O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


 Bilimlarimiz – amaliyotga



Download 269,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/33
Sana03.08.2021
Hajmi269,54 Kb.
#136888
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
1.10б. Узбек тили

24. Bilimlarimiz – amaliyotga  

Og’zaki nutq: 

  Ta'tilda    rejalashtirgan   ishlaringiz  yuzasidan  yaqinlaringiz 

       bilan  maslahatlashing   va   dialogga   kirishing. 

  Yozda   fan   о’qituvchingiz    bergan   topshiriqlarni   qanday bajarmoqchisiz?   

  Amaliyot  o’tamoqchi  bо’lgan  korxona(tashkilot)  haqida  so’zlab bering. 

   


Yozma nutq: 

  Yozgi ishlaringiz  yoki  dam  olishingizni   tasvirlab,  ijodiy bayon yozish. 

  Amaliyot davrida bajaradigan ishlaringiz  rejasini  tuzing. 

Grammatika: Bitiruv  malakaviy ishi  matni,  uning   tuzilishi  va  ifoda    

                         materialining  xususiyatlari.  

 

 Fanni   о’qitish  bo’yicha  kо’rsatma va tavsiyalar 



О’zbek  tili,  eng    avvalo,    О’zbekistonda    yashaydigan(millatdan  qat'i    nazar) 

barcha  uchun  davlat  tili  sanaladi. Bundan tashqari nutqiy savodxonlik har bir oliy 

ma'lumotli  mutaxassis  uchun  muhim  ahamiyatga  egadir. Talabalar  о’zbek tilidan  

litsey    va    kollejda    egallagan    bilimlarini    tanlagan    ixtisosliklari  sohasidagi  leksik  

vositalar    bilan    boyitishlari,    turli  muloqot    mavzulariga    oid    kо’nikmalarini  

mustahkamlashlari,  ixtisoslikka  oid  matni  tushunish,  sо’zlab  berish,    shunday  matn  

tuza  olish  malakalariga  ega  bо’lishlari  lozim.  

Shuning    uchun  о’zbek    tili    fanini    1-kursning  1-  va  2-semestrida  о’qitish 

maqsadga    muvofiqdir.  Mazkur  konsepsiya    о’zbek  tili  о’qituvchisidan    birinchi 

navbatda    puxta    ixtisoslik    bilimiga    ega  bо’lishni  talab  etadi.  Zero,  о’zbek 

tilshunosligini  yaxshi  bilgan  о’qituvchi  bu  tilning  leksik-uslubiy imkoniyatlarini 

ham  chuqur  biladi,  til    faktlarini  talabaning    ona  tilisi  bilan    tо’g‘ri    qiyoslab      bera  

oladi.  

Ikkinchidan,  о’zbek  tili  о’qituvchisi  chet  tillarni  ikkinchi  til  sifatida  о’qitish 

usuliyotidan  yaxshigina  xabardor  bо’lishi,  zamonaviy    о’qitish    usullarini    ijodiy 

qо’llashni    о’zlashtirgan    bо’lishi    lozim.    О’zbekcha    nutqni  amaliy  egallash  til 

о’qitishning   kommunikativ  tamoyiliga  asoslangan   holda  ish  kо’rishni shart qilib  

qо’yadi.  Buning  uchun  о’qituvchi  tavsiya  etilgan  nutq  mavzulari    bо’yicha  keng  

dunyoqarashga  ega  bо’lishi  bilan  birga  talabalarning  shu  mavzularda  erkin 

suhbatlashishlari    mumkin    bо’lgan  barcha  imkoniyat    va  vositalarni  ishga  solishi 

zarur, har bir mashg‘ulotda talabalarning  faolligiga erishish uchun mavzu yuzasidan  

bajariladigan    ishlar    oldindan    rejalashtirilib,    talaba  bu  ishlardan    xabardor  etilishi 

lozim. Shunda zarur  nutqiy  vaziyat   ham,   savol - javob  ham,  mashq  va topshiriqlar  

ham  yuksak  mas'uliyat  bilan    bajariladi.    Mavzuga  oid  grammatik  bilimlarni  esa 

imkon  qadar  talabaning  mustaqil  bilim  olishi  va  mustaqil    ravishda    о’z    ustida   

ishlashi  uchun vazifa  qilib berish maqsadga muvofiqdir.  




 

17 


О’qituvchi    shu    bilimlarni    izoh    tarzida    anglatishi,    xatolarni  tuzatishi, 

mavzuning  matn    tilida  ifodlanish    xususiyatini    ochib    berishi  mumkin.  Bu  orqali  

talablarni о’zbek tilida   mustaqil   fikrlash,  til   materiali,   vositasini  nutqda  mustaqil 

qо’llashga  о’rgatish  oson  kechadi.  Asosiy  e'tibor  matn  ustida  ishlash,  matn  tuzishga  

qaratilgani    uchun  ham  talabaning  о’z  nutqi  ustida  ishlashga  majbur  qilish,  uning 

xatolarini  о’z  vaqtida  tuzatish,  zarur  о’rinlarda  yordamlashish    hamkorlik  

texnologiyasi  asosida  olib  borilgani  ma'quldir.  

Tilni  mukammal  о’rganishda,  avvalo,  hayotiy  mavzulari  bо’yicha  savol-javob, 

suhbat,    bahs    uyushtirish    muhim    ahamiyatga    ega.  Tavsiya    etilgan  mavzulardan 

kelib chiqib, ularga har xil  sharhlar berish (fonetik, leksik, grammatik) asosida darsni  

olib    borish    maqsadga  muvofiqdir.  Savol-javob,  suhbat,  bahslashuv  orqali  mustaqil 

yozma  ishlar  uyushtirish,  matn  tuzdirish,    qо’llanadigan    interfaol  usullarning  

samaradorligini    ta'minlash,  talabalarning  о’zbek  tilidan  hosil  qiladigan  malaka  va 

kо’nikmalarini  uzluksiz  о’stirishga  erishiladi.  Bunda  nofilologik  ixtisosliklarga    til  

о’rgatishni      о’sha  soha      fanlariga  moslashtirish  ham    talab    qilinadi.    Masalan, 

yozma  ishlar   о’tkazish,   sо’zlashuv, bahs-munozara darslarini  о’qituvchi   har  bir  

fakultetning   ixtisosligiga mos ravishda belgilanishi  maqsadga  muvofiqdir. 

 


Download 269,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish