Badan tarbiyasi (jismoniy tarbiya). Mashxur yunon donishmandi aflotun baxt xaqida zikr etib:
«Inson uchun birinchi baxt uning sog‗lig‗i, ikkinchisi—go‗zallikdir» degan ekan. Chindan xam sixat-
salomatlik xamma boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sog‗lom va ma‘naviyati yuksak xalqning avlodlari
xam sog‗lom-baquvvat, iymon-e‘tiqodli va sadoqatli bo‗ladiki, bu baxt ona Vatanning shuxrati va
qudratining zo‗r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt-saodati uchun sog‗lom avlod kerak.
Sog‗lom avlod deganda biz xam jismoniy, xam ma‘naviy tomondan yetuk, bardam, xar ishga
qodir, ilg‗or madaniyatli kishilarni ko‗zda tutamiz. Darxaqiqat, shunday noyob fazilatlarga ega avlodni
tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko‗z, yorug‗ yuz, katta ishonch bilan qaraydi.
Ona tabiat ato etgan oliy moxiyatga ko‗ra, biz o‗zbeklar xayotdaizning, umrimizning mazmunini
farzandsiz tasavvur etolmaydigan xalqmiz. Dunyoga kelib farzand ko‗rish, imorat qurish, nixol ekib bog‗
yaratish ota-bobolarimizdan qolgan nasliy an‘ana, ezgu tilak va qutlug‗ insoniy burchdir. Shuni aloxida
shukronalik bilan ta‘kidlash lozimki, xalqimiz tarixning mashaqqatli sinovlari osha o‗zining ana shu
olijanob xislat fazilatli an‘analariga zavol yetkazmay saqlab kelmoqda. Ajdod-avlodlarimiz o‗z nasllarini
umumbashariy tuyg‗ular, o‗lmas sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruxida tarbiya qilib kelganlar.
Insonning kuch va qobiliyatlarini taxlil etganda, u uchga bo‗linadi: jismoniy, aqliy va axloqiy.
Shunga binoan insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi yuksalishini ta‘min etadigan tarbiya xam
uch qismga ajraladi: bular badan tarbiyasi, aql tarbiyasi, axloq tarbiyasidir.
Badan tarbiyasi inson xayotida katta axamiyatga ega. Birinchidan, xayotda xar kimning
mukammal sog‗-salomatlikka, kuch-quvvatli badanga ega bo‗lish extiyoji bor. Ikkinchidan, badan
sog‗lig‗i fikr va axloqning xam sog‗lig‗ini ta‘min etadi. Quvvatli badanning fikr va axloq uzra ta‘siri
oshkordir. Fikr va axloq bilan mijoz va sog‗lomlik uzviy bog‗liq.
Badan tarbiyasining maqsadi xar tomonlama jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli,
qat‘iyatli, Vatanni ximoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat.
O‗quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy vazifalar xal etiladi. Birinchi
vazifa — sog‗lig‗ni mustaxkamlash, tana a‘zolarini chiniqtirish, jismoniy jixatdan to‗g‗ri rivojlanish
xamda uning ishlash qobiliyatining oshishiga ta‘sir etishdir.
Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to‗g‗ri-mutanosib shakllantirish, suyak-
bo‗g‗iinlarni va muskullarni uyg‗unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-tomir xamda nafas olish
a‘zolarining asab tolalari majmuasini mustaxkamlashtirish muxim.
Tana-a‘zolarining mo‗‘tadil faoliyati uchun xarakat juda zaruriydir. Buyuk xakim Abu Ali Ibn
Sino: «Badan tarbiya — sog‗liqni saqlashda ulug‗vor usuldir», deydiki, bu fikr: «Kimki qilsa xarakat
sog‗lig‗ida barakat bo‗ladi» degan naqlni eslatadi. Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb
atashgan. Abu Ali Ibn Sino «Tibbiy doston» («Ur-juza») asarida riyozat badan tarbiyasi xaqida to‗xtalib,
uning bir necha xillari bo‗lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‗rtacha shug‗ullanish sog‗liqqa foydali
ekanligini bunday ta‘riflaydi:
Bilsang riyozat turlari necha-necha
Sharofatli bo‗lur esa u o‗rtacha (1).
To‗g‗ri va mo‗tadil bo‗lib o‗sgay badan,
Kir-chir ila chiqindidan qutular tan».
(1-bu o‗rinda Ibn Sino badan tarbiyami og‗ir yo yengilini emas, o‗rtachasini tanla demoqchi).
Olim yana, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig‗ilishiga sabab bo‗lishini
aloxida uqtirib bunday deb yozadi:
«Riyozatsiz yotishdan ko‗p topma roxat,
Bu roxatdan topolmassan xech manfaat.
Jim yotsang iflos xult-la to‗lor badan,
g‗izocha xech xozirlanmas biror maskan».
Jismoniy mashqlarning sixat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D.Adisson bunday
tasvirlaydi: «Mutolaa aql uchun qancha zarur bo‗lsa, jismoniy mashqlar xam badan uchun shuncha
zarur».
Suqrot xakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini
to‗g‗rilab olaman».
Olim Ivan Pavlov ta‘kidlaganidek bosh miya po‗stlog‗ini «kuchaytirish va mustaxkamlash» yo‗li
bilan asab jarayonlarining faolligini yanada oshirish mumkin.
Shuni xam aytish kerakki, o‗quvchilarning sog‗lig‗ini faqat jismoniy tarbiya darslari xamda
maktab rejimi sharoitida o‗tkaziladigan maxsus tadbirlar xisobigagina mustaxkamlash qiyin. Chunki bu
jarayon ota-ona, tarbiyachi, butun pedagoglar jamoasining ishi bo‗lib, sog‗lomlashtirish bilan bolalarni
muntazam ravishda, butun yil davomida shug‗ullantirish kerak.
Ikkinchi vazifa — o‗quvchilarda yangi xarakat turlariga qiziqish, ko‗nikma va malakalar xosil
qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish zarur. O‗qitish jarayonida o‗quvchilar xarakat,
ko‗nikma va malakalarni egallaydilar. Bu malaka va ko‗nikmalar jismoniy tarbiya bo‗yicha tuzilgan
o‗quv dasturida nazarda tutilgan bo‗lib, ulardan ba‘zilari, masalan tez yurish, yugurish, sakrashlar amaliy
mashqlardir. Shu bilan birga, bu mashqlar gimnastika anjom-asboblarida mashq qilish, akrobatika, badiiy
gimnastika xarakatlarini koordinatsiya qilishga, shuningdek, yangi xarakatlarni osonroq va qisqa vaqt
ichida o‗rganib olishga ko‗maklashadi, ko‗nikma va malakalar xosil qiladi.
Uchinchi vazifa – o‗quvchilarning yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik,
chaqqonlik, chidamlilikni) asosiy xarakat sifatlarini rivojlantirishdir. Yuqorida aytilgan jismoniy sifatlar
aloxida mavjud bo‗lmay, balki ulardan biri u yoki bu faoliyat turida yetakchi o‗rinni egaldaydi. Masalan,
xarakatli va sport o‗yinlarida chaqqonlik, qisqa masofaga yugurishda — tezkorlikni aytish mumkin.
Maktab dasturi o‗quvchilarning xarakatlari, sifatlarini xar tomonlama rivojlantirish xamda ularning
jismoniy rivojlanishlari va umumiy ishlash qobiliyatlarining ortishi uchun kerakli sharoitni yaratadi,
albatta. Shu bilan birga, o‗quvchilarda axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalash, xulq-atvor madaniyati
ko‗nikmalarini tarkib toptirish kerak.
To‗rtinchi vazifa — o‗quvchilarda o‗z sog‗lig‗iga ongli munosabatni tarbiyalash bo‗lib, bu
ularning ozoda-sarishtalik tartibida, gigiena qoidalariga rioya qilishlarida, ertalabki gimnastika bilan
shug‗ullanishlarida xamda sport mashg‗ulotlarida muntazam qatnashishlarida namoyon bo‗ladi. Badan
tarbiyaning sixat-salomatlikka foydasini o‗quvchi qanchalik yaxshi bilib olsa, qiziqish shunchalik ortadi.
Mo‗tadil ravishda, o‗z vaqtida badan tarbiya bilan shug‗ullanuvchi odam kasalliklarning davosiga
muxtoj bo‗lmasligini chuqur anglab olishi kerak.
Olim va shifokorlarning kuzatishlaricha, badan tarbiya tug‗ma issiqlikni oshiradi, tanaga yengillik
beradi. Chunki, bular yengilgina issiqlik paydo qiladi, a‘zolarda to‗planuvchi chiqindilarni yo‗qotadi.
Badan tarbiya mashqlari tartibli va yo‗li bilan bo‗lsa, fikrni uyg‗unlashtiradi, qon yurishiga
yordam beradi, xazmni yaxshilaydi, asabni quvvatlantiradi, tan xaroratini orttiradi, zexnni ochadi.
Inson jismoniy sog‗lom, va bardam-baquvvat bo‗lsa, xayot go‗zalliklarini yaxshi idrok etadi, aql-
zakovati yuksala boradi, atrof-muxitni ziyrak bo‗lib kuzatadi. Shu nuqtai nazardan aytganda, inson bolasi
sog‗lom-baquvvat bo‗lishda badan tarbiya muxim omil ekani aniq. Demak, bu tarbiya aqliy, axloqiy va
estetik tarbiyaning zamini ekan. Ta‘bir joiz bo‗lsa, bir yerda turib qolgan suv ko‗lmak xolda xech
foydasiz deyilsa, xarakatsiz odam xam ko‗lmak kabidir, sharqirab oqqan suv o‗zi go‗zal, xam dala-
bog‗larni yashnatgani kabi, serxarakat, jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanadigan odamning xam o‗zi
(jismonan) go‗zal, xam aqli go‗zal, xam odob-axloqi go‗zal bo‗ladi.
Badan tarbiya insonni xar tomonlama tetik, xushyor, qobiliyatli tarzda kamolga yetkazadiki,
donolar jismniy tarbiya-go‗zallik tarbiyasidir, deb bejiz aytishmagan.
Inson jismoniy sog‗lom, xar tomonlama yetuk rivojlanishi uchun ma‘lum maqsadni ko‗zlagan
xolda tejamli xarakat qilishi, tabiat qo‗ynida yoki ozoda-shinam sport zalida xarakatli mashqlar bilan
shug‗ullanishi — bularning xammasi unda nafosat xis-tuyg‗usini, aqliy tushunchasini va didini
tarbiyalaydi. Shubxa yo‗qki xilma-xil, aniq, ifodali bajarilgan jismoniy mashqlar estetik kechinma,
xislarni yuzaga keltiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida xarakatlar maqsadining xam shakl, xam
mazmun jixatidan bir-biriga mos kelishi esa uning go‗zalligini ta‘minlaydi.
Go‗zallik – bu avvalo xarakatlarning sodda, yengil, izchil va tugal bo‗lishidirki, o‗qituvchi xam,
o‗quvchi xam bunga intilsalar, nafosatga erishiladi. Albatta jismoniy tarbiyaning vazifasi o‗quvchida
faqat go‗zallikni idrok etishnigina shakllantirish bo‗lib qolmay, balki ularni kishi xarakatidagi chinakam
go‗zallikni baxolay bilishga xam o‗rgatishdir.
Odatda, uzoq muddatli aqliy mexnatdan so‗ng o‗quvchilarda ishlash qobiliyati sekin-asta
pasayadi. Bu xolat boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida tezda seziladi. Bolalar dars vaqtida betoqat bo‗lib,
xaddan tashqari ko‗p xarakat qilishlari, o‗tirgan joylaridan tez-tez turib ketishlari, bir-birlari bilan
gapirishishlari, orqayu yonlariga qarab o‗tirishlari, shovqin-suron ko‗tarishlari mumkin va xokazo.
Ayniqsa darsning 25-30 minutlarida o‗quvchilar diqqati sezilarli pasayadi, tushuntirilayotgan mavzuni
o‗zlashtirish qiyinlashadi, ishda ayrim xatoliklar uchraydi. O‗quvchilar o‗rganayotgan mavzularni bir
necha martadan qayta-qayta takrorlashlariga to‗g‗ri keladi. O‗quvchilarda aqliy charchash bilan birga,
qomatni tutib turuvchi bel, yelka, bo‗yin muskullari xam toliqadi. Toliqish natijasida bel egilib, yelkalar
pastga tushib, bosh oldinga egiladi, qomat muvozanati buziladi. Agar bu xolat takrorlanaversa
o‗quvchilarning ishlash qobiliyati pasayib, qomati buzilib salomatligiga xam salbiy ta‘sir etadi. Aqliy
mexnatni jismoniy mexnatga almashtirish asosida bunday toliqishning oldi olinadi. «Fizkultminut»lar
(jismoniy mashq daqiqalari) o‗quvchilarda faollikni oshiradi, susaygan ish qobiliyatini tiklaydi, kayfiyatni
yaxshilaydi.
«Fizkultminut»lar darsning 25-30 daqiqalarida (4-8 tadan iborat bo‗lgan mashqlarni) 2-3 daqiqa
davomida bajariladi. Bu chog‗da bajarilishi oson, o‗tirib yoki o‗rindan turib panjalarga, bo‗yin, yelka, bel
va qomatning pastki qismiga ta‘sir etadigan mashqlarni tanlash lozim.
Yozuv darslarida o‗quvchilarning panjalari, qo‗l muskullari tez toliqadi. Natijada yozuv tezligi
pasayadi, xusnixati buziladi. Bunday xollarda panjalarni bukib-yozish, qo‗llarni bukish, yonga, oldinga,
yuqoriga ko‗tarib bajariladigan mashqlar beriladi. Uzoq o‗tirish natijasida gavdaning pastki qismi qattiq
toliqadi. Bu toliqishni tarqatish uchun tik turib bajariladigan, oldinga, yonga egilish, o‗tirib-turiladigan
mashqlarni tanlash lozim.
Sog‗liqni mustaxkamlash, a‘zoni, tanani chiniqtirish, bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini
ko‗tarishga tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlari - quyosh, xavo va suv ta‘siri orqali erishiladi. Tabiat
omillaridan jismoniy mashg‗ulotlar o‗tkazish xamda mustaqil shug‗ullanish uchun muxim vosita sifatida
foydalaniladi.
Maktab sharoitida jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko‗p jismoniy mashqlar qo‗llanadi.
Jismoniy mashqlar gavda muskullarining o‗sishi va mustaxkamlanishiga, yurak-qon tomir tizimi
faoliyatining va nafas olish a‘zolarining yaxshilanishiga samarali ta‘sir ko‗rsatadi.
Jismoniy mashqlar asablar majmuasining faoliyatiga xam, xususan bosh miya qobig‗idagi
xarakatlantiruvchi qismga xam ta‘sir etadi, natijada xarakatlarning bir-biriga uyg‗unligi yaxshilanadi;
xarakatlarda muvofiqliq, aniqlik zaruriy kuch va ritm xosil bo‗ladi. O‗quvchi aynan shu ta‘sirlar
natijasida tuzilishi jixatidan murakkab bo‗lgan xarakatlarni, katta tezlikdagi xarakatlarni oson o‗zlashtirib
oladi, bu esa jismoniy mexnat mashg‗ulotlari uchun muximdir.
Jismoniy tarbiya vositalari orasida asosiy gimnastika, xarakatli o‗yinlar, badan tarbiya daqiqalari
(fizkutminutlar), xalq an‘analari va sport turlari yetakchi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |