O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Mavzu: O’rta asrlar davri san’ati



Download 0,91 Mb.
bet12/55
Sana26.07.2021
Hajmi0,91 Mb.
#129174
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
МАЖМУА.Jahon san'ati tarixi 2019-20. (6)

Mavzu: O’rta asrlar davri san’ati.

Reja:


1. O’rta asrlar davri san'atining o’ziga xos xususiyatlari.

2. Evropada Roman san’ti,me’morligi,haykaltaroshligi.

3.Gotika uslubi va unga xos san'at asarlarining vujudga kelishi.

Adabiyotlar: 2,3,4,5,6,28,29,30

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Aqliy hujum” ) foydalaniladi.

X asr oxirlaridan boshlab, Yevropada hayot izga tusha boshladi. Ko’pgina yerlarda feodal munosabatlar shakllanib bo’ldi. Sanat taraqqiyoti yangi bosqichga ko’tarila boshladi. X – XII asrlarni o’z ichiga olgan bu taraqqiyot bosqichi roman asri sanati deb yuritiladi. Bu davr yevropa ijtimoiy hayotida cherkovning roli katta edi. Ayniqsa, Fransiya, Angliya, Germaniya, Ispaniyada yirik qurilish va u bilan bog’liq bo’lgan sanat turlari cherkov buyurtmasi bilan yaratildi.

Roman asrida memorlik yetakchi o’rinnni egalladi. Roman uslubidagi bino bir muncha past, ko’rinishi jiddiy va og’ir. Uning devorlari ham qalin va mustahkam (chunki dushman hujumi paytida yashirinish mumkin), eshik darvoza va derazalari ensiz. Funksional va dekorativ maqsadida yo’llanilgan ustunlar ham dag’al va yo’g’on. Roman memorligiga xos bo’lgan bu hususiyatlar uning o’ziga xos ko’rinishi, harakteri va kishiga beradigan psihologik ta’sirini belgilaydi. Roman davri memorligining yana bir hususiyati uning ichki devorlarida tekis yuzaning serobligidir. Bu hususiyat esa monumental rang tasvirning rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. XI asrda bu san’at o’zining eng gullagan davrini boshdan kechirdi. Vitraj ham memorlikning ajralmas qismiga aylandi. Bu davrda haykaltaroshlik memorlik bilan bog’liq holda rivojlandi. Binoning peshtoq, ustun va kapitellari devordagi mahsus tokchalar haykaltaroshlik san’ati bilan bezatildi. Miniatyura va mayda haykaltaroshlk ham memorlik ta’sirida bo’ldi. Roman memorligi uslubining grajdan qurilishiga ta’siri katta bo’ldi.

Roman memorligi karolinglar davri yutuqlariga tayangan holda rivojlangan bo’lsa ham lekin uning ko’rinishiga Vizantiya hamda arab mamlakatlari sanatining ta’siri bo’lgan.

Roman memorligining o’ziga hos tomoni tomning egri ravoq (gumbaz) tarzida yopilishi va darchlarining joylashtirilishidadir. Roman san’atining rivojlangan davrida esa kapitel va ustunlar o’ziga hos haykalataroshlik ko’rinishiga o’xshab bordi. Bu asrga kelib, feodallar turadiga o’ziga hos uy tipi – qasr paydo bo’ldi o’sha davr shahar qurilishi ham feodal qo’rg’oniga o’hshash bo’lgan. Shahar atrofi qalin devor bilan o’rab chiqilgan. Qurilgan binolar bezagi kam va sodda bo’lgan.

Ilk roman davrida (V asr) haykallar memorlik formalariga qo’shib ishlandi. XII asrga kelib u mustaqillik kashf eta bordi, hamda memorlik ansanbili bezagining ma’lum sistemasiga aylandi.

Fransiya feodalizmning klassik vatanidir. O’rta asrning gullagan davrida uning san’ati G’arbiy Yevropada yetakchi o’rinni egallagan. Fransuz san’atida roman uslubining o’ziga hos tomonlari yaqqol namoyon bo’ldi o’zining dekorativ bezatilishi va konstruktiv tuzilishi jihatidan rangbarang bo’lgan Fransuz me’morligi Yevropa qurilish san’atiga muhim o’rin egalladi. Bu yerda yaratilgan memorlik tiplari Yevropaning ko’pgina shaharlarida taqlid uchun namuna bo’lib qoldi. Puatedagi Notr Dam la Grant (XI-XII asr) ibodatxonasi roman stilida hos hususiyatlarni nomoyon qiladi. Ko’rinish jihatidan birmuncha past, tosh devorlari qalin va salobatli qilib ishlangan. Shu davrlarda qoldirilgan kichik tor darchalar bu devorlar qalinligini tanada bo’rttirib, uning vazminligini oshiradi. Bu ibodatxona uch nefdan iborat. O’rtadagi nef ikki yon tomondagi nefdan bir oz baland, u yerdagi kichik darchalardan ichkariga nur tushib turadi. Bino devorlari haykaltaroshlik asrlari turli arxitektura dekorativ elementlari bilan bezatilgan. Binoning pastgi yarusi tepadagiga nisbatan katta bo’lib, asosan o’yma naqsh va bo’rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Memorlik yodgorliklari bu davrda siyosiy vaziyatni aks ettirgan bu xususiyat ayniqsa Klyunidagi cherkovda ko’zga tashlanadi. Bu cherkov XI asr oxirlarida bunyod etilgan o’sha davrda Yevropadagi eng katta ibodatxonalardan biri bo’lgan.

Germaniyada qurilgan roman uslubidagi binolar o’zing qubbasimon aniq shakllari hamda ulug’vorligi bilan harakterlanadi. Bularni barchasi Vormsdagi soborda yaqqol nomoyon bo’ladi. Italiyaning ayrim viloyatlarida vizantiyaning ta’siri bo’lsa boshqa birida roman san’ti ananalari seziladi. Ilg’or toskani valombardiya maktablarida mahalliy antika ananalari ta’siri ko’rinadi. Pizadagi memorlik ansanbili bu xususida diqqatga sazovor. Ansanbildagi binolarning devorlari nafis arkadalari bilan qator yaruslarga ajratilgan. Piza soborining elips shaklidagi gumbazi garmonik tugal ko’rinishni taminlaydi.

Roman memorligida devoriy suratlar va vitrajlar muhim o’rin egallaydi. Rangdor suratlar devor va shipni qoplagan, ular asosan diniy mavzuga bag’ishlangan. Fransiyadagi San-Save cherkovida ishlangan suratlarda “Mehaylning ajdaho bilan olishuvi” surati harakterlidir.

XII asrdan boshlab, feodalizm formasiyasi ichida yangi ijtimoiy kuchlarning paydo bo’lishi va rivojlanib borishi klas­sik o’rta asr an`analarining inqiroziga sabab bo’ldi. Bu yangi kuchlar shaharning keng taraqqiy e`tishi bilan bog’liq holda o’z kuchini oshirib bordi. Shaharlarda savdogarlar korporasiyalari va hunarmandchilik sexlari rolining ortib borishi ijtimoiy tuzum harakteriga ta`sir qila boshladi.

Feodal hukmdorlarida ozodlikka, mustaqillikka e`rishishga intilish ortib bordi. Bu davrda din hamon hukmronlikda, cherkov esa san`atga o’z talabini qo’yayotgan bo’lsa ham, lekin shahardagi hunarmand va savdogarlarning bilimga, hayotning yangi qirralarini ochishga intilishi orta bordi. Evropa shaharlarida dastlabki fan markazlari - universitetlarning tashkil topishi esa, bu intilish ravnaqiga zamin yarata bordi.

San`at va madaniyat mazmuni, harakterida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Hayotiy mavzudagi asarlar yuzaga kela boshladi. Shahar hayotining kundalik turmushi, ishq-muhabbat mavzusidagi asarlar paydo bo’la boshladi. Bunday asarlarda ijodkorning missiy kechinmalari, voqelikka bo’lgan munosabatlari o’z ifodasini topa boshladi. Ruhoniylarning ikki yuzlamachiligini fosh e`tuvchi teatr janrlari, maskaradlar yuzaga keldi.

Bu davrda tasviriy san`at va me`morlikda ham jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. G’arbiy Evropa madaniyatidan Vizantiya san`ati an`analari uzil-kesil chiqarib tashlandi. Davr ruhini o’zida ifodalovchi realistik shakl va mazmundagi asarlar, funksional tomoni orta boshlagan me`morlchilikning rivojlanmasligiga sabab bo’ldi. Uning o’rnini vitraj san`ati egalladi.

Gotika binolarining katta-katta derazalarini vitraj kompozisiyalari egalladi. Diniy va hayotiy mavzudagi suratlar rangli shishalardan tuzib chiqildi. Gotika rassomligi miniatyura san`ati sifatida ham ko’zga ko’rinadi. Bu san`at ravnaqi XIII asrdan boshlanib, XV asrgacha davom etdi. Shu san`atda gotika tasviriy san`atidagi o’ziga hos tomonlar-mavzuning kengayishi, dunyoviy mavzuda ko’plab asarlar yaratilishi bilan realistik tendensiyalarning kuchayishi seziladi. Bu davr miniatyuralarida devqonlar hayotidan olingan voqealar, zodagonlarning ko’ngil ochish paytlarini tasrvirlovchi rasmlar paydo bo’ldi.

Real tabiat manzaralarini aks ettiruvchi suratlar ayniqsa, oy va yil fasllariga bag’ishlangan allegorik miniatyuralar yaratildi. Bu davrda haykaltaroshlik hamon etakchi san`at bo’lib qoldi va me`morlik bilan uzviy bog’liq holda mustaqil san`at sifatida yuzaga chuqa boshladi, ko’p hollarda esa dumaloq haykal sifatida namoyon bo’ldi.

Bunday haykallar juda ko’p uchraydi. Masalan, Reymsdagi soborda 2000 dan ortiq dumaloq haykal ishlatilgan. Bu davrga kelib, haykaltaroshlik mavzusi ham kengaydi. Iso, Bibi Maryam, apostollar hayotiga bag’ishlangan kompozisiyalar bilan bir qatorda, hayotiy mavzularda, hatto mehnat mavzusida ham asarlar yaratila boshlandi. Diniy mavzularda yaratilgan asarlarda ham insoniylik, olijanoblik, hamdardlik kayfiyatlari o’z ifodasini topa bordi. Donatorlar (ibodathonalar uchun ko’p mablag’ sarflagan, unga zakot bergan shaxslar)ga atab yodgorliklar o’rnatish, haykallar qo’yish (masalan, Ekkegart va uning qaylig’i Uta, Germaniya, XIII asr) odati paydo bo’lganligi ham san`atning targ’ibotchilik roli ortib borayotganligini ko’rsatadi .

Gotika amaliy-dekorativ san`ati ham bevosita davr ruhi va mazmuni bilan bog’iq. Jozibador, serjilva va nafis uy-anjom buyumlari, qurol-aslaha va mebellarda davr harakteri, kishilarning estetik qarashlari o’zining badiiy ifodasini topdi.

XII-XVIII asrlarda gotika uslubining deyarli hamma mamlakatlar o’z boshidan kechirdi. Lekin bu uslub mahalliy sharoit va davr talabidan kelib chiqib, o’ziga hos ko’rinish kashf etdi. Jumladan, gotikaning vatani hisoblangan Fransiyada bu uslubda ishlangan asarlar nisbatlarining to’g’riligi, me`yorida topilganligi, aniqligi, shakllarining nafisligi bilan harakterlanadi.

Parijdagi Bibi Maryam sobori (Notr Dam de Pari, 1163 yili boshlanib, ayrim qismlari 1314 yilda tugallangan) ilk gotikaga mansubdir. Besh nefli, kichik transepli bazilika tipidagi bu binoning old tomonida ikki minora mavjud. U soborniig baland va «falakka intilayotgandek» bo’lib ko’rinishiga hizmat qiladi. Peshtoq, darcha, darvoza va eshiklar tepasiga ishlangan nayzasimon arkalar uning engil va dinamik ko’rinishini ta`minlaydi.

Reymsdagi sobor (XIII asrda boshlanib, XIV asrda tugallangan) gotikaning eng rivojlangan davriga mansub. Uning uzunligi 150 m, minoralarining balandligi 80 m. Bu sobor o’z vaqtida halq, birligini tarannum etuvchi ramziy belgi sifatida qabul qilingan. Bu binoda gotika san`ati o’zining klassik ko’rinishini namoyon qildi. Amendagi soborda gotikaga hos nisbatlar guzalligi, umumiy ko’rinish yahlitligi buzila boshlaydi. Dekorativ bezaklarning mo’lligi esa binoning konstruktiv aniqligiga salbiy ta`sir qilgan. Germaniyada gotika uslubi fransuzlar ta`sirida rivojlandi. Lekin nemis gotikasida yahlitlik etishmaydi va unga hos bo’lgan dramatizm e`kspressiya roman me`morligi an`analari bilan ko’shilib ketadi. Bundan tashqari, nemis gotikasida bir minorali soborlar ham keng uchraydi. Binolarining tashki tomoni sodda, kam bezakli Kel'ndagi sobor (1248--1880) Am'en soboriga uhshatib ko’rilgan.

Italiya me`morligida gotika uslubi XIII asrning ohirida kirib kela boshladi. Lekin dastlabki paytlarda roman me`­morligi principlariga ta`sir qilmadi. XIV asrda gotika uslubi prinsiplari tuliq ko’rina boshladi. Ispaniya gotikasi musulmon me`morligi prinsiplari bilan boyigan bo’lsa, Angliya gotikasi og’ir, kompozisiyada haddan ortiq detallar ko’payib ketganligi va arxitektura bezagining mo’lligi bilan xarakterlanadi.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish