obyektlarni roʻyxat qilish uchun sichqonchani qalam koʻrinishidagi belgini bosish kerak.
Qatlam nomini oʻzgartirish uchun oʻsha nom ustidan 2 marta sichqon tugmasi bosiladi va nomi oʻzgartiriladi.
Qatlamni olib tashlash uchun uning nomi belgilab Del tugmasi bosiladi.
Bosh qatlamlar Grid, Guides va Desktop larni nomini oʻzgartirish va koʻchirib tashlash mumkin emas.
Qatlamni yangi joyga olib oʻtish uchun, uni sichqoncha yordamida yuqoriga yoki pastga dastlabki holatga koʻra olib oʻtish uchun kerak.
Nazoratchisi oynasi ichida yangi pozisiyani beliglaydigan gorizantal chiziq paydo boʻladi. U qatlamni egallaydi - bu chiziq sichqon bilan birga siljitadi. Sichqoncha tugmasi qoʻyib yuborilganidan keyin qatlam yangi holatni egallaydi.
Qatlamni faollashtirish uchun, sichqoncha bilan unga mos qatorni bosish kerak.
Qatlamlar nazoratchi oynasi koʻrinishidagi rejimga oynaning yuqori qismida joylashgan tugma bilan oʻtkazish kerak. Agar sichqonchani oʻng tugmasini bossak, kontest menyusi ochiladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |