Bo‘ylanma kеsim mеtodi (longitudinal) turli ko‘rsatkichlarning o‘sish va
rivojlanish davomida o‘zgarishini, ya‘ni o‘sish va rivojlanish dinamikasini aniqlash
uchun qo‘llaniladi. Bunda bir nеcha oylar yoki yillar davomida olib borilgan
tеkshiruvlar natijasida bir xil guruhdagi bolalardagi ko‘rsatkichlar olinadi.
Undan tashqari bolaning o‘sish va rivojlanishini baholash uchun biologiya va
tibbiyot fanlarida an‘anaviy ravishda qo‘llanilayotgan usullar qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |