Ilmni, undan foydalanish
darajasigacha o‘zlashtirish joizdir.
(Imom al-Buxoriy)
AMALIY VA LABORATORIYA MASHG„ULOTLARI
2.1. AMALIY MASHG„ULOTLAR
Asosiy nazariy fanlarni o„rganish, odatda auditoriyalarda
o„tkaziladigan amaliy mashg„ulotlar orqali amalga oshiriladi. Amaliy
mashg„ulotlarning vazifasi-amaliy masalalarni yechishning eng yaxshi
metodlariga talabalarni ketma-ket o„rgatib borish, ularda nazariyani
qo„llashning dastlabki ko„nikmalarini yaratishdan iborat. Amaliy
mashg„ulotlar o„rganilayotgan predmet bilan paralel ravishda olib
boriladi; ularni,odatda, ma‟ruzachi emas boshqa o„qituvchilar
o„tkazadilar. Odatda, talabalarga nisbatan nazariyaning asosiy holatlarini
qo„llashni talab qiladigan oddiy masalalarni yechish taqdim etiladi.
Talabalarning tayyorgarlik darajasi va masalalarning murakkabligiga
bog„liq ravishda ular doskada o„qituvchi rahbarligida talaba yoki barcha
talabalar tomonidan yechish mumkin. O„qituvchi o„xshash masalalarni
uyda yechish uchun talabalarga taqdim etadi. Odatda, amaliy
mashg„ulotlar kichik kurslarga mo„ljallangan bo„lib, ular yuqori
kurslarda kamroq bo„ladi.
Amaliy mashg„ulotlar samaradorligining birinchi sharti nazariya
bilan oldindan tanishish hisoblanadi. Masalan, matn (konspekt) dan
tegishli yozuvlarni o„qish. Taqdim etilgan masalani yechish barobarida
talaba faqat to„g„ri javob topishga intilmasdan, balki uxshash vazifalarni
yechishning umumiy metodini o„zlashtirishi lozim. Ayni shunga asosiy
e‟tiborni qaratish kerak. Masala yechishni uning shartini diqqat bilan
tanishishdan hamda yechim qanday qonun va qoidalarga asoslanishini
namoyon qilishdan boshlanib, so„ngra harakatlar umumiy ketma-ketligi
belgilanadi. Masala mustaqil yechish uchun taqdim qilingan bo„lsa, u
holda o„xshash masalalarni yechish metodi bilan imkon darajasida
to„liqroq tanishish lozim.
O„qituvchi rahbarligida o„tkazilgan amaliy mashg„ulotlarda
yechilgan masalalar bo„yicha o„z yozuvlaringizni hamda darslik,
to„plamlarda berilgan masalalar tahlili misollarini qarab chizish zarur.
Ko„p hollarda talabalar masala shartini yozib olib, birdaniga
formulalarni yozib olib ma‟lumot (raqam, belgi) larni qo„yaboshlaydilar.
Bu noto„g„ri.
Masalani yechishning butun yo„lini oldin ko„z oldiga keltirib,
shundan so„ng hisoblashni boshlash kerak. Talabalar ko„pincha
33
matematika (yoki fizika yoki kimyo) ning tegishli bo„limlarini
takrorlashlari zarur bo„ladi. Bunday chekinish pirovard natijada vaqtdan
yutishga olib keladi. Amaliyot uchun hisoblashdagi xato nazariyani
bilmaganlik uchunmi yoki sodir bo„lishimi farqi yo„q. Shu bois barcha
hisoblashlarni juda ehtiyotkorlik bilan olib borish lozim.
Amaliy mashg„ulotlarda ishni osonlashtiradigan hisoblash
metodikasini namoyon qiladigan va ta‟kidlaydigan yechish yo„lini oson
tekshirish va xatolarini aniqlashga imkon beradigan hisoblashlarni yozib
borishni o„rganish zarur. Diqqatni ayniqsa raqam (belgi) larni aniq
yozishga qaratish zarur. Barcha hisoblashlarni masala yechimi olib
borilayotgan daftarning o„ziga yozib borish kerak. Spravornik
(ma‟lumotnoma) va jadvallardan foydalanishni bilish shart chunki bu
amaliy ishlarni bajarishni tezlashtiradi va yengillashtiradi. O„z ishingizni
tahlil qilganingizda vaqtni tejash niyatida qilingan yozuvdagi
ehtiyotkorlik va qat‟iy tartibga ziyon keltiradigan talabgarlikni susaytirish
natijada vaqtni sezilarli darajada yo„qolishiga va ko„p hollarda barcha
hisoblashlar va amallarni takrorlanishidan voqib bo„lasiz.
Talabaning o„quv -biluv faoliyatida materialni grafik tarzda taqdim
etish ko„nikmalarini egallashi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki,
chizma, grafik, diagrammalar fan va texnikaning ko„rgazmali, tejamli
tili hisoblanadi. Masala yechishni grafik shaklda taqdim etishni
o„rganish juda muhimdir. Bu qonuniyatlik va o„z vaqtida xatolarini
namoyon qilishga, grafik tasavvur murakkab masalalarni yechish yo„lini
aytishga va yodda saqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |