O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


 Bozorni segmentlashtirish va maqsadli segmentlarni tanlash



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/99
Sana24.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#183844
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
Bog'liq
Marketingni boshqarish

3.4. Bozorni segmentlashtirish va maqsadli segmentlarni tanlash 
 
Bozorni  komple
ks,  batafsil  o’rganish,  avvalo,  bozorlarni  iste'molchilar 
guruhlari  va  tovarlarning  iste'mol  xususiyatlariga  muvofiq  segmentlashni  
talab qiladi. 
 
Bozorni  segmentlashtirish  deganda,  odatda  aniq  bozorni  belgilangan 
alomatlari bo’yicha segmentlash tushuniladi. Bozorni segmentlash marketing 
kontseptsiya
sining  xususiyatlaridan  biri  bo’lib,    haridorlar  tomonidan  
tovarlarning  u  yoki  bu  turini  «tanlash  jarayonini  tahlil  qilish  bozor 
segme
ntining   ko’pligi» ni ajratishga imkon beradi, ulardan har bir haridorlik 
xulqining  turli  xil  modellariga  mos  keladi.  Bundan  tashqari,  har  bir segment 
ichida har
idorlar turli xil yo’llar bilan mahsulotlar va sotish narxlari bilan bog’liq 
u  yoki  bu  o’lchamlarini  baholaydilar,  ularning  o’zgarishlariga  har  xil  e'tibor 
beradilar. 
 
Bozorni segme
ntlarga bo’lishni o’tkazish haridorlarning tovarga talablari 
va har
idorlar tavsiflari to’g’risidagi eng muvofiq  bilimlarni talab qiladi. 
 
Segmentlash  bir  ne
cha  turda  bo’ladi:  makrosegmentlarga  bo’lish, 
mikrosegmentlash,  ichki  segmentlash,  eniga  segmentlash,  avvaldan 
segmentlash, yakuniy segmentlash. 
Makrosegmentlash  bozorlarni  hudud
lar,  mamlakatlar  bo’yicha  ularning 
sanoatlashuviga qarab bo’lishni ko’zda tutadi. 


 
54 
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste'molchilarini yanada batafsilroq 
me
zonlar bo’yicha guruhlarga bo’ladi. 
Ichki  segmentlash  marketing  segmentlashni  tor  guruhdan  boshlab, 
keyin uni ke
ngaytirishni ko’zda tutadi. 
Avvaldan  segmentlash  moh
iyatiga  ko’ra,  bu  bozorning  marketing 
tadqiqotini boshlanishi va katta miqdordagi ehtimoli 
bo’lgan bozorlarni qamrab 
oladi. 
 
Yakuniy  segmentlash  bozorlarning  eng  qulay  segmentlarini  aniqlash 
bo’yicha  bozor  tadqiqotini  ko’zda  tutadi va keyinchalik ushbu korxona bozor 
strategiyasi va dasturini ishlab chiqadi. 
 
Bozorni  segmentlash  - 
bu  asosiy  uslub  bo’lib,  yordamida  korxona 
(firma)  bo’lajak  mijozlar  (yoki  bozorni)  guruhlarga  yoki  bozor  segmentlariga 
bo’ladi,  bu  bozorni  barqaror  segmentini  ajratish,  tovarni  shu  segmentning 
o’ziga xos xususiyatlarini mo’ljalga olib, etkazib berishni tashkil qilishga imkon 
beradi.  Bundan  tashqari,  bozorni segmentlash strategiyasi sotish uslublarini 
belgilashni uning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olish va shuning bilan 
korxona  eng  katta  afzalliklarini  olishi  mumkin  bo’lgan  resurslarni  jamlashni 
ta'minlaydi. Bu strategiyaning ikki turi ajratiladi: 
-bozor tovarlari (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqaruvchi bozor pozitsiyasini tadqiq 
qilish  va  yangi  tovarlar  va  xizmatlarning  haqiqiy 
va  bo’lajak  haridorlarini 
aniqlash; 
-haridorlarning  u  yoki  bu  segme
ntini  tariflovchi  o’zgarishlar  haqida  dastlabki 
tushunchani ishlab chiqish, masalan, ijtimoiy holat, soha va x.k. 
 
Iste'mol  tovarlari va xizmatlarni segmentlash  quyidagi be
lgilar bo’yicha 
amalga oshirilishi mumkin: ijtimoiy-iqtisodiy, demografik belgilar, ya'ni:  
-
daromad,  ma'lumot,  mashgulot  turi  darajasi  bo’yicha  aniqlanadigan  ijtimoiy 
guruh; 
-etnik guruh - millat;  
-demografik guruh - yoshi, jinsi, dini, oilasining soni, hayot tarzi va x.k. 


 
55 
 
Hayot  tarzi  jihatlari  -  hayotiy  faollik,  manfaatlar,  nuqtai  nazar  va 
demografiya  kabilar;  geografik  omillar,  masalan,  shahar  yoki  qishloq  joyi, 
iqtisodiy  rivojlangan  yoki  rivojlanayotgan  mamlakatlar;  shaxsiy  xususiyatlar, 
harid  qilish sabablari, odatlar yoki afzalliklarga asoslanadigan ruhiy omillar va 
x.k. 
 
Ishlab chiqarish - texnik yunalishdagi mahsulotlar bozorini segmentlarga 
bo’lish  haridor  faoliyati  ko’lamlari,  georgafik  holat,  sohaviy  tasnif  hamda 
tashkilot  faoliyatining  harakteri  (import  qiluvchi,  ishlab  chiqaruvchi  qayta 
ishlovchi  korxona,  ulgurji-sotuvchi)ga  asoslanishi  mumkin.  Q
oidaga  ko’ra, 
bozor  segmentlari marketing vazifalariga muvofiqlik yoki bevosita  haridor va 
«albatta»  foydalanuvchiga  nisbatan  sotishda belgilanadi. Masalan, agar gap 
samolyotlar,  mashinalar  ishlab  chiqaruvchisi  haqida ke
tayotgan bo’lsa, unda 
aviatsiya  yoki  sayyohlik  kompaniyalari  oraliq  har
idor  bo’lishlari  mumkin,  turli 
xil  yo’lovchilar  (xususiy,  ish  bo’yicha  safarlar  va  sayohatlarda)  yakuniy 
foydalanuvchi  bo’ladilar.  Bundan  tashqari,  bozorni  segmentlash  korxona 
rahbar
iyatining  ko’rsatmasiga  muvofiq    maqsadga  yo’naltirilgan  harakterga 
ega  bo’lishi kerak. Xususan, faqat ulgurji sotuvchilar ajoyib uskunalarini aniq 
ishlab  chiqaruvchilari  bilan  ish  olib  borish  kerak.  Bunday  k
o’rsatmani  sotish 
bo’yicha rahbar (boshqaruvchi) eng yaxshi foyda va sotish hajmiga erishilgan 
o’tgan faol ishning tahlili natijalaridan  kelib chiqqan holda berishi mumkin. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish