O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Iste’molchi uchun tovar qimmatdorligini aniqlash va uning



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/99
Sana24.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#183844
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Bog'liq
Marketingni boshqarish

2.1.
Iste’molchi uchun tovar qimmatdorligini aniqlash va uning 
ehtiyojini qondirish 
 
Zamonaviy 
haridor 
mahsulotlar 
savdo 
markasi 
ishlab 
chiqaruvchilarining  baholar  va  tovar  etkazib  beruvchilarning  ko’p  miqdordagi 
soni  bilan  t
o’qnash  kelmoqda.  Bunday  sharoitda iste'molchi qanday qilib o’z 
tanlovini  amalga  oshiradi.  Iste'molchi  yuqori  qimmatdorlikka  ega  bo’lgan 
kompaniyaning mahsulotiga murojjat qiladi.  
 
Birinchi  navbatda  iste'molchi  qaysi  bir  taklif  maksimal  qimmatdorlikka 
ega  ekanligini  aniqlashi  lozim.  Haridor  qimmatdorlikni  maksimallashtirishga 
tovarlarni  qidirish  uchun  qulay  b
o’lgan  harajatlar  doirasida  o’z  bilimining 
cheklanganligi daromadlar darajasining cheklanganligi asosida erishadi. 
Iste'molchi 
tomonidan 
his 
qilinadigan 
qimmatdorlik 
(qiymat) 
mahsulotning  umumiy  qimmatdorligi  bilan  uning umumiy  harajatlar orasidagi 
farq  sifatida  aniqlanadi.  Haridor  uchun  umumiy  qimmatdorlik  haridorning 
mahsulot yoki xizmat xaridida 
olish mumkin bo’lgan foydalarning yig’indisidir. 
Iste'molchilarning  umumiy  harajatlari  esa mahsulot yoki xizmatlar xaridida va 
ulardan  foydalanishda  haridor  tomonidan  sarflanadigan  harajatlar  summasi 
sifatida aniqlanadi. 
 
Har
idorlar  bundan  tashqari  qo’shimcha  xizmatlar  sharoitlarini  ya'ni, 
etkazib  berish  muddati,  personalni  o’qitish,  ta'mirlash  xizmatlarini    ham  kurib 
chiqishadi.  Iste'molchi  kompaniya  xodimlari  o’z  kasbini  mahorat  bilan 
egallagan  hamda  uning  ehtiyojlarini  qondirishda  ular  moslashuvchanlikni 
ko’rsatishadi  deb  hisoblaydi.  Iste'molchilarning  harid  bo’yicha  qoniqish 


 
23 
darajasi  iste'molchining  kutish  natijalari  sotib  olingan  mahsulotning  real sifati 
orasidagi nisbat sifatida aniqlanadi.  
Iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish jarayonida bir qator muammolar 
ham  yuzaga  keladi.  Iste'molchilar  kompaniya  faoliyatining  biror  elementi 
to’g’risida o’z qoniqish darajasini aniqlashda baholashning boshqa mezonlari 
yo’qligiga ishonch hosil qilishi kerak.  
Mahsulot qimmatdorligini yaratish zanjirining asoschisi  Garvard  Univer-
sitetining olimi  Maykl Forte hisoblanadi. Har qanday kompaniya biznesini turli 
xil 
faoliyatlarining 
murakkab 
sistemasi 
sifatida 
qarash 
mumkin 
(loyihalashtirish,  ishlab  chiq
arish,  bozorni  o’rganish,  tovarlarni  etkazib  berish 
va sotishdan keyingi xizmatlarni  ko’rsatish). 
Qimmatdorliklarni  yaratish  zanjir
i  o’zaro  bog’langan      9ta    strategik 
faoliyat turini o’z ichiga oladi. Zanjirning  5 ta  zvenosi asosiy, qolganlari esa 
yordamchi rolini o’ynaydi.  
Kompaniyaning asosiy faoliyat turlariga quyidagilar kiradi : 
 
1.Materiallarning  ketma-ket  keltirilishi (ichki logistika). 
 
2.Materiallarni  pirovard mahsulotlarga aylantirish ( ishchi operatsiyalari ). 
 
3.Pirovard mahsulotlarni tashish ( tashqi logistika ). 
 
4.Marketingni amalga oshirish ( marketing va sotish ). 
 
5.Sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish ( servis ). 
 
Yordamchi faoliyat turlarigi quyidagilar kiradi : 
 
1.Xom ashyo materiallarini harid qilish . 
 
2.Texnologiyalarni rivojlantirish . 
 
3.Inson resurslarini boshqarish . 
 
4.Kompaniyaning infrastrukturasi . 
 
Kompaniyaning  infrastrukturasi  umumiy  boshqarish,  rejalashtirish, 
moliyalashtirish,  buxgalteriya  hisobi,  yuridik  qo’llab  quvvatlash,  davlat 
muassasalari bilan munosabatlar va boshqalar kiradi. Kompaniyaning vazifasi 
yuqorida bayon etilgan zanjirning  har bir b
o’g’inida hosil bo’ladigan harajatlar 


 
24 
va  qiymatlarni  tahlil  qilish  va kompaniyaning faoliyat samaradorligini oshirish 
yo’llarini qidirishdan iboratdir. 
Bundan  tashqari, 
kompaniya  o’z  raqobatchilarining    harajatlari 
samaradorligini bah
olashi va ularni o’z ko’rsatkichlari bilan taqqoslashi lozim.  
Biznes jarayonlarining  hal qiluvchi yo’nalishlari  quyidagilar hisoblanadi : 
1.Yangi  mahsulotni  sotish  jarayoni.  Bu  jarayonga  qisqa  muddatlarga 
byudjet tomonidan belgilangan doiralarda  yuqori sifatli mahsulotni tatbiq etish, 
konstruktsiyalash    va  ishlab  chiqarishni  boshlashga  qaratilgan  barcha 
faoliyatlar kiradi . 
2.Moddiy  ishlab  chiqarish  zaxiralarini  boshqarish  jarayoni.  Moddiy 
ishlab  chiqarish  zaxiralari,  yarim  fabrikatlar,  pirovard  mahsulotni  boshqarish 
zarur 
bo’lgan 
jo’natmalarni 
ta’minlash 
va 
ombor 
harajatlarini 
minimallashtirishga yo’naltirilgan barcha faoliyat turlari kiradi. 
3.Buyurtma  va  pullarni  ko’chirish  jarayoni.  Bu  jarayonga  buyurmalarni 
olish, mah
sulotni o’z vaqtida jo’natish, to’lovlarni nazarot qilishga yo’naltirilgan 
barcha faoliyat turlari kiradi. 
4.Iste'molchilarga xizmat ko’rsatish jarayoni.  
 
Kompaniyaning 
pirovard 
muvaffaqiyatiga 
erishish 
uchun 
raqobatchilarning  ustunliklarini  izlash  va  topish  distribyutorlar,  iste'molchilar, 
tovar  etkazib beruvchilar tomonidan qiymatni yaratish zanjirini o’rganish lozim. 
Kuchli raq
obat sharoitida ko’pchilik kompaniyalar ma'lum bir distribyutorlar va 
tovar  etkazib  beruvchilar  bilan  doimiy  asosda  ishlar  ekan,  qiymatni 
iste'molchilarga berish va yaratish  tizimini shakllantiradi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish