«Pedagogika» fanining predmeti - o‗qitishning, ta‘lim-tarbiyaning zamonaviy
qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni qurollantiruvchi fan
bo‗lganligi uchun uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning milliy-ma‘naviy
rivojida shaxs kamolati uyg‗unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib
chiqadi.
Xar bir fan ma‘lum bir ob‘ektni o‗rganishda o‗z tadqiqot predmetini taxlil etadi. Xar bir
fanning mustaqil faoliyat ko‗rsatishi xam o‗zining maxsus tadqiqot predmetiga ega bo‗lishi bilan
belgilanadi. Faqat pedagogika fanigina o‗z predmetini inson tarbiyasi jarayonini o‗rganish qilib
olgan.
«Pedagogika» atamasi «paydos» – «bola» va «ago» -»etaklamoq» degan ma‘noni
Do'stlaringiz bilan baham: |