O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


KIRISH  Mavzuning  dolzarbligi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana13.08.2021
Hajmi0,56 Mb.
#146972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
badiiy asarlar asosida boshlangich sinf oquvchilarini mustaqil fikrlashga orgatish

KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach,  O‗zbekiston  tarixida 

uning  ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy  va  ma‘naviy  hayotida  butunlay  yangi  davr  boshlandi. 

O‗lkamizda elimizning ko‗p asrlik ezgu orzulari ro‗yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy 

va  ma‘rifiy  sohada  amalga  oshirilishi  zarur  bo‗lgan  dolzarb  vazifalardan  biri  –  ―Yoshlar  bilan 

ishlash  masalalari  alohida  e‘tiborni  talab  qiladi.  Biz  mamlakatimizning  –  istiqboli  yosh 

avlodimiz  qanday  tarbiya  topishiga,  qanday  ma‘naviy  fazilatlar  egasi  bo‗lib  voyaga  yetishiga, 

farzandlarimizning  hayotga  nechog‗li  faol  munosabatda  bo‗lishiga,  qanday  oliy  maqsadlarga 

xizmat qilishiga bog‗liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak‖

1

. Binobarin, ―Mustaqil fikr 



yuritadigan,  to‗g‗ri  va  halol,  jasur  avlodni  tarbiyalash  davrimizning  dolzarb 

muammolaridandir‖

2



Bu borada so‗z san‘atning go‗zal namunalarini o‗zida jam etgan namunalarini o‗zida jam 



etgan  abadiy  adabiyot,  xususan,  bolalar  adabiyoti  katta  imkoniyatlarga  ega  ekanligini  alohida 

e‘tiborda  tutmog‗imiz  lozim.  Zero,  bu  adabiyot  uzoq  asrlar  mobaynida  avlodu-ajdodlarimiz 

uchun  yosh  farzandlariga  hayotdagi  yaxshilik  va  yomonlik,  baxillik  va  saxiylik,  do‗stlik  va 

dushmanlik  kabi  qator  bir-biriga  qarama-qarshi  voqea-hodisalarning  ro‗y  berish  saboqlari 

mog‗iyatini tushuntirishda hamda ular qalbida go‗zallikdan zavqlanish, do‗stlikka sadoqat hislari 

bilan  yondashish  tuyg‗ularini  uyg‗otishda  ma‘rifat  dasturi  vazifasini  o‗tab  kelmoqda.  Ana 

shunday  yuksak  g‗oyalar  yo‗lida  jonbozlik  ko‗rsatib,  o‗zining  butun  ijodiy  faoliyatini  yosh 

avlodni insoniylik ruhida tarbiyalash ishiga bag‗ishlagan, badiiiy baquvvat asarlari bilan hozirgi 

zamon o‗zbek bolalar adabiyotini boyitgan adiblardan biri safar Barnoyevdir.    

Ta‘kidlash  joizki,  adabiyotshunosligimizda  shu  kungacha  o‗zbek  bolalar  adabiyotining 

vujudga  kelishi,  shakllanishi  va  taraqqiyotining  mukammal  ilmiy  tarixi  yaratilgani  yo‗q.  Bu 

tadqiqot  amalga  oshirilsa,  uning  jonkuyar  ijodkorlariga  bag‗ishlangan  to‗plamlarining  biridan 

taniqli  bolalar  yozuvchisi,  shoir,  tarjimon  va  xalq  og‗zaki  ijodining  mog‗ir  bilimdoni  Safar 

Barnoyev ijodiy faoliyati haqidagi monografik tadqiqot ham o‗zini olgan bo‗lardi. Bu gaplardan 

adib  ijodiyotiga  adabiyotshunoslik  va  tanqidchilik  e‘tibor  bermagan,  u  haqda  hech  nima 

yozilmagan,  degan  xulosa  kelib  chiqmaydi,  albatta.  Adibning  nashr  etilgan  kitoblari  va  davriy 

matbuotda  chop  etilayotgan  hikoya,  qissa,  she‘r  va  ballada,  dostonlarining  deyarli  barchasiga 

ko‗plab taqrizlar bosilib chiqqan.

3

  

                                                 



1

 Karimov I.A. Barkamol avlod – O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T: ―O‗zbekiston‖. 1998- 330-bet.  

2

 Karimov I.A. O‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: ―O‗zbekiston‖, 1996. 193-bet.  



3

  S  Irisxo‗jayeva  ―Bolalar  adabiyoti  va  zamonaviylik‖.  –T.:Fan,  1981,  S.Matjonov  ―Tiriklik  suvi‖.  –  T.:  1986, 

M.Jumaboyev  ―Bolalar  adabiyoti‖.-T.:  O‗qituvchi,  1994,  M.Jumaboyev  O‗zbek  va  jahon  bolalar  adabiyoti.  –T.: 

O‗qituvchi,  R.Barakayev  ―Jonajonim  she‘riyat‖.-T.:  Cho‗lpon.  1998,  S.Mirvaliyev.  ―O‗zbek  adiblari‖.-T.: 

Yozuvchi, 2000.   



 

Umuman,  o‗zbek  bolalar  adabiyotining  o‗tgan  asrning  70-yillaridan  boshlab  to  shu 



kungacha bo‗lgan tarixiga oid ilmiy ishlarda Safar Barnoyevning ijodiy faoliyatiga ham e‘tibor 

qaratilib, uning bolar adabiyoti taraqqiyotiga qo‗shgan hissalari alohida qayd etib kelinmoqda.  

Lekin hanuzgacha adibning ma‘naviyati, iste‘dodi, ijodiy faoliyati va badiiy mahoratining 

ba‘zi  qirralari,  shuningdek,  tarjimonlik  borasidagi  ijodiy  salohiyatiga  bag‗ishlangan  ilmiy  ish 

yozilgani yo‗q.                    

Tadqiqotning  dolzarbligi,  eng  avvalo,  unda  ana  shu  masalalar  keng  ko‗lamda 

yoritilganligi bilan belgalanadi. 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish