O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


-MAVZU:  O‗QUV-TARBIYaVIY  VAZIYaTLARNI  LOYIXALAShTIRISh



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/226
Sana27.08.2021
Hajmi1,52 Mb.
#157514
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   226
Bog'liq
pedagogika (1)

7-MAVZU: 
O‗QUV-TARBIYaVIY  VAZIYaTLARNI  LOYIXALAShTIRISh 
ASOSLARI0 
Reja: 
1.  O‗quv-tarbiyaviy jarayon va uning mohiyati 
2.  Tarbiya qonuniyatlari va qoidalari.  
3.  Tarbiyada o‗quvchilarning yoshi va o‗ziga xos xususiyatlarni xisobga olish 
4.  Tarbiya berish usullari va vositalari  
5.  Tarbiya turlari. 
 
Tayanch  so‗z  va  iboralar:  komil  inson,  insoniy  sifatlar,  tanbex,  xato,  jazo,  tarbiya, 
tarbiyalanganlik,  adolat,  sub‘ektiv  va  ob‘ektiv  nuqtaiy  nazar,  ogoxlantirish,  uyaltirish,  amaliy 
namuna.  
                            
1. O‗quv-tarbiyaviy jarayon va uning mohiyati 
Ta‘lim nazariyasi bo‗limini o‗rganishda o‗quv jarayoni o‗zining butun mazmuni, tashkil 
etishi,  o‗qituvchining  faoliyat  xarakteri  bilan  o‗quvchilarni  faqat  bilimlar  bilan  qurollantirishga 
emas,  balki  ularni  yaxshi  xulq-atvor  egalari  qilib  tarbiyalashga  xam  qaratilganligiga  ishonch 
xosil  qildik.  Biroq  tarbiya  vazifalarini  to‗la  ma‘noda  faqat  o‗quv  jarayonida  xal  etish  mumkin 
emas. 
Tarbiya, ta‘lim berish bilan mustaxkam aloqada bo‗lgani xolda o‗ziga xos qonuniyatlarga 
xam  egadir.  Ta‘lim  va  tarbiya  yagona  jarayondir.  Lekin  ular  bir-biriga  aynan  o‗xshash  emas. 
Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat. 
Bir  butun  pedagogik  jarayonda  ta‘lim  doimo  tarbiyaviy  vazifalarni,  tarbiya  esa  xayotni 
bilish, unga tayyorlanishdek ma‘suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyaning vazifalari ko‗p qirralidir. 
Ta‘limning  asosiy  vazifasi  o‗quvchilarini  bilimlar  bilan  qurollantirish  bo‗lsa,  tarbiyada 
o‗quvchining  jamiyatimizda  qabul  qilingan  axloq-odob  qoidalariga  mos  keladigan  e‘tiqodini, 
axloqiy malaka va ko‗nikmalarini, extiyoj va intilishlarini tarkib toptirish muximdir. 
Tarbiyashunos  olim  Abdulla  Avloniy  o‗zining  ―Turkiy  Guliston  yoxud  axloq‖  asarida 
inson kamolatida tarbiyaning rolini aloxida ta‘kidlab shunday degandi: ―Janobi xaq insonlarning 
asl xilqatda iste‘dod va qobiliyatli, yaxshiila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan 
qilib  yaratgan.  Lekin  bu  insondagi  qobiliyatni  kamolga  yetkazmoq  tarbiya  vositasida  bo‗ladir. 
Agar  bola  yaxshi  tarbiya  topib,  buzuq  xulqlardan  saqlanib,  go‗zal  xulqlarga  odatlanib  katta 
bo‗lsa,  xar  kim  qoshida  maqbul,  baxtiyor  bir    inson  bo‗lib  chiqadi.  Agar  tarbiyasiz,  axloqi 


 
buzilib  o‗ssa,  nasixatni  qulog‗iga  olmaydigan,  xar xil buzuq  ishlarni  qiladigan, nodon, joxil  bir 
rasvoyi  olam  bo‗lib  qoladi.  Tarbiya  qiluvchilar  Tabib  kabidurki,  Tabib  xastaning  badanidagi 
kasaliga  davo  qilgani  kabi  tarbiyani  bolaning  vujudidagi  jaxl  maraziga  ―yaxshi  xulq‖  degan 
davoniichidan, ―poklik‖ degan davoni ustidan berib, katta qilmog‗i lozimdir. Zeroki, amri sharifi 
uzra  xulqimizni  tuzatmoqqa  amr  qilinganmiz.  Lekin  xulqimizning  yaxshi  bo‗lishining  asosiy 
panjasi tarbiyadir. 
O‗quv  jarayonini  boshqarish  nisbatan  oson,  uning  natijalari  darxol  namoyon  bo‗ladi  va 
ularni tekshirish mumkin. Tarbiya xaqida buni aytish mumkin emas. 
Bolaning o‗sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Ijtimoiy foydali 
mexnat,  ijtimoiy  ishlar,  o‗yin  va  o‗qish  faoliyati,  bo‗sh  vaqtdan  oqilona  foydalanish  kabilar 
bolalarining  xayotida  katta  axamiyatga  ega  bo‗ladi.  Bolalarning  bunday  xilma-xil  faoliyatlarini 
to‗g‗ri  tashkil  etish,  uni  yaxshi  aloxida  sifatlar,  xarakter  xislatlari,  odatlar  tarkib  toptirishga 
qaratish tarbiyaning muxim vazifasi xisoblanadi. 
Bolalarini  tarbiyalash  ular  tug‗ilgan  vaqtidan  boshlanadi  va  muntazam  ravishda  ta‘lim 
berish  bilan  birga  olib  boriladi.  Bola  maktabga  borganidan  keyin  bu  jarayon  davom  ettiriladi. 
Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan rejalashtiriladigan ulkan ishning bir 
qismi  xolos.  U  bolaning  ilgarigi  tajribalarini  xisobga  olgan  xolda  tashkil  etiladi.  Tarbiya 
o‗quvchi  maktabni  tamomlaganidan  keyin  xam  tugallanmaydi,  balki  muntazam  davom 
qildiriladi. 
Pedagogikada  tarbiyaning  maqsadi,  mazmuni,  shakl  va  usullari  tarbiyalanuvchi 
shaxsining qaror topishi bilan mustaxkam bog‗liq xolda qarab chiqiladi. 
Tarbiya  tarbiyalanuvchining  ruxiyatiga  tarbiyachiga  ma‘qul  bo‗lgan  sifatlarni  singdirish 
uchun, maqsadga muvofiq suratda va muntazam ravishda ta‘sir etishdir. 
O‗qituvchi  -  tarbiyachi  tomonidan  tarbiyaviy  jarayonga  raxbarlik  qilingan  taqdirdagina 
tarbiyada  biror  maqsadga  qaratilganlik,  ma‘lum  bir  tartib  bo‗lishi  mumkin.  Shunday  qilib, 
tarbiya  avvalo  tarbiyalanuvchi  shaxsining  tarkib  topish  jarayoniga  raxbarlik  qilishini  taqazo 
etadi. 
Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, xayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib 
topib  boradi.  U  tarbiyalanuvchining  xulq-atvori  xamda  tevarak-atrofdagi  muxitning  xilma-xil 
ta‘sirlariga  uning  munosabatlarini  belgilaydi.  Shaxsning  bu  tutgan  yo‗li  qancha  aniq  va  izchil 
bo‗lsa, tevarak-atrofdagi xayot sharoitlarining turlicha salbiy ta‘siri shuncha kuchsiz bo‗ladi. 
Maktab  sharoitida  tarbiyaviy  ishlar  o‗qituvchi-tarbiyachilar,  sinf  raxbarlari  tomonidan 
amalga  oshiriladi.  Ular  tarbiyani  jamiyatning  maqsadi  xamda  vazifalariga  muvofiq  ravishda 
tashkil etadilar. 
Tarbiya  jarayoni  o‗z-o‗zini  tarbiyalash  bilan  mustaxkam  boo‗langan.  O‗z-o‗zini 
tarbiyalash  kishining  o‗z  shaxsini  o‗zgartirishga  qaratilgan  faoliyatidir.  O‗z-o‗zini  tarbiyalash 
to‗g‗ri tarbiya berish bilan birga sodir bo‗ladi va ayni vaqtda to‗g‗ri tarbiya natijasi xisoblanadi. 
O‗z-o‗zini tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun o‗quvchi o‗zini to‗g‗ri baxolay 
bilishga  o‗rganishi,  xayotda  o‗ziintilishi  lozim  bo‗lgan  idealni  aniq  tushungan  xolda 
o‗zidagiijobiy sifatlarni va kamchiliklarni ko‗ra olishi muxim axamiyatga ega. 
Shunday qilib,  tarbiyalash,  o‗z-o‗zini  tarbiyalash  va  qayta  tarbiyalash  jarayonlari  o‗zaro 
mustaxkam  bog‗langan  bo‗lib,  inson  shaxsini  tarkib  toptirishning  bir  butun  jarayonida  doimo 
bir-biriga ta‘sir o‗tkazadi. 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish